Qiziqarli matematika to’garagini tashkil etishning usullari




Download 0.51 Mb.
bet8/9
Sana15.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#119490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MATEMATIKA FANLARIDAN DARSDAN TASHQARI MASHG\'ULOTLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Fizikaviy kimyoning vujudga kelishi, rivojlanishi, vazifasi va tekshirish ob‘ektlarini o’rganish usullari, Usmonova Dilnoza, 11-Amaliy ish K2 G\'aniyev, 3-mustaqil ishTX, 20.123.gurux. Abdullayeva SHoxsanamning-Sitembrologiya fanidan- Chang donasining vegetativ va generativ xujayrasini hosil bo, user file 6304f16f00749, qurilish iqdisodiyoti, O\'zbekistonning eng yangi tarixi YN, Tenge24 15 02 2024 22 53, амал 14, kurs ishi namuna 1, 4-MAVZU PREZENTATSIYA
2.2 Qiziqarli matematika to’garagini tashkil etishning usullari
Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba'zi farq qiluvchi xususiyatlarga ega:
1. O'z mazmuni bo'icha matematika dasturiga taalluqli emas. Ammo beriladigan bilimlar o'quvchilarning kuchiga mos bolishi kerak.
2. Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o'quvchilarni jalb qilishi, ya'ni qiziqarli bo'lishi zarur. Past o'zlashtiruvchi o'quvchilar ham qiziqish yordamida faol o'quvchilarga aylanishi mumkin.
3. Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lekin qiziqishni ta'minlash lozim. Bu mashg'ulotlarga baho qo'yilmaydi, ammo faol ishtirok etgan o'quvchilar rag'batlantiriladi.
4. Mashg'ulot mazmuni va shakllariga qarab, 10-12 minutdan 1 soatgacha mo'ljallangan bo'lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli- tumanligi.
Sinfdan tashqari ishlarga: qiziqarli matnli masalalar, o'tkir zehnlilikka oid masalalar, hazil masalalar, berilgan malumotlari etishmaydigan yoki berilgan malumotiari ortiqcha masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar, arifmetik rebuslar, o'yinlar, fokuslar, boshqotirmalar tarixiy malumotlar berish va boshqalar kiradi. ;
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o'tkazish metodikasi quyidagilarga asoslanishi kerak:
1. Darsda o'quvchilar olgan bilim, malaka va 'm a mi hisobga olgan holda o'tkaziladi.
2. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning xohishi, xavaskorligi, ijodkorligi tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi.
3. Sinfdan tashqari ishlarni o'tkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni kuchli bo'ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki o'tkaziladigan ishning rejalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir.
Shuni ta'kidlash lozimki, individual va guruhli mashg'ulotlar tizimli ravishda o'tkazilmasligi, aksincha, asosiy ish sinfda bajarilishi kerak. Sinfdan tashqari ish sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega:
1. O'z mazmuni bo'yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan, matematik material o'quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.
2. Boshlang'ich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan to'plangan turg'un qiziqishlari haqida hali gapirib bo'lmaydi.
3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan foydalanish va rag' batlantirilishi kerak.
4. Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mash- g' ulotlar mazmuniga va o'tkazilish shakllariga qarab 10-12 minutga ham, bir soatga ham mo'ljallangan bo'lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari, to'garaklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi.
Matematika minutliklarida, topshiriqlarga qiziqish uyg'otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o'xshash bo'Imasligi kerak.
Mashg'ulot o'tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material boiib xizmat qiladi.
Matematik to'garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng Ko'p tarqalgan turidan biri. Uning asosiy vazifasi - matematikaga alohida qiziqishi bor o'quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish. Matematik to'garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi:
Matematika to'garagiga o'quvchilar tanlashda ularning mate matikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Mustaqil ravishda Ko'rgazmali qurollar (abaklar, ba'zi o'yiniar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o'tkazishga puxta tayyorgarlik ko'radilar va hokazo.
Matematika to'garagini o'tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda ba'zi to'garak mashg'ulotlarining taxminiy rejalarini keltiramiz:
I. mashg'ulot. 1. Rebuslarni o'ylab topish. 2. Qo'shishga oid qiziqarli masalalar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Topqirlikni talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Topishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o'yini.
II. mashg'ulot. 1. Rebuslarni o'ylab topish. 2. Topqirlikni talab qiluvchi she'riy masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. "Sonni to'ldir" o'yini.
III. mashg'ulot. Dars tipidagi to'garak mashg'uloti.
Boshlang'ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish (imkoniyatlari) mazmuni.
Darhaqiqat, o'zbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq o'tmishdayoq olib borgan tadqiqotlari va amalga oshirgan kashfiyotlarida insonlarni odobli, ma'naviyati yuksak, komil, mehnatsevar, vatanparvar bo'lib tarbiyalanishiga yangi g'oya va ta'limotlarni yaratganlar. Bular. Muso al-Xorazmiy (783-850), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Ibn Sino (980-1037); Umar Hayyom (1048-1131); Nasriddin at-Tusiy (1201-1274); Mirzo Ulug'bek (1394-1449), G'iyosiddin al-Koshiy; Ali Qushchi (1402-1474) va boshqalarning bizga qoldirgan boy ilmiy ma'naviy meroslari fikrimizga asos bo'ladi. Bu allomalarimizning asarlarida bolalarning o'qishi, mehnati, odobi va bu ishda muallimlarning vazifalariga katta e'tibor berilgan.
Jumladan, Nasriddin at-Tusiy fikri bo'yicha o'qituvchi o'quvchilarni aql-zakovatiga ta'sir qilishi uchun o'quvchilar ishonchini qozonish va qalbidan joy olish mas'uliyatini his qilishi lozim.
Abu Nasr Forobiy o'qituvchi faoliyatida yoshlarning axloqiy me'yorlari, amaliy ko'nikma va malakalarini o'zlashtirishga уo'naltirilganligi asosiy vazifalardan biri ekanligini ifodalaydi.
Ibn Sino fikricha, tarixiy manbalarni bilish olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm va narsalarning inson aqli yordami bilan o'rganilishi shaxs faoliyatida muhim hisoblanishini ta'kidlab o'tadi.
Abu Rayhon Beruniy pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalari va o'rni, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma'noda insonparvarlik asosida qurilgan. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik g'oyalaridan eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir.
Ota-bobolarimizdan qolgan ilmiy merosni chuqur o'rganib, uni ta'lim va tarbiya jarayoniga tatbiq etish har bir ma'naviyatli va ijodkor mutaxassisning muqaddas burchidir. Quyida biz boshlang'ich sinflarda matematikadan dars samaradorligini oshirishga doir to'garak mashg'ulotini dars tipida o'tkazish mumkin bo'lgan namunasini tavsiya etamiz. Mashg'ulot maqsadi:
1. O'quvchilarni soatning yaratilishi tarixi bilan tanishtirish.
2.Bolalarni kundalik hayotda soatdan foydalanishga o'rgatish.
3.Masalalar yechish orqali bolalar bilimini oshirish.
4.Arifmetik masalalarni yechish.
5.O'quvchilar qiziqishini rivojlantirish.

XULOSA
Sinfdan tashqari mashg'ulotlar deganda ko'pincha yuqori sinflar nazarda tutiladi. Lekin ilg'or tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang'ich sinflarda ham sinfdan tashqari turli - tuman formalarda mashg'ulotlar olib borishning potensial imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanish o'qitishda boshlang'ich va yuqori sinflar uzviyligini ta'minlaydi. Boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o'quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi. Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta'lim - tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning o'rni benihoya katta. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o'quvchilardagi fanga bo'lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to'ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin. Sinfdan tashqari ishlar O'quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog'liq bo'lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba'zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi.


Download 0.51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qiziqarli matematika to’garagini tashkil etishning usullari

Download 0.51 Mb.