|
Темурийлар даври
|
bet | 3/5 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 13,97 Mb. | | #122241 |
Bog'liq 5-sinf Texnologiya fanidan Xalq hunarmandchiligi. Kashtachilik san\'ati ochiq dars ishlanma 2221-guruh
KASHTACHILIK SAN’ATI TARIXI.
O`zbek milliy kashtado`zlik xalq hunarmandchilik san'atining eng qadimiy turlaridan bo`lib, u xalqning o`z turmushini go`zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda hamda ro`zg`or bezak buyumlari tayyorlashda qadimdan qo`llaniladi.
Kashtachiligimiz san'ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. O`zbek chevar ustalari qo`llari bilan tikilgan kirpich, so`zana, zardevor, gulko`rpa, choyshab kabilar Fransiya, Italiya, Yaponiya, Germaniya, Belgiya, Amerika, Hindiston kabi xorijiy, shuningdek Respublikamizning Farg`ona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki amaliy san'at muzeylarida ko`p namunalari to`planib, doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan.
Hozirgacha buyumlar o`ziga xos go`zallik, nafis bezaklarning rang-barangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmoqda. Badiiy kashtachilik uzoq tarixga ega, buni arxeologik topilmalar va yozma manbalar isbotlab bermoqda. O`zbek kashtachiligi iqlimi, tabiiy sharoit,
muhit bilan bog`liq holda barcha kasb-hunarlari bilan birgalikda rivoj topgan. XIV - XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini ko`rish mumkin. Ispan elchisi Rui Ganzalem de Klavixo Amir Temur saroyida o`zbek milliy kashta bezaklarini ko`rganini kundaligida yozib qoldirgan. Kamoliddin Behzod "Zafarnoma"ga ishlagan.
O`zbek kashtalarida o`simliksimon, geometrik shakl hamda gul naqshlari ko`p qo`llaniladi. Qadimiy an'analarga ko`ra, o`zbek qizlari-bo`lajak kelinchak seplari bo`lmish har xil kashtachilik buyumlarini ya'ni dastro`mol, choyxalta, parda, belbog`, sumka, nimcha, joynomoz, gulko’rpa, kirpich, zardevor, choyshab, so`zana, kiyim bezaklari va bosh kiyimlarini, sovg`alarni o`zlari tayyorlashgan. To`yda kuyovning qarindosh-urug`lariga kelin o`zi tikkan buyumlarini sovg`a qilgan. To`ydan oldin sep yoyib ko`rgazma qilinar, bu kelinning chevarligini, mehnatsevarligini namoyish etishi va kashta qanchalik nozik, chiroyli bo`lsa yuqori baholanar edi.
|
| |