158
K174 turkumdagi IMSda yig‘ilgan radioqabul qilgichning prinsipial sxemasi
10.8-rasmda keltirilgan. K174 turkumda standart supergeterodinli radioeshittirish
qabul qilgichining barcha tugunlari – chastota o‘zgartirgichi, 0,5 Vt gacha chiqish
quvvatili OChK va TChKga ega bo‘lgan mikrosxema mavjud. Bu 3 dan 9 V gacha
ta’minot kuchlanishida ishlay oladigan va 8-10 mA tok iste’mol qiladigan (past
ovoz balandligida) K174XA10 mikrosxema hisoblanadi. Uning tugunlaridan
foydalanish bilan oddiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli qabul qilgichni yig‘ish
mumkin. Bu variantda chastota o‘zgartirgichi ishlatilmaydi, OChK RChK sifatid
ishlatiladi va TChK esa o‘z vazifasini bajaradi.
Sezgirlikni oshirish uchun VT1 tranzistordagi istokli takrorlagich ishlatilgan.
Detektorlangan tovush chastoasi signali S8 - R3 - S9 filtrlash zanjiri orqali R4
ovoz balandligi rostlagichiga va keyin TChK kirishiga beriladi.
Nazorat savollari 1. Radioqabullash qurilmalarining tuzilish sxemalari nimasi bilan farqlanadi?
2. To‘g‘ridan – to‘g‘ri detektorlashli qabul qilgichning tuzilish sxemasini
tushuntiring.
3. Detektorli qabul qilgichning sxemasi va turli nuqtalaridagi signallarning
shakllarini tushuntiring.
4. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchaytirishli radioqabullash qurilmasining blok-
sxemasini tushuntiring.
5. Chastota bir marta o‘zgartirilishli kuchaytirish traktining sxemasini
tushuntiring.
6. Supergeterodinli qabul qilgichning blok-sxemasini tushuntiring.
7. Geterodinning vazifasi nimalardan iborat?
8. UQT ChM qabul qilgichning eng oddiy prinsipial sxemasini tushuntiring.
159
9. IMSda yig‘ilgan O‘T AM qabul qilgichning prinsipial sxemasini
tushuntiring.
10. Chastotani ikkilangan o‘zgartirishli supergeterodinli qabul qilgichning
blok-sxemasini tushuntiring.