95
6.12- rasm. Kvadraturali modulyatorning tuzilish sxemasi
Bu sxemada asosiy tugun kvadraturali signalni yuqori chasttaga o‘tkazadigan
analog ko‘paytirgichlar hisoblanadi. Natijaviy signal analog summatorda
qo‘shilganidan keyin chiqishda berilgan qonun bo‘yicha modulyatsiyalangan
yuqori chastotali jarayon qoladi.
QAM
modulyatsiyalash mikroto‘lqinli raqamli aloqada,
DVB-C
(kabelli keng
polosali raqamli televideniye) va modemlarda ishlatiladi. 16–pozitsiyali
QAM
da
(16
QAM
da) 4 ta
I
qiymatlar va 4 ta
Q
qiymatlar mavjud bo‘ladi (6.13- rasm).
Natijada bu signalning 16 ta bo‘lishi mumkin qiymatlarini beradi. Vaqtning har bir
momentida signal simvoli bir holatdan boshqasiga o‘tishi mumkin. 16 = 2
4
bo‘lganligi sababli bitta simvolda 4 bit uzatilishi mumkin (6.1- jadval).
QAM
I
komponentlar uchun 2 bitga va
Q
komponentlar uchun 2 bitga ega bo‘ladi. Bu
modulyatsiyalash turi katta uzatish spektral samaradorligiga ega. U
BPSK
,
QPSK
yoki
8PSK
modulyatsiyalashga qaraganda samaradorroq.