1-ma’ruza
Kirish.Mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanining maqsadi va vazifalari.
REJA (2-soat)
1. Fanning maqsad va vazifalari. Texnologik jarayonlar to‘g‘risida
asosiy
tushunchalar
2. Zamonaviy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiyaning o‘qitilishi.
3.Texnologiya va dizayn fanini o‘qitishga quyiladigan zamonaviy talablar.
Tayanch iboralar: texnologiya, Ishlab chiqarish, ta’lim jarayoni, dizayn,yangi
texnika, duradgorlik, tokarlik.
2
K I R I SH
Ushbu ma’ruza matni mehnat ta’limi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
Mazkur ma’ruza matni bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini texnologik jarayonlarga
bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish bosqichlari bilan tanishtiradi. Shuningdek, o‘quvchilar
yog‘ochning metallarning xususiyatlari to‘g‘risida boshlang‘ich bilimlar,
rejalash, ishlov
berish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo‘l hamda elektr
asboblarining tuzilishi, pol qoplamalari hamda mebellarning
laklangan va qoplamali
yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ish usullari; yurtimiz me’morchiligi
tarixi, xona intereri hamda jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan
an’analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari; xona va fanlar bo‘yicha o‘quv
kabinetlarida mebel va qo‘shimcha jihozlarni joylashtirish
sxematik tasviri hamda
eskizlarini tayyorlash to‘g‘risida, dizayn talablari darajasidagi ro‘zg‘orbob va xaridorgir
buyumlarni tayyorlashni, ro‘zg‘orbob hamda xaridorgir, dizayn
talablari darajasidagi
buyumlarni, bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr
manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog‘ligiga ta’siri; elektr energiyasini tejamli
ishlatish usullari; mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi;
zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi; o‘quvchilar yog‘ochga
va metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirilgan
xalq hunarmandchiligi
texnologiyalari; хalq xunrmandchiligining etnik, tarixiy, mahalliy, geografik
xususiyatlari,
tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari; yog‘ochga ishlov berishga oid kasb hunar
turlari, metalga ishlov berishga oid xalq xunarmandchiligi soxalari;
metallarga ishlov
berishga oid kasb hunar turlari, elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish,
ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushurishga
tayyorlash bilan bog‘liq kasb hunarlar bo‘yicha, uy va xonadonlarni ta’mirlashda
qo‘llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta’minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va
jumraklarni sozlashda mayda ta’mirlash
ishlarini bajarish; qurilish va ta’mirlash bilan
bog‘liq kasb hunarlar, sanoat miqiyosida ko‘p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish
mumkin bo‘lgan mahsulot namunasini tayyorlash bo‘yicha zamonaviy dizayn talablari
bilan uyg‘unlashtirilgan mahsulotlarni tayyorlash ish usullariga oid bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.