51
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
−
ta’lim jarayonida o‘qitilgan fanlari bo‘yicha
savollar, topshiriqlar va
mashqlar bankini o‘z ichiga olgan test
va diagnostika tizimlaridan
foydalanish, savollar va topshiriqlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
imkoniyati;
−
e-portfolio yordamida talabaning ijodkorligi va o‘qituvchilarning kasbiy
mahoratini rivojlantirish dinamikasini kuzatib borish;
−
ta’limni boshqaruvchi yuqori turuvchi tashkilotlar
bilan hujjatlar
almashinuvini amalga oshirish.
Bunday platformalardan har qanday ta‘lim muassasalarida foydalanish
mumkin. Bu har doim o‗qituvchi, talaba, ota-onalarning
AKT kompetensiyalarini
shakllantirish uchun yangi imkoniyatdir.
Hozirgi kunda turli xil ta‘lim platformalari, portallar va saytlari mavjud.
VAcademia
– bu virtual muhitni qurish uchun ta‘lim platformasi. Bu
dunyoda o‗quv auditoriyasi oddiy haqiqiy auditoriyaga o‗xshaydi, talabalar va
o‗qituvchilar darsda 3D avatar belgilar sifatida qatnashadilar
va virtual dars
an‘anaviy hayotga o‗xshaydi.
VAcademia
ta‘lim virtual dunyosida siz turli xil
darslarni o‗tkazishingiz mumkin: ma‘ruzalar,
seminarlar, amaliyotlar,
rolli
o‗yinlar, simulyatsiyalar. Shu maqsadda qo‗shma o‗quv faoliyatini o‗qitish va
tashkil etish uchun turli xil o‗quv vositalari taqdim etiladi.
VAcademia
-ning
asosiy afzalligi – bu o‗tayotgan darslarni virtual yozib olish va shu bilan
masofadan o‗qitish uchun yangi turdagi raqamli kontentni yaratish qobiliyatidir.
Havola: http://vacademia.com/
Learningsapps
– interfaol modullar orqali o‗rganish va o‗qitish
jarayonini
qo‗llab-quvvatlash uchun Web 2.0 ilovasi. Mavjud modullar to‗g‗ridan-to‗g‗ri
o‗quv mazmuniga kiritilishi mumkin va ularni onlayn tarzda o‗zgartirish yoki
yaratish mumkin. O‗qituvchi kerakli bloklarni tanlashi va ularni hammaga ochiq
qilishi mumkin. Tayyor manbalarga kirish ro‗yxatdan o‗tmagan
foydalanuvchilar
uchun ham ochiq. Vazifalar interaktiv bo‗lib, talabalar o‗z bilimlarini o‗yin
usulida sinab ko‗rishlari va mustahkamlashlari mumkin, bu ularning ma‘lum bir
o‗quv faniga bo‗lgan qiziqishlarini shakllantirishga yordam beradi. Havola:
https://learningapps.org/