86
shift keying)
amplituda va chastota o‘zgarmasdan qoladi, bitlar oqimi esa
modulyatsiyalangan signal fazalarining o‘zgarishlari orqali berilgan.
6.2- rasm. Raqamli signalni uchta manipulyatsiyalash usuli
Analog aloqa tizimlarining raqamli aloqa tizimlaridan fundamental farqi
faqat dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash va kodlash usuli hisoblanadi.
Radiostansiyalarning radioto‘lqinlarni qabul qilinishi va uzatilishiga javob
beradigan yuqori chastotali qismi esa barcha radioaloqa turlarida deyarli bir xil
qoladi. Binobarin, vaziyat birinchi aloqa tizimi namoyish etilgan 1895 yildan
buyon o‘zgarmay kelmoqda. Texnologiyaning barcha yutuqlarida ham
fundamental fizik qonunlarga muqobillar hozircha yo‘q.