155
ta’minlashga imkon beradi. Chastotani ikkilangan o‘zgartirishli supergeterodin
sxemasi oddiy supergeterodinning sxemasiga o‘xshash, lekin yana bir geterodin,
aralashtirgich, shuningdek mos kuchaytirish va filtrlash kaskadlarini qo‘shilishili
bo‘ladi. Birinchi oraliq chastota odatda yuqoriroq (10.7, 17, 21, 45… MGs),
ikkinchisi pastroq (455 MGs) bo‘ladi.
10.6-rasm. Chastota ikki marta o‘zgartiriladigan supergeterodinli qabul
qilgichning tuzilish sxemasi
Qabul qilgichning bunday arxitekturasi juda yaxshi tanlovchanlik va
sezgirlikni ta’minlaydi. Geterodinning chastotasi kirish YuCh-signalining
chastotasi orqali sinxronlashtiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli qabul
qilgichdan farqli ravishda supergeterodinli qabul qilgichda foydali signalning
chastotasiga nisbatan qayd etilgan qiymatga surilgan geterodin chastotasi
ishlatiladi. Chastotaning bunday surilishi geterodin chastotasini YuCh-signal bilan
nochiziqli element – diodli yoki FET-aralashtirgich yordamida aralashtirish
yordamida generatsiyalangan oraliq chastotani olishga imkon beradi.
Geterodin sifatida ko‘pincha kuchlanish bilan boshqariladigan sinxron
generator ishlatiladi, u kirish YuCh-signalni OCh-signalga o‘zgartirish chastotalari
YuCh-filtr
Antenna