Rezonans konturli RChKning prinsipial sxemasi




Download 4,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/129
Sana15.06.2024
Hajmi4,63 Mb.
#264040
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   129
Bog'liq
radio

11.4. Rezonans konturli RChKning prinsipial sxemasi 
Yuklamasi tebranish konturidan tashkil topgan kuchaytirgichlarni rezonans 
kuchaytirgichlar deb ataladi. Bunda tebranish konturi oldindan ma’lum bo‘lgan 
foydali signal chastotasiga sozlanadi va bu chastota bo‘yicha rezonans holatiga 
o‘tadi. Rezonans holatida esa tebranish konturi o‘zidan faqat foydali signal 
chastotasini o‘tkazadi.
Rezonans konturli RChKning prinsipial sxemasi 11.2- rasmda keltirilgan. 
Sxemada, kirish zanjiridan chiqayotgan signal kuchaytirish asbobiga beriladi. 
Elektr zanjirlar nazariyasiga asosan rezonans paytida kuchaytirish asbobining
yuklama bo‘lgan tebranish konturining qarshiligi aktiv va katta qiymatli bo‘ladi. 
Shu sabab, kuchaytirish asbobiga keladigan signal qanchalik kichik bo‘lmasin, 
katta qarshilikda katta kuchlanish tushuvini hosil qiladi. Shunday ekan, demak bu 
radiosignal kuchayadi. Undan tashqari, radiosignal kuchaytirgich asboblarining 
o‘ziga xos xossalariga asoslangan holda kuchayadi. Kuchaytirishning bu usulida 
kuchlanishi manbaining ham ulushi bo‘ladi. Odatda, kuchaytirishning bu xususiy 
holida signal nafaqat kuchlanish bo‘yicha, balki quvvat bo‘yicha ham kuchayadi. 


164
11.2- rasm. Rezonans konturli RChKning prinsipial sxemasi
 
11.5. Aperiodik RCHKning prinsipial sxemasi
 
Yuklamasi rezistorlardan tashkil topgan kuchaytirgichlar esa aperiodik 
kuchaytirgichlar deb ataladi. Aperiodik kuchaytirgichlarning kuchaytirish 
koeffitsienti rezonans kuchaytirgichlarning kuchaytirish koeffitsientidan doimo 
kichik bo‘ladi.
Yuqori chastotalarda tranzistorlarning umumiy baza sxemasida ulanishi eng 
yaxshi xarakteristikalarga ega. Bu sxemada tranzistor ichki teskari aloqa hisobiga 
eng yaxshi chiziqlilikka ega. Bundan tashqari, uning chastotaviy xarakteristikasi 
kengayadi. Kollektor-emitter o‘tishning kichik sig‘imi kuchaytirgich sxemasining 
parazit o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alishiga sharoitlarni hosil qilmaydi. 
Sxemaning barqarorligini qo‘shimcha oshirishga tranzistorli kaskadning 
kirishi va chiqishiga past chastotali filtrlarni qo‘yilishi bilan erishiladi. Bu filtrlar 
tranzistor kuchaytirish xususiyatlarini saqlaydigan butun chastotalar polosasiga 
mo‘ljallanadi. Natijada butun chastotalar polosasida fazalarning balansi 
bajarilmaydi va o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alish mumkin bo‘lmaydi. Bu filtr tranzistorning 
kirish va chiqish qarshiliklarini 50 Om standart qarshilikka o‘zgartirishni amalga 

Download 4,63 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   129




Download 4,63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Rezonans konturli RChKning prinsipial sxemasi

Download 4,63 Mb.
Pdf ko'rish