|
Темурийлар даври
|
bet | 4/5 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 13,97 Mb. | | #122241 |
Bog'liq 5-sinf Texnologiya fanidan Xalq hunarmandchiligi. Kashtachilik san\'ati ochiq dars ishlanma 2222-guruh
KASHTACHILIKDA ISHLATILADIGAN NAQSHLAR, NAQSH ELEMENTLARI.
Naqsh- arabcha tasvir gul degan ma'noni anglatadi. Kashtachilik san'atida har bir millatning o`ziga xos eng ko`p qo`llaydigan naqshlari bo`ladi. O`zbek kashtalarida o`simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko`p bo`lsa, rus kashtachiligida geometrik, o`simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko`p tasvirlanadi, qozoq va qirg`iz kashtachiligida esa ko`proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar tasvirlanadi.
Rang-tasvir vositalar yordamida ishlangan, nur va soyalar hajmni keltirib chiqaradigan, shu bilan birga o`ylamay-netmay tabiatdan aynan ko`chirishga intilmagan rasmchini naturadan yaqinroq bo`lishi mumkin. Kashta gulini yaratishda naturaga qarab rasmni chizib oladi, keyin uni naqshga va turli naqshdor kompozitsiyaga aylantiriladi. Naqsh bilan amaliy san'at buyumlari bezatiladi, shuning uchun u buyumning ajralmas qismi bo`lib, o`sha buyumning shakliga, vazifasiga va qanday materialdan tikilishiga butunlay bog`liq bo`ladi. Rasmni naqshga aylantirishda uning (guli va hokazo) xarakterli belgilari tanlanadi. O`simlik, qush motivlarini aniq ko`rsatishga intilmay, faqat asosiy chiziqlarigina bo`rttirib kontur qilib chiziladi.
Rasmlarning ba'zi qismlarini ixtiyoriy ravishda kompozitsiyalash ham mumkin, lekin tabiatni kuzatib, bezaklarni buyum yuzasiga joylashtirishni ham o`ylab topish yanada qiziqarliroqdir.
NAQSH ELEMENTLARI.
Xalq hunarmandchiligi. Kashtachilik san’ati tarixi. Kashtachilikda ishlatiladigan naqshlar, Kashtachilik ranglari va rang tanlash.Chok turlari. 3-guruh
KASHTA TIKISHDA RANGLAR TANLASH.
Kashta tikish rang bilan chambarchas bog`liq. Iplarni tanlashda ranglarning yo`g`onlashuvini, ular bir-biriga qanday ta'sir etishini bilish zarur. O`zaro mos ranglarni tanlashda berk spektr qatori ranglaridan iborat ranglar doirasi asos qilib olinadi.
Agar uch qirrali shisha prizmadan nur tarami o`tkazilsa, u tarkibiy qismlarga bo`linib ko`rinadi, rangli yo`l-spektr hosil bo`ladi.
Tabiatda ranglarning bunday qo`shilishini ko`pincha kamalakda, quyosh nuri shudring zarralaridan o`tishida ko`rish mumkin. Ko`zga ko`rinadigan spektr uzluksiz o`zgara boradigan qizil, to`q sariq, sariq, yashil, zangori, ko`k, binafsha
ranglar qatoridan iborat. Bu ranglar bir-biridan oraliq tuslar gammasi bilan ajralgan bo`ladi. Agar spektr ranglarini o`sha tartibda doiraga joylashtirilsa, ko`k- binafsha va qizil ranglar orasida to`q qizil rang bo`ladi.
Odatda, kashta guliga asosiy o`rin berilib, gazlama rangiga qo`shimcha o`rin beriladi. Shuning uchun gazlama rangi naqsh rangidan ochiq bo`lib ajralib turmasligi kerak. Kashta gulining rangini tanlashni bajarish sanama chok, tekis chok va hokazolarga ham bog`liq bo`ladi.
|
| |