• Matematik devoriy gazeta
  • Matematik ekskursiyalarning
  • Termiz davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakulteti matematika va informatika ta




    Download 0.51 Mb.
    bet5/9
    Sana15.12.2023
    Hajmi0.51 Mb.
    #119490
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    MATEMATIKA FANLARIDAN DARSDAN TASHQARI MASHG\'ULOTLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
    Fizikaviy kimyoning vujudga kelishi, rivojlanishi, vazifasi va tekshirish ob‘ektlarini o’rganish usullari, Usmonova Dilnoza, 11-Amaliy ish K2 G\'aniyev, 3-mustaqil ishTX, 20.123.gurux. Abdullayeva SHoxsanamning-Sitembrologiya fanidan- Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo, user file 6304f16f00749, qurilish iqdisodiyoti, O\'zbekistonning eng yangi tarixi YN, Tenge24 15 02 2024 22 53, амал 14, kurs ishi namuna 1, 4-MAVZU PREZENTATSIYA
    Matematik viktorinalar gazetalardan farqli ravishda faqat o‘quvchilarga yechish uchun beriladigan masalalar va savollardan iborat bo‘ladi. Javoblar yozma ravishda ma’lum vaqt ichida o‘qituvchiga yoki shu ish topshirilgan o‘quvchiga beriladi. Muddat o‘tishi bilan olingan javoblar qaraladi va g‘olib o‘quvchilar aniqlanadi.
    Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda, matematik burchak deb ataluvchi joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda bulardan tashqari matematikadan ko‘rsatmali qurollar, har xil gazetalardan qirqib olingan, Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi son ma’lumotlar, har xil mashinalarning tezliklari haqidagi, bolalarga ko‘proq tanish mollarning baholari, oziq-ovqatlar narxlari ifodalangan materiallar yopishtirilgan albomlar, «Bilasizmi?» nomi ostidagi qiziqarli matematik ma’lumotlar to‘plami bo‘lishi mumkin.
    Matematik ekskursiyalarning maqsadi- aniq hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish, bular o‘quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish yo‘li bilan olinadi.
    Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari bilan ekskursiyalar o‘tkazish muhim qiyinchiliklarga bog‘liq va o‘qituvchidan puxta tayyorlanishni talab qiladi: o‘qituvchi ekskursiya o‘tkaziladigan joyga oldin borib, ko‘rib kelishi ekskursovodga qanday formada tushuntirib berish haqida, ekskursiya vaqti haqida ko‘rsatmalar berishi kerak. Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar.
    Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta‘lim –tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ekan, bu vazifani hal etishda boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati kattadir.
    Boshlang‘ich sinflarda matematikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqariishlarning mazmuni dars mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni kengayirish va chuqurlashtirishda qaratilgan ekan. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar dars ashg‘ulotlarining mantiqiy davomi hisoblanar ekan. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o‘quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga zamonaviy holda yondashish kerak deb hisoblaymiz.
    Ushbu kurs ishida biz boshlang‘ich sinfda matematikadan to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasi, ya‘ni boshlang‘ich sinfda qiziqarli matematika to‘garagini tashkil etish bo‘yicha tavsiya, boshlang‘ich sinfda ajibhisob to‘garagini tashkil etish bo‘yicha tavsiya, boshlang‘ich sinfda sonlar olami to‘garagini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar bayon etdik.Kurs ishning maqsadini boshlang‘ich sinfda matematikadan to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish metodikasini ishlab chiqish deb olib quyidagi vazifalarni hal etdik:boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni turlarini o‘rgandik;-boshlang‘ich sinfda matematikadan qiziqarli matematika, ajib hisob, sonlar olami to‘garagini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etdik va yaxshi natijalarga erishdik.Xulosa qilib aytganda, umumta‘lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida matematikadan to‘garaklarni muntazam ravishda olib borish zarur deb hisoblaymiz va kurs ishida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari foydalanishlari mumkin.
    Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilg`or tajribalarga suyanib o’quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik-do’stlik, o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, o’z-o’zini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash mahoratini o’zlashtirishdan iborat. Ular:
    - sinfning boshlang`ich jamoasini tarbiyalash va ularda o’zaro munosabat aloqalarini yaratish.
    - o’quvchilar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarida jamoaga jipslashtirish.
    -shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo’yishga o’rgatish.
    -jamoada bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va sahiylik, do’stona hamkorlik mavjud bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylanadi.
    Kichik yoshdagi maktab o’quvchilar jamoalari tashkil qilishda o’qituvchidai turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi:
    1.O’qituvchi jamoa a`zolarini yangi sharoitga (maktabning I sinfidan boshlab) moslashuv davrida ularga ishonch, xurmat, xushmuomalalik, talablarni to’g`ri qo’ya bilish shu bilan birga o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bulish talab etiladi; 2.O’quvchilar jamoasidagi etaklovchi kuch tayanch o’zagini tanlash;
    3.Jamoa a`zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish;
    4.Jamoada yangi an`ana, qonun-qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish;
    5.Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.
    Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta`siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma -xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishlariga bog`liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir.
    Tarbiya jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan ma`naviy axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e`tiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi.
    Mustaqil O’zbekistoning, istiqlol va istiqboli uchun fidoiylik ko’rsatuvchi avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o’zgacha xarakter kasb etmoqda:
    fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini anglab oluvchi; vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi; diniy bag`rikenglik va mehr-muravvatli bo’lish; davlat siyosatini tushunish unga fidoiy bo’lish; o’zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash; yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda; maqsadni aniqligi va uni to’g`ri yo’naltirish madaniyati - o’zini anglash, mustaqil fikrlovchi e`tiqodligi va ixtiyorlik.
    Maktabgacha ta`lim muassasa tarbiyachilarini tarbiyachilik faoliyati va uni amalga oshirish metodikasini «Uchinchi ming yillikning bolasi» qo’llanmasidan foydalanishni tavsiya etamiz.
    Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, “Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari dasturi”dagi g`oyalarni bolalarning ongida o’ziga xos va mos ravishda singdiradi.
    -Xalqimizning boy ma`naviy, an`ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan foydalanish.
    - O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e`tiqodni tarbiyalash.
    - Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.
    - Mehrli-muruvvatli va bag`ri kenglik.
    Ayniqsa bog`cha va kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ta`limiy- tarbiyaviy faoliyatlari o’ziga xos xususiyatga ega: o’quvchilarda hayotiy tajribalarning kamligi, o’quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur munosabat bildira olmasligi kabilar.
    Boshlang`ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egadir:
    Har bir sinf jamoasining tarbiyalangan darajasini o’rganish. O’quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifsini qanday his etishi. Kundalik o’zgarishlarga o’quvchilarshshg munosabati. O’quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an`analar haqidagi bilim darajasi.
    Qomusiy ma`rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari. Mazkur qoidalar bog`chada sodda holda qo’llaniladi



    Download 0.51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakulteti matematika va informatika ta

    Download 0.51 Mb.