154
Geterodin – bu kichik quvvatli rostlanadigan generator hisoblanadi.
Generator barcha zamonaviy qabul qilgichlarda qo‘llaniladi, lekin uning
funksiyalari radiouzatkichlarda generatorlar bajaradigan funksiyalardan farq qiladi.
Qabul qilgichda generator keyinchalik radiochastota bilan qo‘shiladigan
tebranishlarni ishlab chiqaradi. Binobarin, geterodinning chastotasi kirish
konturining sozlanishi bilan birga sinxron (ko‘p seksiyali O‘SK yordamida)
o‘zgaradi. Bu qo‘shishdan keyin olinadigan signal chastotasi doimo o‘zgarmas
bo‘lishi uchun kerak. Bu oraliq chastota (OCh) bo‘ladi. U tanlangan sozlash
diapazoniga va radiostansiyaning qabul qilish chastotasiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Aralashtirgich chiqishida olinadigan Och ning o‘zgarmasligi keraksiz
signallarni (qo‘shni radiouzatkichlarning radiochastotalari, efirdagi halaqitlar va
h.k.) ancha samarali filtrlashga imkon beradi. Oraliq chastota shunday tanlanadiki,
uning qiymati uzatish radiostansiyalari chastotalari sohasiga tushmaydi (odatda
465 KGs, horijiy apparaturada 455 KGs). Bundan tashqari, nisbatan past OCh
qo‘llaniladigan
elementlarga
(tranzistorlar,
mikrosxemalar,
filtrlar,
kondensatorlarga) unchalik talablarni qo‘ymaydi. Ular past chastotali va demak,
arzonroq bo‘lishi mumkin.