6
asoslangan intellektual mulk innovatsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi
istiqbollarni ochib berdi.
Mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash milliy modеlining
asosiy g‘oyasi barkamol insonni tarbiyalashni nazarda tutadi. Barkamol shaxsning muhim
sifatlari bo‘lgan mehnatsevarlik, kasbiy qiziquvchanlik, ijtimoiy faollik, tirishqoqlik,
intizomlilik,
tashabbuskorlik, ijodkorlik qobiliyatlarini tarbiyalash o‘rta umumiy ta’lim
muassasalarining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy modеlining
markazida shaxs sifatlari turar ekan ta’lim mеtodlarini shu asosida tanlash va qo‘llash
ishlarini takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu borada
o‘quvchilarning faolligini oshirish, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni
samarali
tashkil qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
mеhnat ta’limi darslari yoshlarni hayotga, kasb-hunarga tayyorlashda muhim o‘ringa ega.
Mazkur qo‘llanmada maktab o‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishni
rejalashtirish va tashkil etish, ta’limiy, tarbiyaviy va rivoijlantiruvchi
maqsadlarni
belgilash, jihozlarni mashg‘ulotga tayyorlash bilan bog‘liq masalalar yoritilgan.
Shuningdek, qo‘llanmada 5-sinfda mehnat ta’limini amalga oshirishga oid umummetodik
yondashuvlar hamda uni amalgam oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Fan bo‘yicha
taqvimiy-mavzuiy rejaning har bir mavzusi bo‘yicha dars ishlanmalari bayon qilingan.
Mehnat obyektlari sifatida namunaviy detallar tanlab olingan bo‘lib, ular tegishli
ravishda o‘rganiladigan texnologik jarayonlar asosida tayyorlanadi. Shu sababli
oquvchilarda umummehnat bilim, ko‘nikma
va malakalarni shakllanrisih, mustaqil
ta’limni tashkillashtirish, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldini olish ga oid
metodik tavsiyalar o‘qituvchi tomonidan boshqa mehnat obyektini tangan holida ham o‘z
ahamiyatini yo‘qotmaydi.
Quyida o‘rta maktablarda texnologiya fanining 7 sinfga mo‘ljallangan dasturi
tuzilishini havola etamiz.