Jismoniy tarbiya darsning mazmuni




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana06.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#41243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Hasan
1.C tiliga kirish kurs ishi, 26052021 avtob blank, ТЕКСТ ЛЕКЦИЙ ПО ФИЛОСОФИИ - 2022, 8-mavzu, “O‘g‘ri” hikoyasi bo’yicha savollar, 610141748108115, Документ Microsoft Word (2), Bayonnoma Matematika, GULNOZA TIKUV SEXI, Buxoro davlat universiteti, 11111111, Boshqaruv nazariyalarining rivojlanish tarixi.(Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat), Бандихон Бектепа КСЗ 3 ичимлик сув рабочий акт, ........................Kurs ishi..
1.2 Jismoniy tarbiya darsning mazmuni 
Jismoniy tarbiya darslari bilan bog‘liq masalalarning eng muhimi uni qanday 
tuzish masalasidir. Darsni tuzilish qonuniyatlarihaqidagi gapirishdan avval uni 
qanday struk-turaviy birliklardan tashkil topishini belgilab olish va aniqlash kerak 
bo‘ladi. avvaligi dars’haqida yikr bildira yetib uni tarkibiga kiritilgan jismoniy 
mashqlar, ularni ketma-ketligi va davomiyligiga qarab «dars sxemasi» atamasi 
qo‘llanila boshlandi. Keiynchalik darsga qo‘yilgan vazifalar va ularnihal qilish 
uchun tanlangan jismoniy mashqlar ularning meoyori (dozasi)ga qarab «dars 
rejasi» degan atamalar qo‘lla-nildi. «Darsni strukturasi» degan atama birinchi 
marotaba V.V. Belinovich tomonidan (1939) qo‘llanildi va o‘rinli ravishda darsni 
tuzilishi deb to‘g‘ri nomlandi. Belinovich tuzilishi darsning vazifalari va jismoniy 
tarbiyani mazmuniga qarab belgilanishini uqtiradi. N.N. Yefremov (1959) birinchi 
maro-taba «darsning tuzilishi» degan tushunchaga taorif berishga urindi va dars 
strukturasi deganda mashg‘ulotni tarkibiy (kirish, tayyorlov, asosiy va yakunlov) 
qismlarini o‘zaro joyla-shishi va munosabatini nazarda tutdi xolos. K.A. 
Kuzminaning fikricha (1960) esa darsning tuzilishi – bu uni qismlarining soni, 
ularning ahamiyati va mazmuni, ketma-ketligi va darsnihar bir qismini davomiyligi 
deb taorif berdi. Darsni tuzilishiga oid maxsus ilmiy-uslubiy dabiyotlarda turlicha 
fikrlar mavjud. Lekinhozirgi kunda bu baxslarga chek qo‘yilgan va darsni 
tuzilishini uch qismli tarkibga ega deb qabul qilingan. 
Dars tuzilishining loyihasi alohida, darslarni tuzishda foydalaniladigan dars 
konspekti orqali ifodalanadi. Darsni tuzilishi o‘qituvchini darslarga mashqlarni 
oqilona tanlashga, materiallarni to‘g‘ri joylashtirish va darsdagi yuklamani 
meoyorini aniq belgilashga yordam beradi. 
Darsning tuzilishi dastur materiallarini belgilangan vazifa asosida izchil 
o‘rganishni yo‘lga qo‘yadi. Dars uchun rejalashtirilgan vazifalarnihal qilishda 
qo‘llaniladigan ta’limning usuliyatiga aniqlik kiritadi va uni qo‘llash uchun 
darsning qismlari yoki ularning ayrim bo‘laklaridan qanday foydalanish 
lozimligini belgilaydi. 



Jismoniy tarbiya darsidahar qanday pedagogik vazifalarni hal etish ko‘pincha 
shug‘ullanuvchilar organizmidan maolum darajadagi zo‘riqishini vujudga keltiradi, 
shuning uchun bu ishga organizm tegishli darajada tayyor bo‘lishi kerak. 
Buyuk rus olimi I.P. Pavlov organizmni qiyin vazifa-larnihal etishga tayyor 
bo‘lishi zarurligini uqtirib, mashqni asta-sekinlik bilan takrorlash maolum 
fiziologik qoidalarga asoslanishni taqazo etadi deb uqtirdi. Bu ko‘rsatma 
o‘qituvchi zimmasiga shug‘ullanuvchilardan katta kuch talab qiladigan pedagogik 
vazifalarnihal qilish darsning boshida emas maolum tayyorgarlikdan so‘ng, 
mashg‘ulotlarni, darslarni oxiridahal qilinishi lozimligini, shu mashg‘ulotdagi 
asosiy vazifa-larga shug‘ullanuvchilarning organizmini uyushtirish, zarur kay-
fiyatni vujudga keltirish va belgilangan vazifalarni baja-rishga, mashqni 
o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni shakllanishini mashg‘ulotlar davomida talab 
darajasiga ko‘tarish lozimligiga to‘xtaldi
3

O‘quvchilar 
tomonidan 
asosiy 
vazifalarnihal 
qilish 
ko‘pincha 
shug‘ullanuvchi zo‘r berayotgan yaoni uni faolligini oshgan davriga to‘g‘ri 
kelshligini amaliy ahamiyati katta. Ularning organizmi nisbatan katta zo‘riqish va 
kuchli emotsiional holatdan vazmin holatga birdan o‘ta olmaydi. Shunga ko‘ra 
darsni tuzishda xotirjamholatga o‘tish va mashg‘ulotlarni uyushtirilgan ravishda 
tugallash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Har bir dars uch qismli tarkibga ega ekanligihaqida yuqorida fikr bildirdik va 
ular tayyorlov, asosiy va yakunlov qismi deb nomlanadi. 
1. Jismoniy tarbiya darsining tayyorlov qismi uchun 8-12 min vaqt sarflanadi. 
Boshlang‘ich sinflarda esa 20 minutgacha bilish mumkin. iqlim sharoiti sovuq, 
issiq vah.klarga qarab sarflanayotgan vaqt biroz ko‘paytirilishi mumkin. Tayyorlov 
qismi asosan darsning asosiy qismida beriladigan jismoniy yukka o‘quvchi yoki 
shug‘ullanuvchi organizmini funksionalholatini tayyorlaydi. Organizmning 
funksionalholatini dars-ning asosiy qismiga tayyorligi o‘quvchiniharakat koordina-
siyasining yaxshilanganligi, peshonada yengil terlash yuzida qizillikni paydo 
bo‘lishi o‘quvchiningharakat faolligini ortishi, nafas olish ritmining biroz 
3
Саломов С.Р Спорт машғулотларининг назарий асослари Тошкент. Ўқув қўлланма ЎзДЖТИ 2005 й. 


10 
tezlashuvi, emotsionalholatini ko‘tarinkiligini kuzatilishi orqali aniqlanadi. Uni 
tuzilishi darsda yechiladigan pedagogik vazifalariga ko‘ra «tash-kiliy daqiqa» deb 
boshlanadigan qism bilan boshlanib, o‘quvchilarni saflash, ularni sonini aniqlash, 
navbatchidan (4-sinfdan boshlab) raport qabul qilish salomlashishni o‘z ichiga 
oladi va unga 1-1,5 minut vaqt sarflanadi. Tashkiliy daqiqadan so‘ng lozim bo‘lsa 
diqqat uchun mashqlar, darsni vazifasi yoki mavzusini eolon qilish, qaddi-qomat 
uchun mashqlar, nafas olish ritmi, yurak urish chastotasi, qon aylanishini tezlash-
tirish, tana bo‘g‘inlari, muskullari uchunharakatda, o‘quvchilarni to‘xtatib, turli xil 
mashqlar bajartiriladi. Darsning tayyorlov qismi asosiy qismida bajarilishi lozim 
bo‘lganharakat faoliyati uchun «tayyorlov» va «yo‘llanma beruvchi» mashqlar 
bilan tugallanadi. 
2. Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismi uchun 25-30 minutgacha (40 
minutli darslarda) vaqt sarflanadi va o‘qituvchi tomonidan tuzilgan dars ssenariyasi 
yoki uning reja-konspek-tiga kiritilgan jismoniy tarbiyadan Davlat tandarti dasturi-
dagi shu sinf uchun rejalashtirilgan yangi mashqlar uqtiri-ladi, yoki avvalgi 
sinflarda o‘zlashtirilgan jismoniy mashq-lar,harakat faoliyatlari tanishtiriladi, 
o‘zlashtiriladi, mustahkamlanib takomillashtiriladi. Darsning asosiy qismi-ni 
tuzilishi uchun yagona «standart sxema» mavjud emas. darsning bu qismi uning 
mazmuniga kiritilgan asosiy jismoniy mashqlar, ularni bajarish uchun tanlangan 
usul va usuliyatlar, ulardan foydalanishni tashkillash shakllarini tanlash va 
tuzishdek tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari jismoniy tarbiyadan 
Davlat ta’lim standarti dasturining bo‘limlari (gimnastika, yengil atletika, suzish, 
kurash, sport o‘yinlari,harakatli o‘yinlar)ni o‘quv materialini o‘qitish o‘zining 
uslubiy xususiyatlari bilan darsning asosiy qismini turlicha tashkillash talabini 
qo‘yadi. Darsning asosiy qismi-ning talablarnihal qilish o‘quvchilar faoliyatini 
guruhli, individual, frontal, uzluksiz-ulab, aylanib yurib yuajarish, kreystring 
usuliyatlari orqali maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya jismoniy 
rivojlanganligi, 
tayyorlanganligi 
va 
organizmining 
anatomo-fiziologik 
xususiyatlarini eotibor-ga olishni taqazo etadi. 


11 
Darsning bu qismida o‘qituvchilarning yordamchilari-fizkulptura faollarining 
ahamiyatini eotirof etmay iloji-miz yo‘q. Ular o‘qituvchi tomonidanhaftaning 
boshlanishida instruktiv mashg‘ulotlar uchun to‘planadilar va ularga darsning 
asosiy qismida alohida guruhlarda yo‘riqchi vazifasini baja-rish usuliyati 
o‘qituvchi tomonidan o‘rgatiladi. 
3. Jismoniy tarbiya darsining yakunlov qismi dars uchun ajratilgan umumiy 
vaqtining 3-5 minuti sarflanadi. Unda jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun turli 
xilharakat-li o‘yinlar va estafetalar va jismoniy mashqlardan foydalaniladi. 
Darsning asosiy qismida ko‘tarilgan emotsionalholatni pasaytiruvchi va saf 
mashqlar bajartiriladi, dars yakunlanadi (o‘quvchilar rag‘batlantiriladi, lozim 
bo‘lganlariga tanbehlar beriladi, 5-6 nafarigajori baho qo‘yiladi), uyga vazifa 
uchun mashqlar tushuntiriladi va dars o‘tkazilgan joy (sport maydoni, sport zali va 
boshqa)dan uyushganholda kiyinish xonasiga kuzatish tashkillanadi. Boshlang‘ich 
sinflar-da o‘tkazilgan mashg‘ulotlardan so‘ng o‘quvchilarini, o‘qituvchining o‘zi 
kiyinish xonasiga kuzatib qo‘yadi. 
Turli xil yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan jismoniy tarbiya darslarining 
tayyorlov, asosiy va yakunlov qismlarini taqqoslash natijalari tahlili birinchidan, 
qonuniy ravishda ularni bir-biridan farqlanishini ko‘rsatdi. Ikkinchidan, jismoniy 
tarbiya darslarining bir xil yoshdagilar chegarasida o‘tkazilgan asosiy qismlari 
darsning turiga bog‘liq. Uchinchi-dan, darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov 
qismlarini davomiy-ligini o‘zgarishi o‘quvchilarni yoshiga bog‘liq. Boshlang‘ich 
sinf-larda darsning asosiy qismlari nisbatan bir xilda, yaoni tayyorlov va yakunlov 
qismlarining davomiyligi asosiy qism-ning davomiyligidan ozgina farqlanadi 
xolos. Boshlang‘ich sinflarda bolalar psixologiyasi va ularning fiziologik 
xususiyatlari, jismoniy kuchining ozligi darsning asosiy qismida ularni 
organizmini va diqqatini oldinda turgan qiyinharakat faoliyatlarini bajarishga 
tayyorlash uchun ko‘p vaqt sarflashni talab qiladi. Bundan tashqari tayyorlov 
mashqlarini tushuntirish va ko‘rsatish katta yoshdagilarga nisba-tan sekin olib 
borilishi darsni qismlarida o‘qituvchi tomo-nidan ko‘p vaqt sarflashni taqazo etadi. 
Kichik yoshdagilarda yakunlov qismini asosiy qismhisobidan 
uzunroq 


12 
bo‘lishining, sababi navbatdagi darsga o‘tishga oldindan tayyorlanish lozim-
ligidan kelib chiqadi va shu bilan asoslanadi. O‘rta va yuqori sinfga o‘tgan sari 
darsning tayyorlov va yakunlov qismlari uchun sarflangan vaqt qonuniy ravishda 
kamayib boradi. Chunki o‘quvchilarda turli xildagi saf va tayyorlov mashqlarini 
aniq bajarish malakasi yuqori bo‘ladi. Tushuntirish va ko‘rsatish uchun kam vaqt 
sarflanadi, asosiy qismida o‘quvchilar tomonidan kattahajmdagi yuklama bilan 
jismoniy mashqlarni bajarish uchun talab vujudga keladi, shunga ko‘ra tayyorlov 
asosiy yakunlov qismlarining turli xil yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazilishi 
turlicha va o‘zlarining xususiyatlari bilan farqlanadi. 
Jismoniy tarbiya jarayonidagi mashg‘ulotlar jumladan, maktab darslarida 
o‘quvchilar tomonidan xatolar sodir bo‘lishi kuzatiladi. Bunday xatolar asosiy va 
asosiy 
bo‘lmagan xatolar deb guruhlanadi. Asosiy xatolar deganda 
o‘rganilayotganharakat faoliyati yoki jismoniy mashqning texnikasi asosida 
qo‘yilgan xatolar, acosiy bo‘lmagan xatolar esaharakat akti texnika-sining 
zvenolari yoki detallarida sodir bo‘lgan xatolar tushuniladi. 
Ularni 
sodir 
bo‘lishining sabablari turlicha: 
mashq 
texnikasini 
tushuntirishdagi eotiborsizlik; mashq texnikasi-ning asosihaqida to‘la tasavvurga 
ega bo‘lmaslik; mashqni yoki uni texnikasini tasavvuriga ega bo‘la turib uni 
bajarish uchun jismoniy tayyorgarligini vaharakat koordinatsiyasi zahirasini 
kamligi; o‘qituvchi tanlangan o‘qitish uslubiyatini ta’lim jarayoni uchun mos 
emasligi vah.k.lar... 
Ta’lim jarayonida sodir bo‘lgan xatolarni aniqlash va ularni to‘g‘irlash 
muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra eng avvaloharakat texnikasi tarkibidagi 
asosiy xatolar so‘ng, asosiy bo‘lmagan xatolar aniqlanadi va ular shu ketma-
ketlikda to‘g‘rlanadi. Ta’lim jarayoni amaliyoti shundan guvohlik Beradiki asosiy 
xatolarni to‘g‘rlanishi asosiy debhisoblanmagan xatolarni o‘z-o‘zidan to‘g‘rlanib 
ketishiga olib keladi. Demak, avval asosiy xatolar aniqlanadi va tuzatiladi, so‘ngra 
ikkinchi darajali yaoniharakat faoliyati texnikasining zvenolari va detallaridagi 
xatola tuzatiladi. 


13 

Download 0.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish