Rejalashtirish jarayoniga belgilangan ma’lum texnologik talablar qo‘yiladi




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana06.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#41243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Hasan
1.C tiliga kirish kurs ishi, 26052021 avtob blank, ТЕКСТ ЛЕКЦИЙ ПО ФИЛОСОФИИ - 2022, 8-mavzu, “O‘g‘ri” hikoyasi bo’yicha savollar, 610141748108115, Документ Microsoft Word (2), Bayonnoma Matematika, GULNOZA TIKUV SEXI, Buxoro davlat universiteti, 11111111, Boshqaruv nazariyalarining rivojlanish tarixi.(Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat), Бандихон Бектепа КСЗ 3 ичимлик сув рабочий акт, ........................Kurs ishi..
Rejalashtirish jarayoniga belgilangan ma’lum texnologik talablar qo‘yiladi. 
Ular: 
1. Rejalar Respublika xalq ta’limi Vazirligi va boshqa boshqaruv organlarining 
qarorlari, me’yoriy hujjatlari, ko‘rsatmalari va talablarining mazmu niga mos tushishi 
hamda uni o‘zida aks ettirishi; DTS dasturi materiallari asosida jismoniy tarbiya 
tizimining barcha zvenolarida jismoniy tarbiya jarayo ninida hal qilinadigan aniq 
maqsad va vazifalarni rejalashtirish; rejalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadi va vazifalariga mos tushishi va O‘zbekiston 
xalq ta’limi Vazirligining uslubiy ko‘rsatmalari, nizomlari, ustavlarining talablari 
asosida tuzilishining shartligi talabi.
2. Rejalashtirishda jismoniy tarbiya jarayonining umumiy va uslubiy prin 
siplarga amal qilish, ularsiz reja lashtirish jarayonidan ko‘zlangan maqsadni hal 
qilishda muammolarni yuzaga kelishi hisobga olinishi; shaxsni har tomon lama 
rivojlantirish, jismoniy tarbiyani mehnat va harbiy amaliyoti bilan bog‘lash va uni 
sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilishi, shug‘ullanuvchilarni har tomonlama jismoniy 
rivojlantiradigan vositalarini alohida e’tibor bilan tanlash, mashg‘ulotlarni iloji boricha 
ochiq havoda, tabiiy sharoitda, quyosh nuri, havo va suvdan tabiatni sog‘lomlash 
tiruvchi kuchlari tarzida samarali foydala nishni rejalash tirish talabi.
3. Rejani maqsadga yo‘naltirib, va istiqbolini ko‘zlab, aniq, hal qilinishi mumkin 
bo‘lgan vazifalarni belgilash; ma’lum muddat (qator darslarga, chorak, o‘quv yili)ga 
mo‘ljallab tuzilgan rejalarga tayanishi va ularda hal qilib ulgu rilmagan vazifalarni hal 
qilishni davom ettirishni rejalashtirish asosiy talablaridandir. Shundagina tasodifiy, 
epizodik, besamar darslarga chek qo‘yi ladi, rejada belgilangan istiqboli sari dadil 
odimlanadi. 


20 
4. Rejani aniq amalga oshirish imkoniyatini hisobga olish; amalga oshiruv chini 
kuchiga yarashaliligi, maktabdagi shart-sharoit, moddiy texnik baza va boshqa 
imkoniyatlarni e’tiborga olish; o‘qituvchini o‘z imkoniyatlariga real baho bera olishi, 
o‘quv dasturida qayd qilingan materiallarni o‘qitishda erishilgan siljishni ko‘ra bilishi 
va uni rejalashtirish talablariga rioya qilishi.
5.Rejalarning konkretligi, realligi, o‘qitishni aniq bosqichlarga bo‘lin ganligi, 
topshiriqlar va uni hal qilishda tanlangan vositalarni samaradorligi, ko‘p sonli 
mashqlardan kerakligini tanlab rejalashtira olish orqali maksimum pedagogik natijaga 
erishish; mashqlarni ketma-ket bajarishda « ta’siri kuchli mashqlar»ni sodda 
mashqlardan oldin o‘rganishni rejalash tirmaslik. 
6. Rejalashtirish amaliyotda jadval, chizma shaklidagi ko‘rgazmali ifodalashlarni 
qo‘llash va boshqa talablarga javob berilishi taqazo etiladi. 

Download 0.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rejalashtirish jarayoniga belgilangan ma’lum texnologik talablar qo‘yiladi

Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish