|
Tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom bеrish uchun hizmat qiladi hujjat nomi va
|
bet | 2/5 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 101,61 Kb. | | #133134 |
Bog'liq 2-MaruzaWYSIWYG-muharriri
Vizual HTML muharrirlarni 2 asos bo’yicha etirof qilinadi:
Adobe tarkibidagi GoLive;
Macromedia tarkibidagi Dreamweaver;
Adobe GoLive CS oynasi ko’rinishi quyidagicha:
Macromedia Dreamweaver MX 2004 oynasi ko’rinishi quyidagicha:
HTML tili haqida qisqacha ma’lumot
HTML (ing.Hypertext Markup Language — gipermatnli belgilash tili) - bu SGMLga (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro to'rda ishlatiladi. HTML tili taxminan 1991-1992 yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Bernars Li tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun xujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab bo'ldi. Bundan tashqari unda gipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qo'shimcha multimedia (rasm,tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qo'shildi. Brauserlar - maxsus HTML tilida yaratilgan xujjatlarni o'quvchi kompyuter dasturi. Aynan brouserlar HTML tilida yaratilgan xujjatlarni formatlangan xolda ko'rish imkoniyatini beradi. Xozirda eng mashxur brouserlar bu Internet Explorer, Firefox, Opera va xokazolardir.
Imkoniyatlari
HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega:
Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, ro'yxat va hokazo).
Gipermatnlar yaratish. Bu ayniqsa juda qulay bo'lib o'zaro bog'langan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi.
Matnning rangi, qalinligi va boshqa shrift ko'rsatkichlarini belgilash.
Maxsus belgilar qo'yish. ASCII kodirovkasida ko'rsatilmagan belgilar HTML vositalari bilan qo'yish mumkin. Masalan grek alfaviti belgilari α,ψ, ζ, matematik belgilar ∫, ∞, √, ½, ¼ , ¾, moliya belgilari €, £, ¥, ©, ®, ™ va hokazolar.
Foydalanuvchi kiritishi uchun maydonlar yaratish.
Multimedia fayllarini ochish.
Boshqa imkoniyatlar.
|
| |