Termiz davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakulteti matematika va informatika ta




Download 0.51 Mb.
bet3/9
Sana15.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#119490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MATEMATIKA FANLARIDAN DARSDAN TASHQARI MASHG\'ULOTLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Fizikaviy kimyoning vujudga kelishi, rivojlanishi, vazifasi va tekshirish ob‘ektlarini o’rganish usullari, Usmonova Dilnoza, 11-Amaliy ish K2 G\'aniyev, 3-mustaqil ishTX, 20.123.gurux. Abdullayeva SHoxsanamning-Sitembrologiya fanidan- Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo, user file 6304f16f00749, qurilish iqdisodiyoti, O\'zbekistonning eng yangi tarixi YN, Tenge24 15 02 2024 22 53, амал 14, kurs ishi namuna 1, 4-MAVZU PREZENTATSIYA
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kurs ishiga kirish, 2 bob, 4 paragraf, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan iborat.

I BOB 4-SINFDA MATEMATIKA TO’GARAGINI TASHKIL QILISH METODIKASI


1.1 Boshlang’ich sinflarda matematika to’garagini tashkil etish
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish Matematikadan «sinfdan tashqari ish» deyilganda o'quvchi larning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog'liq bo'lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mash g'ulotlar tushuniladi. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirsh va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog'liq bo'lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba'zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi.
Sinfdan tashqri ishlarning mаqsаdi: Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quv jarayonini mustahkamlash va o’quvchilarni fanlarga qiziqishini shakllantirish, darslarda faollashtirish, ma’naviy tarbiya berish, tasavvur va tafakkurni rivojlantirishga, shuningdek, sinfdan tashqari ishlarning mazmun va mohiyati teran va boy mazmunga ega bo’lib samarali bilim salohiyatiga ega bo’lish kasb hunarga qiziqtirishga ham xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari ishlarning vazifalari: bolalarda ijodkorlik tuyg’ularini rivojlantirish, biri bilan samimiy yaxshi munosabatda bo’lish , birini hurmat qilishga o’rgatish; bolalarda ijodiy faoliyatning turli qirralariga jalb etish; . sinfdan tashqari ishlar uchun ijodkorllik va muqobil shart sharoitlardan foydalanishga yo’naltirish; bolalarni bilim va ko’nikmalarini tizimini aniqlash; ta’lim – tarbiya jarayonida fanlardan o’zlashtirishi qiyintchilikka duch kelgan o’quvchilar bilan korretsion ishlar olib borish. bоshlаng'ich sinflаrdа informatika Elеmеntlаrigа оid dаstlаbki ko'nikmаlаrni shаkllаntirishgа qаrаtilgаn pеdаgоgik dаsturiy mаjmuаsini tayorlash.
Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: bilimlarni va amaliy ko'nikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish; o'quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, mate matik ziyrakliklarini rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish, talabchanlik, irodani tarbiyalash, mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va insoniylikni tarbiyalash.Matematik to'garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko'p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi matematikaga alohida qiziqish ko'rsatgan o'quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish. Matematika to'garagini o'tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1 sinfda o'tkazilgan ba'zi to'garak mashg'ulotlarining taxminiy rejalarini keltiramiz:
1 -mashg'ulot. 1. Rebuslarni o'ylab topish. 2. Qo'shishga oid qiziqarli masalalar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Topqirlikni talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Topishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o'yini. 2 -mashg'ulot. 1. Rebuslarni o'ylab topish. 2. Topqirlikni talab qiluvchi she'riy masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. "Sonni to'ldir" o'yini. 3 -mashg'ulot. Dars tipidagi to'garak mashg'uloti.
• Matematik olimpiadalar
• Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng ko'lamda o'tkaziladigan va matematika o'rganishda o'quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan ishdir.
• Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog'liq holda maktab ichida, tuman va shaharlarda o'tkazish mumkin. Olimpiadani 4 sinfdan boshlab o'tkazib, g'oliblar maktabning devoriy gazetalarida va o'quvchilar yig'ilishlarida rag'batlantiriladi.
• Matematik gazeta va viktorinalar
• Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o'z ichiga olgan topishmoq, misol va topshiriqlar rasmlarda berilib, qiziqtirish xarakterida bo'ladi.
• Viktorinada esa o'quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq beriladi. Javoblar belgilangan vaqtda o'quvchilarga yetkaziladi.
• Matematik viktorinalar - gazetalardan farqli ravishda faqat o'quvchilarga yechish uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo'ladi. Javoblar yozma ravishda ma'lum vaqt ichida o'qituvchi tomonidan g'olib o'quvchi aniqlanib, e'lon qilib boriladi.
• Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb ataluvchi joyga osib qo'yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli ma'lumotlar ham berib boriladi. "Bilasizmi? " ruknida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan:
» Odamning bo'yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o'zgarishi mumkin.
» Dunyodagi eng uzun temir yo'l 9302 km ni tashkil etadi.
» Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor.
• Matematika burchagini tashkil qilishni o'quvchilar va ularning ota onalari faoli yordamida amalga oshirilishi mumkin.
• Ekskursiya o'tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo'lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo'lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o'zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar.
Maktabning joylashgan o'rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, shirkat xo'jaligi va fermer xo'jaligi hamda boshqa joylarga ekskursiyalar o'tkaziladi.
Sinfdan tashqari ishlarda bоshlаng'ich sinf o'quvchilаridа informatika elеmеntlаrini shаkllаntirishgа оid misоllаr
1 – mаsаlа. Аnvаr 5 tа ko'chаt o'tqаzdi. ulаrdаn bir nеchtаsi unib chiqdi. qаnchа ko'chаt unib chiqmаdi? mаsаlаning “bir nеchtаsi” ibоrаsidа nоаniqlik mаvjud. jаvоbgа egа bo'lishning turli usullаrdа аmаlgа оshirilishini o'quv chilаrgа o'rgаtish mumkin:
1. jаvоbni mustаqil ifоdа qilishlаri uchun o'quvchilаrning o'zigа imkоn yarаtish;
2. o'quvchilаrgа quyidаgi tаyyor sхеmа bo'yichа jаvоbni ifоdа qilish lаrini tаklif qilish: аgаr “shаrt”, u hоldа “хulоsа”
3. mulоhаzа yuritib, o'quvchilаr bilаn birgа bаrchа mumkin bo'lgаn jаvоb vаriаntlаrini muhоkаmа qilish.
jаvоb:
аgаr 1 tа unib chiqqаn bo'lsа u hоldа, 4 tа unmаgаn;
аgаr 2 tа unib chiqqаn bo'lsа u hоldа, 3 tа unmаgаn;
аgаr 3 tа unib chiqqаn bo'lsа u hоldа, 2 tа unmаgаn;
аgаr 4 tа unib chiqqаn bo'lsа u hоldа, 1 tа unmаgаn;
аgаr 5 tа unib chiqqаn bo'lsа u hоldа, unmаgаnlаr yo'q.
2 – mаsаlа. do'kоngа 90 kg оlmа оlib kеlindi. Оlmаlаr ikki kun sоtildi. mа'lumki, shu kunlаrning biridа 35 kg оlmа sоtilgаn. birinchi vа ikkinchi kunlаri qаnchа kg оlmа sоtilgаn ?
Mаsаlаning “shu kunlаrning biridа” ibоrаsidа nоаniqlik mаvjud. prоsеdurа shаklidа jаvоblаrni yozish fоrmаsi:
аgаr “shаrt”, u hоldа “ 1 -хulоsа”, аks hоldа “ 2 -хulоsа”
jаvоb:
аgаr birinchi kuni 35 kg оlmа sоtilgаn bo'lsа, u hоldа ikkinchi kuni 55 kg оlmа sоtilgаn, аks hоldа аgаr birinchi kuni 55 kg оlmа sоtildi, u hоldа ikkinchi kuni 35 kg оlmа sоtilgаn. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida ta`kidlangan: siyosiy tuzumiing o’zgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari g`oyalar, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda o’qituvchining ijodkorlik faoliyatinn qaytadan qurmoq lozimdir. Matematik konkruslar qiyin masalalar echish, o‘tkir zehn va tez tushuna olishni talab qiluvchi topshiriqlarni bajarish bo‘yicha o‘ziga xos musobaqalardir. Matematik konkruslar asosan yaxshi matematikni, tez tushunadigan, payqaydigan, ziyrak , yaxshi sinfni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Konkrus mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan belgilanadi. Masalan: masalalar echish; og‘zaki va yozma hisoblashlar; geometrik topshiriqlar va hakozalar. Matematik olimpiadalar matematik konkurslardan farqli ravishda yirikroq masshtabda, maktabning bir sinfi emas, balki hamma sinflarini jalb qilgan holda o‘tkaziladi. Olimpiadalar yiliga bir marta matematik qobiliyati ko‘proq o‘quvchilarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Maktab olimpiadasini maktab direktori tasdiqlagan komissiya boshqaradi. Komissiya topshiriqlarning mazmunini, qatnashchilarni tanlash shartlarini aniqlaydi, olimpiada o‘tkazilish vaqtini belgilaydi. Olimpiadalarni o‘tkazishdan oldin unga tayyorgarlik ishlari bajariladi.

Download 0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakulteti matematika va informatika ta

Download 0.51 Mb.