90
ikki pozitsiyali usullarga qaraganda ko‘proq bitlar soni haqidagi ma’lumotlarni
tashiydi. Bu juda oddiy ishlaydi. Masalan, ko‘p pozitsiyali amplitudaviy
manipulyatsiyalashda 0 yoki 1 bitlarni kodlaydigan 2 ta amplituda emas, balki 4 ta
amplituda beramiz, ular amplitudaning ortishi bilan 00, 01, 10, 11
bitlarga mos
keladi. Ko‘p pozitsiyali chastotaviy manipulyatsiyalash uchun ko‘proq
chastotalar, ko‘p pozitsiyali fazaviy manipulyatsiyalash uchun esa mos ravishda
ko‘proq faza bo‘yicha surilishlar ishlatiladi. Bu haqiqatan ham ma’lumotlarni
uzatish solishtirma tezligini oshirishga imkon berdi, lekin bunda uzatish xatoligiga
bog‘liq bo‘lgan xatoliklar vujudga kela boshlaydi.
Bugungi kunda
kvadraturali amplitudaviy manipulyatsiyalashning
(KAM,
ingl.
QAM
) har xil turlari keng tarqalgan. Kvadraturali amplitudaviy
manipulyatsiyalash - signalning ham amplitudasi ham fazasi o‘zgaradigan
manipulyatsiyalash
hisoblanadi, bu signalning bitta holati (sanog‘i) orqali
uzatiladigan ma’lumotlar miqdorini oshirishga imkon beradi. Isbotlanganki,
kvadraturali amplitudaviy manipulyatsiyalash eng samarali modulyatsiyalash turi
hisoblanadi. 2,75
G
(
EDGE
) avloddan boshlab
zamonaviy harakatdagi aloqa
tizimlarida yuqori tartiblardagi fazaviy manipulyatsiyalash va kvadraturali
amplitudaviy manipulyatsiyalash turlariga o‘tish bo‘lib o‘tdi.
Modulyatsiyalangan signallar xarakteristikalarini tahlil qilishning qulay
vositasi ularni signallar turkumi ko‘rinishidagi kvadraturali diagrammalar
yordamida aks ettirish hisoblanadi.
Kompleks eksponensial signalni real va mavhum o‘qda
aks ettirish
I
va
Q
kvadraturalar sonini oldi.
I
kvadraturali signal real (kosinusoidal) o‘qqa proyeksiya
hisoblanadi. 6.6- rasmda
Q
kvadraturali tashkil etuvchi vektorini I sinfaz tashkil
etuvchi vektori bilan qo‘shish yo‘li bilan
Z
natijaviy tebranishlarni
shakllantirish
91
prinsipi tasvirlangan.
Z
vektor amplitudasi
A
m
nisbat orqali, bu vektor absissalar
o‘qi bilan hosil qiladigan burchak esa
φ
m
nisbat orqali aniqlanadi.
6.6- rasm.
I
va
Q
o‘qlarda kvadraturali signalni berilishi
Bu algoritm uchun tashuvchi tebranishning sinfaz va kvadraturali tashkil
etuvchilarini modulyatsiyalashda amplitudani o‘zgarishi qadamining o‘sha bir
qiymati ishlatiladi. Shuning uchun modulyatsiyalangan tebranishlar vektorlarining
uchlari fazaviy tekislikda modulyatsiyalangan signal vektorining haqiqiy
Re{Z}
va
mavhum
Im{Z}
tashkil euvchilarining to‘g‘ri burchakli to‘rini hosil qiladi. Bu to‘r
tugunlarining
soni ishlatiladigan
QAM
algoritmi turi orqali aniqlanadi.
Modulyatsiyalangan
QAM
tebranishlar fazaviy tekisligida tugunlarning joylashish
sxemasini signallar turkumi (
constellation
) deb atash qabul qilingan.
Raqamli uzatish tizimlari uchun zamonaviy modulyatorlar kvadraturali
sxema bo‘yicha quriladi. Bunday modulyatorda chiqish signali tashuvchilari
o‘zaro 90° fazaviy surilishga ega bo‘lgan ikkita turli modulyatsiyalangan
signallarni qo‘shish bilan hosil bo‘ladi.
Kvadraturali modulyatorlarning ikkita modulyatsiyalovchi signallar kirishlari
I
va
Q
bilan belgilanadi:
-
I
(sinfaz) tashuvchining boshlang‘ich fazaviy surilishi 0°ga teng olinadigan
kanalga tegishli bo‘ladi;
92
-
Q
(kvadraturali) tashuvchining boshlang‘ich fazaviy surilishi 90°ga teng
olinadigan kanalga tegishli bo‘ladi (6.7- rasm).
6.7- rasm. Modulyatsiyalangan signalning elektr maydoni kompleks tekislikda
I/Q-diagramma yordamida aks ettirilishi mumkin
Kvadraturali diagrammaning
rasmini soddalashtirish uchun, ayniqsa,
zamonaviy ko‘p pozitsiyali modulyatsiyalash turlarining signallarini aks ettirishda
odatda koordinatalar uchlaridan chiqadigan vektorlarning faqat oxirgi nuqtalari
tasvirlanadi, vektorlarning o‘zlari esa tushirib qoldiriladi. Ko‘pincha figuraning
simmetriya markazi orqali o‘tishi ko‘zda tutilishi bilan
I
va
Q
o‘qlarning o‘zi ham
tushirib qoldiriladi. Kvadraturali diagrammada nuqtalar ko‘rinishida tasvirlangan
modulyatsiyalangan signallarning to‘liq to‘plami