Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari




Download 4,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/129
Sana15.06.2024
Hajmi4,63 Mb.
#264040
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   129
Bog'liq
radio

 
Chastotalar 
sintezatori
 
PF
 
Ar
 
QK
 
QR
 
PF
 
FM
 
OChG
 
ARO’
 
TChK
 
Antennaga
 
900 MGs
 
Mikrofon
 
Mikroprotsessor
 
Klaviatura 
Displey 


136
Nazorat savollari 
 
1. Radiouzatishning umumiy tuzilish sxemasi qanday qismlardan tashkil 
topgan? 
2. Past quvvatli uzatkichning prinsipial sxemasi qanday elementlardan tashkil 
topgan? Uzatkichning PCh va YuCh qismlarining ishlash prinsipini tushuntiring.
3. Uzun va o‘rta to‘lqin analog radiouzatkichining umumlashtirilgan tuzilish 
sxemasining ishlash prinsipini tushuntiring. 
4. UQT ChM radioeshittirish uzatkichining umumiy tuzilish sxemasi qanday 
qismlardan tashkil topgan? Ishlash prinsipi.
5. Mikroprotsessor orqali boshqariladigan uzatkich sxemasini tushuntiring.
6. RRL O‘YuCh qabul qilgich-uzatkichining sxemasini tushuntiring. 
8. YuCh/OCh raqamli chiqishli raqamli uzatkichning tuzilish sxemasining 
ishlash prinsipini tushuntiring. 
9. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kvadraturali modulyatorli radiouzatkichning tuzilish 
sxemasining ishlash prinsipini tushuntiring. 
10. Analog va raqamli mobil telefon uzatkichlarining tuzilish sxemalarini 
tushuntiring. 
 
 


137
9. RADIOQABUL QILISH QURILMALARI HAQIDA UMUMIY 
MA’LUMOTLAR 
9.1. Radioqabul qilish qurilmalarining vazifasi va tasniflanishi 
Radioqabul qilish qurilmasi istalgan xabarlarni uzatish radiotexnik tizimining 
eng muhim va zarur elementlaridan biri hisoblanadi. U quyidagilarni ta’minlaydi:
− 
foydali xabarni tashiydigan elektromagnit maydon energiyasini tutish; 
− 
foydali radiosignalning quvvatini kuchaytirish;
− 
radiosignalni detektorlash;
− 
signal quvvatini kuchaytirish va uni oluvchiga beriladigan xabarga 
o‘zgartirish. 
Qabul qilish joyida tabiiy va sun’iy kelib chiqishdagi radiohalaqitlar 
manbalari hosil qiladigan tashqi elektromagnit maydonlar mavjud. Bu 
elektromagnit maydonlar foydali signalni buzadi va xabarlarni qabul qilishda 
xatoliklarni keltirib chiqaradi. 
Radiosignallarni qabul qilish va uzatish tebranish konturiga asoslanadi. 
Konturga tashqi energiya, masalan o‘zgaruvchan elektr toki orqali ta’sir qilishda 
unda majburiy tebranishlar deyiladigan tebranishlar vujudga keladi. Agar signallar 
chastotasi konturning tebranishlar chastotasi bilan mos tushsa, rezonans hodisasi -
tebranishlar amplitudasi eng katta qiymatiga erishadi. Bunda yetkaziladigan 
tebranishning amplitudasini oshirish kerak emas, bu tebranishlarning chastotasi 
konturning sozlanishi chastotasiga teng bo‘lsa bo‘ldi. Aynan bu hodisa qabul 
qilgichni ma’lum chastotaga sozlash va kerakli stansiyani boshqa ko‘plab 
stansiyalar ichidan ajratish imkoniyatini berdi.


138
Konturni rezonansga sozlash uchun uning chastotasini o‘zgartirish kerak. 
Bunga induktivlik yoki sig‘im parametrlarini o‘zgartirish bilan erishiladi.
Texnologik jihatdan induktivlikka qaraganda sig‘imni o‘zgartirish oson, shuning 
uchun asosan aynan sig‘imni o‘zgartirish qo‘llaniladi. Sig‘imni o‘zgartirishga 
imkon beradigan klassik element o‘zgaruvchan sig‘imli kondensator hisoblanadi 
(9.1- rasm). Odatda uning yordamida kerakli chastotaga sozlanish (ya’ni 
konturning rezonans chastotaga sozlanishi) amalga oshiriladi (9.2- rasm). 
 
9.2- rasm. O‘SKning sxematik tuzilishi (chapda) va uning tashqi ko‘rinishi 
(o‘ngda) 
9.2- rasm. Konturning kerakli chastotani ajratishi 
Avval mexanik O‘SK sozlashning yagona qurilmasi bo‘lgan, lekin radioning 
rivojlanishi jarayonida qulayroq va ishonchliroq elementlar paydo bo‘ldi. Masalan, 
sig‘imi boshqariladigan kuchlanishning o‘zgartirilishi bilan o‘zgaradigan varikap-
yarim o‘tkazgichli element ishlatiladi yoki ikkita plastinali an’anaviy qurilma 


139
emas, 
balki 
o‘sha vazifalarni funksional bajaradigan integral sxema 
kondensatorning elektron ekvivalenti (varikaplar) ishlatiladi (9.3- rasm).
9.3- rasm. Varikapning sxemada belgilanishi (chapda) va tashqi ko‘rinishi 
(o‘ngda) 
Qabul qilgichda signallarni qabul qilishning o‘zgaruvchan sharoitlariga qabul 
qilgichni 
moslashtirishni 
ta’minlaydigan 
kuchaytirish, 
tanlovchanlik, 
xarakteristikalar shakllarini avtomatik rostlash ko‘zda tutiladi. 
Qabul qilgichni zarur murakkablashtirish xabarlarni qabul qilish sifatiga 
oshirilgan 
talablarga 
bog‘liq. Bu murakkablashtirish, ayniqsa, aloqa, 
radiolokatsion, radionavigatsion, telemetrik va boshqa tizimlar professional qabul 
qilgichlari uchun xarakterli hisoblanadi. 
Shunday qilib, professional radioqabul qilish qurilmasi foydali signal va 
radiohalaqitlar aralashmasiga optimal ishlov berishni ta’minlaydigan adaptiv 
elementlar kompleksi hisoblanadi.
Ko‘rsatilganlarga muvofiq istalgan radioqabul qilish qurilmasining tuzilish 
sxemasi qabul qilish antennasi, qabul qilgich va chiqish asbobidan tashkil topadi 
(9.4- rasm). 
Radioqabul qilish qurilmalarining tasniflanishini ko‘rib chiqamiz. 
1. Asosiy vazifasi bo‘yicha qabul qilgichlar radioeshittirish va professional 
qabul qilgichlarga bo‘linadi. 


140
Radioeshittirish qabul qilish qurilmalari guruhi xabarlarni qabul qilish 
masalalarini nisbatan oddiy texnik echimlari bilan farqlanadi yoki radioeshittirish 
qabul 
qilgichlarini 
ommaviy 
ishlab 
chiqarish 
ishlanmalarga 
bunday 
yondashishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini taqozo etadi. 
Professional qabul qilish qurilmalari guruhi murakkabroq texnik echimlar 
bilan farqlanadi, chunki bu qurilmalar asosan bitta uzatkichda ishlaydi va qabul 
qilish va uzatish qurilmalariga harajatlar teng qiymatli bo‘lishi mumkin. Bunday 
yondashishni amalg oshirilishiga misol kosmik aloqa yoki yerning sun’iy 
yo‘ldoshlari (YSY) orqali aloqa tizimlari hisoblanadi. 
9.4- rasm. Radioqabul qilish qurilmasining umumiy tuzilish sxemasi
9.5- rasmda qabul qilish qurilmalarining tasniflanishi keltirilgan.
Guruhlardan har biri, o‘z navbatida, kichik guruhlarga bo‘linadi, ulardan har 
biri yana kichik guruhlarga va h.k. bo‘linishi mumkin (9.4- rasm). 
Aloqa qabul qilish qurilmalari quyi, viloyat, magistral va kosmik aloqa qabul 
qilish qurilmalariga bo‘linadi. 
2. Ishlash turi bo‘yicha radiotelefon, radiotelegraf (eshitish, yozish yoki harf 
terish), fototelegraf va boshqa qabul qilgichlariga bo‘linadi. 

Download 4,63 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   129




Download 4,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Teleradioeshittirishda uzatish va qabul qilish qurilmalari

Download 4,63 Mb.
Pdf ko'rish