• Bezakni (naqsh) nusxa ko`chiradigan (kopirovka) yordamida ko`chirish.
  • Bezakni yoruqqa tutib ko`chirish
  • Bezakni shaffof qog`oz yordamida ko`chirish
  • NAQSHNI GAZLAMAGA KO`CHIRISH




    Download 13,97 Mb.
    bet5/5
    Sana18.12.2023
    Hajmi13,97 Mb.
    #122241
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    5-sinf Texnologiya fanidan Xalq hunarmandchiligi. Kashtachilik san\'ati ochiq dars ishlanma 222

    NAQSHNI GAZLAMAGA KO`CHIRISH


    Naqsh nusxasini har xil gazlamalarda har xil yo`llar bilan tushiriladi. Masalan, nusxa ko`chiradigan qog`ozlar axta yorug`lik yordamida, naqsh chizilgan qog`ozni gazlama ustidan ko`klab chiqiladi keyin bu qog`ozlar yirtib olinadi. Hamma hollarda ham oldin bezakni originaldan shaffof yoki millimetrli qog`ozga uchi yaxshi ochilgan qalamda ko`chirib olinadi. Shundan keyin uni gazlamaga o`tkaziladi.
    Bezakni (naqsh) nusxa ko`chiradigan (kopirovka) yordamida ko`chirish.
    Gazlamani oldin dazmollab, tekis yuza (stol, taxta) ustiga yozib qo`yiladi, bunda gazlamaning asos va arqoq iplari qiyshayib qolmasligiga qarash kerak. Naqsh (tekis chok, suv chok, ustki chok va hokazo bilan tikiladigan) chizilgan shaffof qog`ozni gazlama ustiga qo`yib, to`g`nog`ich bilan qadab qo`yiladi. Nusxa ko`chiradigan qog`ozini to`q tomonini gazlamaga qaratib shaffof qog`oz tagiga qo`yiladi, uchi yaxshi ochilgan qalam bilan bezak ustidan chizib chiqiladi. Turli rangdagi nusxa ko`chiradigan qog`ozlar bo`lgani ma'qul, shunda och rangdagi gazlamaga to`q rangli (qora, ko`k, yashil), to`q rangli gazlamaga och rangli (oq, sariq) nusxa ko`chiradigan qog`oz ishlatiladi.
    Bezakni yoruqqa tutib ko`chirish
    Yupqa shaffof gazlamalarga kashta gulni gazlama tagidan yoritish yo`li bilan
    ko`chirish mumkin. Tagiga lampa qo`yilgan oyna ustiga yaxshi ko`rinadigan kashta gulni qo`yib,uning ustiga yaxshi tortilgan chambarakga (kergiga) o`rnatilgan gazlama qo`yiladi. Gazlama tagida ko`rinib turgan kashta gulni uchi yaxshi ochilgan qalam bilan gazlamaga chizib olinadi. Bezakni shaffof qog`oz yordamida ko`chirish
    Movut baxmal va yaltiroq gazlamalar ustiga kashta gulni shaffof qog`oz ustidan ko`klash yo`li bilan ko`chiriladi. Buning uchun bezakni shaffof qog`ozga ko`chirib olib, uni gazlama ustiga qo`yiladigan, butun chizig`i bo`ylab mayda zich qaviqlar bilan ninani oldinga yo`naltirib tikib chiqiladi. Keyin qog`oz yirtib tashlanadi.
    Bezakni axta (andaza, ulgi) yordamida ko`chirish. Axta naqsh yoki biror rasmni shaffof (kal'ka) qog`ozga chizib, chiziq yo`llarini igna bilan teshib, buyum yuziga tushirish uchun tayyorlangan andoza.
    Axtani tayyorlash uchun shaffof (xitoy) qog`ozga naqsh kompozitsiyaga moslab simmetriya o`qi bo`yicha qog`ozni ikkiga, to`rtga va hokazo buklanadi. Buklamaning bir qismiga naqsh chiziladi.














    Download 13,97 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 13,97 Mb.