Kirish  Kurs ishining dolzarbligi




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana06.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#41243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Hasan
1.C tiliga kirish kurs ishi, 26052021 avtob blank, ТЕКСТ ЛЕКЦИЙ ПО ФИЛОСОФИИ - 2022, 8-mavzu, “O‘g‘ri” hikoyasi bo’yicha savollar, 610141748108115, Документ Microsoft Word (2), Bayonnoma Matematika, GULNOZA TIKUV SEXI, Buxoro davlat universiteti, 11111111, Boshqaruv nazariyalarining rivojlanish tarixi.(Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat), Бандихон Бектепа КСЗ 3 ичимлик сув рабочий акт, ........................Kurs ishi..
Kirish 
Kurs ishining dolzarbligi: Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezident 
Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son Jismoniy tarbiya va 
sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaroriga ko‘ra jismoniy tarbiya va 
sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga 
moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy 
salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, 
ilg‘or xorijiy sport-ta’lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish orqali 
yuqori natijalarga erishish muhim masala sifatida belgilab olindi. 
Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini O’zbekiston Respublikasi “Talim 
to’g`risida”gi qonuni (2020 yangi tahrir) hamda “O’zbekistonda Jismoniy tarbiya 
va sportni rivojlantirish to’g`risida”gi qonun (2015)lari mazmun-mohiyatidan kelib 
chiqib zamon talablari darajasida tashkil qilish va o’tkazish bugungi kunning 
muhim vazifasidir. 
Jismoniy tarbiyada pedagogik jarayonning natijalari jismoniy tarbiya 
darslarida olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarning sifatiga bog‘liq. Bungahar 
bir dars zamiridagi qator vazifalarnihal etish bilan erishiladi. 
Jismoniy tarbiya darslari ta’lim berish (o‘qitish), tarbiyalash va 
sog‘lomlashtirishdek jismoniy tarbiya jarayoni-ning umumiy vazifalaridan kelib 
chiqib, har bir dars uchun aniq «Tanishtirish», «O‘zlashtirish», «mustahkamlash», 
«Takomillashtirish»dek mazmunga ega bo‘lgan xususiy vazifalarni qo‘yish va 
unihal qilishni nazarda tutadi.
1
Kurs ishining dolzarbligi. Ta’lim berish vazifalari bolalarni jismoniy tarbiya 
dasturda tavsiya qilingan mashqlarni bajarishga, o‘rganilgan mashqlarni 
mustahkamlash va takomillashtirishga, shuningdek, malaka va ko‘nikmalarni 
rivojlantirishga hamda o‘rganilgan mashqlarni turli sharoitda amaliyotda 
qo‘llashga o‘rgatishga yo‘naltiriladi. Ta’lim vazifalarini izchil ravishda bajarish 
1
Абдуллаев А, Хонкелдиев Ш Жисмоний маданият назарияси ва методикаси. Ўқув қўлланма ЎзДЖТИ 2005 
й. 
1
Саломов С.Р Спорт машғулотларининг назарий асослари Тошкент. Ўқув қўлланма ЎзДЖТИ 2005 й. 



jismoniy tarbiya dasturidagi butun o‘quv materiallarini izchil va mustahkam 
o‘rganishga olib keladi. 

Download 0.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish