|
Tekis parallel ko‘chirish usulida metrik va pozitsion masalalar yechish
|
Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 17,31 Kb. | | #152634 |
Bog'liq E\'LON ochiq dars 26.10.2023
Ochiq dars
“Tekis parallel ko‘chirish usulida metrik va pozitsion masalalar yechish”.
Fan: Chizma geometriya
Fakultet: Fizika va texnologik ta’lim
Bosqich: 1
Guruh: 1020-23
Manzil: Texnologik ta’lim va tasviriy san`at fanlari kafedrasi, 7/105 o`quv xonasi
Kun: 26 oktabr, 2023 y.
Vaqti: 8:30
Amaliy mashg‘ulot: o`qituvchi A.Maxmudov
O‘quv dasturi:
Chizma geometriya fanining asosiy vazifasi – Talabani chizma geometriyaning kelib chiqishi, uning rivojlanish tarixi va amaliy ahamiyati bilan tanishtirish;
- talabalarda konstruktorlik fikrlashni rivojlantirib, ularda loyihalash qobiliyatini shakllantirish;
- talabalarda fazoviy tasavvurni, ya'ni xotira tasavvurini rivojlantirish;
- tafakkur, ijodiy qobiliyat va iste'dodni rivojlantirish;
- ta'limda ko‘nikma bilan malakani takomillashtirish;
- fanni o‘rganish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakasi bilan bog‘liq bilish faoliyatini tashkil qilish;
- markaziy va parallel proyeksiyalashda jismlarning hosil qilingan tekis tasvirlari bo‘yicha ular orasidagi pozitsion va metrik munosabatlarni tekshirish usullarini o‘rgatish;
- vertikal, og‘ma tekisliklarda, egri sirtlarda perspektiv tasvirlarni qurish hamda ular ustida pozitsion va metrik masalalar echish yo‘llarini o‘rgatish;
-gorizontal, vertikal va og‘ma ko‘zgu sirtlarida va suv yuzasida ob'ektning aks tasvirlarini yasash usullarini o‘rgatish.
Chizma geometriya fanini o‘qitishdan maqsad –Birinchidan, fazoviy shakllarni biror tekislik yoki sirtda tasvirlash usullarini tadqiqot qilish.
Ikkinchidan, fazoviy va tekis shakllarning parallel proyeksiyalash usuli yordamida tekislikda hosil qilingan tasvirlari bo‘yicha ularning geometrik xossalarini tadqiq qilish.
Uchinchidan, tekis va fazoviy shakllar orasidagi pozitsiyaviy va metrik munosabatlarni ularning hosil qilingan tekis tasvirlari orqali aniqlash usullarini tekshirish.
To‘rtinchidan, talabalarda fazoviy tasavvur va muhandislik tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltiradigan misol va masalalarni tadqiq qilish. Qayd qilingan barcha maqsadlarda tasvir tekisligi va uch o‘lchamli fazo orasidagi bog‘liklik qonuniyatlari tadqiq qilinadi va o‘rganiladi.
|
| |