• rejalashtirishni boshlashdan oldin
  • -BOB JISMONIY TARBIYA DARSIDA XATOLAR VA ULARNI




    Download 0.95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/14
    Sana06.02.2023
    Hajmi0.95 Mb.
    #41243
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Hasan
    1.C tiliga kirish kurs ishi, 26052021 avtob blank, ТЕКСТ ЛЕКЦИЙ ПО ФИЛОСОФИИ - 2022, 8-mavzu, “O‘g‘ri” hikoyasi bo’yicha savollar, 610141748108115, Документ Microsoft Word (2), Bayonnoma Matematika, GULNOZA TIKUV SEXI, Buxoro davlat universiteti, 11111111, Boshqaruv nazariyalarining rivojlanish tarixi.(Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat), Бандихон Бектепа КСЗ 3 ичимлик сув рабочий акт, ........................Kurs ishi..
    2-BOB JISMONIY TARBIYA DARSIDA XATOLAR VA ULARNI 
    ANIQLASH VA BARTARAF ETISH USULIYATI 
    2.1 Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini
    tashkillash usuliyati. 
    O‘z faoliyatiga tuzatishlar kirita olishi, uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida 
    o‘ziga baho bera olshi jismoniy tarbiya darsida yoki jismoniy mashqlar bilan 
    shug‘ullanish mashg‘ulot-larida o‘qituvchining o‘z o‘quvchilariga mustaqil ishlash 
    malaka-sini berganligidan dalolatdir. Bu malakani berish butun dars davomida 
    emas, uni bir bo‘lagi yoki qismidaham davom etti-rilishi tarbiya jarayonining 
    samarasiga tag zamin (poydevor)dir.
    Jismoniy tarbiya darsiga quyidagi talabalar qo‘yiladi: 
    - jismoniy tarbiya darslari muayyan umumiy va xususiy vazifalarga ega 
    bo‘lishi; umumiy vazifalar barcha dars yoki darslar turkumi jarayonida, xususiy 
    vazifalar esa alohida olingan bir dars mobaynidahal qilinishi; dars usuliy tomondan 
    va tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinishi; oldingi o‘qitilgan materiallarni 
    mashg‘ulotlarda izchil davom ettirish va ayni paytda ular yaxlit tugallangan, 
    muayyan darajada bo‘lg‘usi darsning vazifasi va mazmuni bilan bog‘lanishi; 
    o‘quvchilarning tarkibi, ularning yoshi, jinsi, jismoniy rivojlanishi va jismoniy 
    tayyorgarligihar tomonlama jismoniy rivojlanish, sog‘likni mustahkamlash, qaddi 
    qomatni shakllantirishdek tarbiyalash uchun yordam beruvchi mashqlar va 
    o‘yinlarni to‘g‘ri tanlash; darsni o‘quvchilar uchun qiziqarliligi ularniharakat 
    faoliyatga daovat ettishi; jismoniy tarbiya darsi o‘quv kuni tarkibidagi boshqa 
    darslar bilan muvofiq, uzviy olib borilishidek talablar jismoniy tarbiya darsining 
    asosiy talablaridir
    Jismoniy madaniyat fani darsi o‘quv ishlarining asosiy mashg‘ulot shakli 
    hisoblanadai. Uni rejali amalga oshirish darsning samardorligiga ta’sir ko‘rsatadi. 
    Rejalashtirish texnologiyasini to‘g‘ri tanlash va uni ishlab chiqilishining mazmuni 
    muhim omillaridan biri bo‘lib, belgilangan maqsad va vazifalarni aniq va puxta bajarish 
    imkonini beradi.  


    17 
    Jismoniy tarbiya ta’limi jarayonini rejalashtirishda yuzakilikga yo‘l qo‘yish, 
    nomigagina, faqat tekshiruvchilarga taqdim etish uchun kerak bo‘ladigan xujjatlarni 
    tuzish ta’lim - tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uchun xizmat qilmaydi, ta’lim 
    jarayonida o‘qitadiganlar bilan o‘qitiladiganlarning munosabatlarida rasmiyatchilikni 
    yuzaga keltiradi.
    Rejalashtirish o‘qituvchining ijodiy ishi. Maktabning sharoiti, o‘quvchila rining 
    jismoniy rivojlanganligi, tayorgarligi darajasi, olib borilishi mum kin bo‘lgan sport-
    sog‘lomlashtirish, ommaviy sport ishlari, maktabdan tashqari jismoniy madaniyat 
    muossalari, ota-onalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish keng ta’limiy, tashkiliy 
    jarayonning mazmunini o‘zida mujassamlashtiradi, o‘quv yili uchun jismoniy tarbiya 
    ta’limini muvoffaqiyatini ta’minlaydi, mutaxasisdan esa zaruriy kasbiy bilimlarga ega 
    bo‘lish talabini qo‘yadi.
    DTSti tavsiya qilgan jismoniy madaniyat fani davlat dasturi materi allarini 
    o‘qitishning o‘quv rejalarini tuzish programma materialni mexanik taqsimoti tarzidagi 
    oddiy kanselyariya ishi emas.
    Rejalashtirish o‘qituvchining o‘tgan o‘quv yili davomida amalga oshirgan o‘z ish 
    faoliyati va to‘plagan tajribasini ijodiy tahlili asosida uni nazariy va amaliy 
    innovatsiyalar bilan boyitib, yangi mulohazalar bilan boyitib, o‘quv yili uchun 
    vujudga kelgan shart-sharoitlardan kelib chiqib ta’lim jarayoniga lozim bo‘lgan 
    o‘zgartirishlarni kiritish orqali o‘qitish jarayonining yangi loyihala rini tuzishdan iborat 
    bo‘lgan ma’sulyatli faoliyatdir. 
    Umumiy ta’lim maktabida o‘quv ishlarini rejalashtirish uchun o‘qituvchi o‘quv 
    yilining boshlanishidan avvalroq tayyorgarligini boshlaydi. Sohaning innovatsiyalari, 
    zarur axborotlarni to‘playdi. Bu ma’lumotlar o‘quv materialini tartibli, samarali 
    o‘qitishning shakllari va vositalarini to‘g‘ri aniqlash, tanlash va foydalanishda yordam 
    beradi.
    Rejalashtiruvchi rejalashtirishni boshlashdan oldin maktabning jismoniy 
    madaniyat ta’limi jarayoniga oid quyida tavsiya qilingan ma’lumotlar, dalillar, 
    taxlillarning yakuniy natijalari, hisobotlardagi tavsiyalar va boshqalar bilan tanishadi. 
    Ular


    18 
    1. Rejalashtiruvchi har bir parallel sinflarning o‘quv dasturi materi alini chuqur 
    o‘rganadi. O‘zlashtirlishi qiyin mashqlar texnikasini o‘rgatishni so‘ngi sinflarda ham 
    davom etishini e’tiborga olib mavzularni o‘qitish ketma-ketligini, harakatning 
    texnikasini to‘liq yoki uni bo‘laklarga ajratib o‘qiti lishini alohida yoki qator darslarga, 
    o‘quv choragiga vazifa qilib belgilaydi. Eng muhimi, o‘quv dasturi mazmunini to‘liq 
    bilishi, ularni sinfma - sinf taqsimlashdagi ketma-ketlikka rioya qilishda xatoga yo‘l 
    qo‘ymaslikga urinadi. 
    2. Mashg‘ulot (dars) ishtirokchilari (o‘quvchilar)ning tarkibi, ularning salo 
    matligi holati, ularning nazariy tayyorgarligi darajasi, jismoniy va texnik 
    tayyorgarligini hisobga olish bilan tuzilgan o‘quv rejalari real (haqqoniy) tuzilgan deb 
    qaraladi. Qayd qilingan ma’lumotlarni yig‘ish rejalashtiruvchidan oldingi o‘quv yilida 
    tayyorlangan hujjatlarni o‘rganishni - tibbiy ko‘rik varaqalari, o‘quv choraklari yakuni, 
    yillik hisobotlarni taxlil qilish, o‘quvchilar bilan suhbat natijalari yangi rejalarning 
    hayotiy chiqishiga yordam beradi.
    3. Maktabning jismoniy madaniyat va sport inshootlari, anjomlari va ular dan 
    foydalanish uchun mavjud shart-sharoitni hisobga olish rejalashtirish ishini samarador-
    ligini oshiradi va mavjud muammolarni hal qilish uchun chora-tadbirlarini 
    rejalashtirishga imkoniyat yaratadi. 
    4. Maktab direksiyasi va pedagoglari jamoasining maktab jismoniy madaniyati 
    jarayoniga munosabatini bilish uchun maktabning jismoniy tarbiyadan sinfdan 
    tashqari ishlarning yillik rejasi va maktab direktorining umumiy ish rejasi bilan 
    tanishiladi. 
    5. Maktab joylashgan muzofatning relefi, iqlimi, ob-havosi o‘rganiladi. 
    6. Viloyat va tuman sport musobaqalarining kalendar rejalari bilan tani shiladi va 
    shu asnoda maktabning ommaviy sport - sog‘lomlashtirish ishlarining rejalari tuzishga 
    tayyorgarlik ko‘riladi, qayd qilingan musobaqalarning o‘tka zilishining taxminiy 
    muddatlari haqida ma’lumotlar to‘playdi. “Umid nihollari” musobaqalarining birinchi 
    va ikkinchi bosqichlarini maktabda o‘tkazish (kollejlarda “Barkamol avlod” 
    musobaqalarini tayyorlash, o‘tkazish) rejalashtiriladi. 


    19 
    7. Viloyat va tumanlardagi yetakchi sport turlarini aniqlaydi va ulardan o‘z 
    maktabida shu turlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkillashga yetarli sharoiti borlarining 
    mashg‘ulotlarini tashkillashga oid mavjud ish shaklini jonlan tirishni rejalashtiradi. 
    O‘qituvchi maktabning va shu muzofat, hudud aholisi ning milliy sport an’analarini 
    o‘rganadi va undan rejalar uchun belgilangan maqsadni oson hal qilish uchun asosiy 
    ma’lumot tarzida foydalanadi.

    Download 0.95 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 0.95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB JISMONIY TARBIYA DARSIDA XATOLAR VA ULARNI

    Download 0.95 Mb.
    Pdf ko'rish