• Multimediya axborotli oqimlar va trafikning asosiy parametrlarini aniqlash. Reja
  • Multimediya tushunchasi
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti mustaqil ish




    Download 2,14 Mb.
    bet1/5
    Sana20.12.2023
    Hajmi2,14 Mb.
    #124482
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    mirzahmedov
    9-10-11-12-laboratoriya-ishi (2), 1699421036, 1701665741, Multimedia aloqa tarmoqlari-fayllar.org (1)

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
     
     
    Mustaqil ish
    Bajardi: Mirzahmedov Javohir
    Qabul qildi: Normatova Dilbar
    Multimediya aloqa tarmoqlarida qo‘llaniladigan texnologiyalar.
    Multimediya axborotli oqimlar va trafikning asosiy parametrlarini aniqlash.
    Reja:
    Kirish:
    1. Multimedia axborot oqimlari.
    Asosiy qism:
    • MPLS asosidagi multimediali aloqa tarmog‘i.
    • MPLS tarmog’I elementlari.

    • 4. Xulosa
      5.Foydalanilgan adabiyotlar

    Multimediya tushunchasi.
    Multimediyaning xususiyatlari Multimediya, multi – ko‘p, media — muhit deb tarjima kilinadi. Multimediya, turli (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video) ko‘rinishdagi axborot bilan bog‘liq. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarda mavjud bo‘lishi mumkin (magnit va optik disklar). Multimediya – texnologiyalarining asosiy maqsadi – tovush, video, animatsiya va boshqa vizual effektlar bilan ta’minlangan dasturiy mahsulotlarni yaratishdan iboratdir. 1945 yilda amerikalik olim Vanniver Bush “MEMEX” nomli xotirani tashkil qilish g‘oyasini taklif qilgan, bu esa multimediya texnologiyalarini rivojlanishining g‘oyaviy sababi bo‘ldi. “MEMEX” nomli xotiraning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, axborot belgilar, raqamlar, indekslar yoki alfabit tartibi bo‘yicha emas, balki mazmuniga qarab qidiriladi. “MEMEX” nomli xotira asosida gipermatn va gipermedia tizimlari yaratilgan. Gipermatn - bu matnli ma’lumotlar bilan ishlash tizimi.
    Gipermedia - bu grafika, tovush, video va animatsiya bilan birgalikda ishlash tizimi hisoblanadi. Gipermatn va gipermedia tizimlarining birgalikdagi rivojlanishi multimediya yo‘nalishini kelib chiqishiga olib keldi. 80 – yillar oxirida amerikalik kompyuter mutaxassisi Bill Geyts “National Art Gallery of London” - “Londonning milliy san’at galereyasi” nomli dasturiy mahsulotni yaratgan. Bunda multimediya dasturini yaratishda turli muhitlardan – tasvir, tovush, animatsiya, gipermatn va gipermedia tizimlaridan foydalanilgan. (1-rasm)
    Tovush Tovushli ma’lumotlarni diskretlash (sampling) va kvantlashni (quantization) qo‘llash bilan raqamli shaklga o‘zgartirilgan ma’lumotlar hisoblanadi. Raqamlashtirilgan tovush signali tarmoq bo‘ylab diskret paketlar oqimi sifatida uzatiladi. Tarmoqning o‘tkazish qobiliyatiga talablar tovushning tavsifiga bog‘liq. Masalan, telefon bo‘yicha tovush 12 dan 8 bitgacha axborotlarni yo‘qotishli siqiladi. Bu uzatish tezligini 96 dan 64 Kbit/s gacha kamaytiradi
    Tovushli ma’lumotlar uzatish jarayonidagi xatoliklarni bo‘lishiga qat’iy talablarni qo‘ymaydi. 1...2 % paketlarning yo‘qotilishi uning sifatiga deyarli ta’sir qilmaydi. Bugungi kunda tovushni uzatishda qo‘llaniladigan ko‘plab multimediyali ilovalar, yo‘qotilgan paketlarni takroran kiritish mexanizmiga ega. Tovush uchun real vaqt talablari qatnashuvchi tomonlarning kutiladigan interaktivlik darajasi bilan qat’iy bog‘langan. Ikki tomonlama o‘zaro ta’sirlashishni ko‘zda tutadigan Internet-telefoniya kabi ayrim ilovalar yuqori interaktivlik darajasiga va qisqa chaqiriq vaqtlariga ega. Bu holda ma’qul tovush sifatini ta’minlash uchun paketlarning kechikishiga qat’iy talablar qo‘yiladi.

    Download 2,14 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 2,14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti mustaqil ish

    Download 2,14 Mb.