• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Internet Saytlar www.ziyo.net www.ilm.uz.net www.OPen.AI.com
  • Insonlarning psixologik turlari va ularning ishda, biznesda, muloqotda namoyon bo'lishi




    Download 181,81 Kb.
    bet3/3
    Sana20.05.2024
    Hajmi181,81 Kb.
    #245131
    1   2   3
    Bog'liq
    psixalogiya5
    Iqtisodiyotda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, 10 Kasblarning psixologik tasnifi., billing tizimi iakt, a room - exercises, geometriya2, Robinson Crusoe, Fozilov 20.05.2024, Elbek OT maruza-2, Keldibekov017023, Keldibekov023017
    2.Insonlarning psixologik turlari va ularning ishda, biznesda, muloqotda namoyon bo'lishi
    Har bir odam tug`ilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida, ma`lum jamoada 
    - oilada yashaydi. Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan 
    munosabatga kirishuvchi odam shaxsga – voqelikni biluvchi hamda uni 
    o`zgartiruvchi sub`ektga aylanadi. Odam bolasini individ deyiladi. Biz hamma 
    kishilarni - normal odamlarni, yangi tug`ilgan chaqaloqni, aqli zaiflarni individ 
    degan tushunchaga kiritamiz. Ammo ularning hammasini shaxs deb atay olmaymiz. Biz jamiyatda biror foydali mehnat bilan shug`ullanuvchi kishini shaxs deymiz. Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi kishilar va narsalar bilan bo`lgan aloqalari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar o`rtasida yuzaga keladigan 
    munosabatlarda namoyon bo`ladi. Odam boshqa kishilar bilan bo`lgan 
    munosabatlardagina shaxs bo`lib shakllana boshlaydi. Demak, shaxs kishilik 
    jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan shug`ullanadigan, til orqali 
    atrofdagilar bilan normal muloqotda bo`la oladgan, ongi yuksak rivojlangan komil 
    insondir. Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. 
    Individuallik - bu shaxsning bir necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir. Uning tarkibiga xarakter (tabiat), temperament (mijoz) qobiliyatlar, hissiyotlar 
    yig`indisi, odatlar kiradi. Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil vazifalarni bir - 
    biriga o`xshamagan rollarni bajaradi. Ba`zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo`lsa, 
    maktabda tengdoshlari o`rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo`ladi. Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo`lib yurishi mumkin. Ko`pincha kishi turli vaziyatlarda o`xshash sifatlarni namoyon qiladi. 
    Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan 
    jamiyat qurish jarayoniga bo`lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi. Odamning psixik holatlarini o`zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy 
    tarbiyaga bog`liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o`zgaruvchan 
    xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o`zaro bog`liqligidan iborat 
    bo`lgan murakkab birlikni, ya`ni dinamik tuzilishni hosil qiladi. 
    Shaxsni psixologik jihatdan o`rganish o`z tarkibiga ikki asosiy ilmiy masalani hal qilishni oladi: 
    1. Har bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishini 
    aniqlash. Bu xulq - atvorni oldindan ko`ra olish imkonini beradi. 
    2. Inson shaxs tuzilishining bir necha qismlarini ajratib ko`rsatishni talab etadi. 
    Bu qismlarning yig`indisi inson shaxsini hosil qiladi. Hozirgi zamon chet el 
    psixologiyasida ikkita omil, ya`ni biologik va ijtimoiy omillarning ta`siri bilan tark
    topgan inson shaxsida ikkita asosiy qismlarni ajratuvchi nazariya ko`zga ko`rinarli 
    o`rinni egallamoqda. Inson shaxsi “Endopsixik” (ichki) va “Ekzopsixik” (tashqi ) 
    a`zolariga bo`linadi, degan fikr ilgari surilgan edi. Tabiiy asosga ega bo`lgan 
    “endopsixika” biologik shart - sharoitlarga bog`liq, “ekzopsixika” ijtimoiy omillarga bog`liqdir. Ikkala omil nazariyasining xatoligi shundaki, bu nazariya ijtimoiy oml
    bilan biologik omilni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” bilan 
    “endopsixika” ni mexanik ravishda bir - biriga qarama - qarshi qilib qo`yadi. Biroq shaxsning tarkib topishi, tuzilishiga ta`sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar 
    masalasiga yondoshishning boshqa imkoniyatlari ham bor. Masalan, shunday 
    tadqiqot o`tkazilgan: tadqiqotda bo`yi 80 - 130 sm. dan oshmaydigan kishilar 
    shaxsining tuzilishida ko`p jihatdan o`xshashlik borligi aniqlangan. Ularda 
    bolalarcha soddalik, yuksak chidamlilikni, uyat degan narsaning yo`qligini ko`rish 
    mumkin ekan. 
    Shaxs o`zining faoliyati tufayli tevarak -atrofdagi olam bilan faol munosabatda 
    bo`ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga 
    ko`rsatadigan ta`siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o`zaro munosabatda bo`ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib 
    yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashib qolmasdan, uni o`zgartirishga 
    ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon 
    bo`ladi. XX asr boshlarida yashagan avstriyalik psixiatr Z.Freyd shaxs faolligini 
    quyidagicha tushuntiradi: “Odam o`zining avlodlaridan nasliy yo`l bilan o`tgan 
    instinktiv mayllarning namoyon bo`lishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar asosan 
    jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo`ladi”. 


    Xulosa
    Shuni xulosa qilib aytamanki har bir psixologik tur o'zining afzalliklari va qochishlari bilan kelib chiqadi, shuning uchun, ishda, biznesda va muloqotda muvaffaqiyatli bo'lish uchun, har bir turdagi odamlarni tushunish va ular bilan mos ravishda harakat qilish kerak. To'g'ri liderlik innovatsiya faoliyatini muvaffaqiyatli qilish uchun katta muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu jarayonda yetakchilik nazariyalarining amalda qo'llanilishi va innovatsiya jarayonlarining yaxshi boshqarilishi uchun liderlik bilan birga ishlash katta ahamiyatga ega

    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Yu.D.Krasovskiy. Tashkiliy xatti-harakatlar: Darslik. Universitetlar uchun qo'llanma. - M .: UNITI, 2000 yil. 2. I.Yurasov. yetakchilik // O‘z va begona yoki yetakchilik kommunikativ qobiliyat sifatida // UP. - 2006. - No 8 (138). y- Bilan. 32 - 36.


    Internet Saytlar
    www.ziyo.net
    www.ilm.uz.net
    www.OPen.AI.com
    Download 181,81 Kb.
    1   2   3




    Download 181,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Insonlarning psixologik turlari va ularning ishda, biznesda, muloqotda namoyon bo'lishi

    Download 181,81 Kb.