• Dars ishlanmasi Dars mavzusi: .
  • Tashkiliy qism
  • O’tilgan mavzuni so’rash: O’tilgan mavzu YER OSTI SUVLARI mavzusini so’rashda savol-javob metodidan foydalanish. 1
  • Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzu elektron taqdimotidan namuna: Reja: 1.
  • Tog’ daryolari Tekislik daryolari. Yangi mavzuni mustahkamlash
  • Uyga vazifa berish: Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, qisqacha tushunganlarini yozib kelish. Rag’batlantirish: darsda ishtirok faol etgan o’quvchilarni baholash.
  • Termiz davlat pedagogika instituti tarix fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim




    Download 17,39 Kb.
    Sana25.01.2024
    Hajmi17,39 Kb.
    #146026
    Bog'liq
    daryolar


    Termiz davlat pedagogika instituti
    tarix fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim
    asoslari yo’nalishi 1-bosqich 101- guruh talabasi
    Safarov Sharofiddinning Umumiy yer
    bilimi fanidan “DARYOLAR” mavzusida
    tayyorlagan mustaqil ishi.
    “Geografiya” fanidan
    BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI
    Dars ishlanmasi
    Dars mavzusi: . DARYOLAR.
    Dars turi: Aralash
    Dars shakli: Nazariy
    Dars metodlari: “Test metodi” “Aqliy hujum” “Venn diagrammasi”
    Foydalanilgan vosita va jihozlar: 5-sinf darsligi, atlasi, yozuvsiz xaritasi kompyuter, ekran, proyektr;
    Dars maqsadi:

    • Ta’limiy: Daryolar va ularning kelib chiqishi haqida umumiy ma’lumot berish va yangi atama termin tushunchalarga izoh berish.


    • Tarbiyaviy: Yer yuzidagi daryolar va ularning suvlari haqida ma’lumot berish to’g’risida yer yuzida chuchuk suvlar va ularning kamligi haqida aytish suvni asrash va o’quvchilarda tabiatga bo’lgan ijobiy munosabatlarni shakllantirish.


    • Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda Tog’ va tekislik daryolari haqida umumiy bilimlarni mustahkamlash.

    Tashkiliy qism:


    • Salomlashish.


    • Sinfni darsga tayyorligini nazorat qilish.


    • Davomatni navbatchi o’quvchi orqali aniqlash.



    Guruhni dunyo xabarlari bilan tanishtirish.

    O’tilgan mavzuni so’rash:
    O’tilgan mavzu YER OSTI SUVLARI mavzusini so’rashda savol-javob metodidan foydalanish.
    1 .Yer osti suvlari deb nimaga aytiladi.
    a) Yer po’sti yuza qismidagi tog’ jinlarining g’ovak, bo’shliq va yoriqlaridagi suvlar yer osti suvlari deyiladi.
    b) Ikkita suv o’tkazmaydigan qatlam orasidagi qatlamga aytiladi.
    c) Artezian suvlarga aytiladi.
    2. Mineral suvlar deb nimaga aytiladi.

      1. Yer osti suvlariga mineral suvlar deyiladi.
        b) Ikki qatlam orasidagi suvlarga aytiladi.
        c) Dunyoning ayrim joylarida tarkibida turli tuzlar, gazlar va boshqa mineral moddalar erigan yer osti suvlari mavjud.
        3. Artezian quduqlar deb nimaga aytiladi.
        a) Tarkibida mineral moddalarga boy suvlarga aytiladi.
        b) Agar tog’ jinslari qatlamlari tovoq shaklida bo’lsa, yer osti suvlari bosimli bo’ladi. Bunday joylarda quduqlar artezian quduqlar deyiladi.
        c) O’zi yer betiga chiqadigan suvlarga aytiladi.
        4. Grunt suvlar deb nimaga aytiladi.
        a) Yer yuzasidagi g’ovak jinlar orasidagi suvlar grunt suvlar deyiladi.
        b) Agar tog’ jinslari qatlamlari tovoq shaklida bo’lsa, yer osti suvlari bosimli bo’ladi. Bunday joylarda quduqlar artezian quduqlar deyiladi.
        c) Tarkibida mineral moddalarga boy suvlarga aytiladi.

    Yangi mavzu bayoni:
    Yangi mavzu elektron taqdimotidan namuna:
    Reja:
    1. Daryo nima?
    2. Irmoq deb nimaga aytiladi?
    3.Daryolarga suv qayerdan keladi?
    O’zan deb ataluvchi chuqurlikda oqayotgan suv oqimi daryo deyiladi.
    O’zan daryo vodiysining suv oqadigan chuqur qismi hisoblanadi. Odatda daryolar doimo oqib turadi. Lekin iqlimi quruq o’lkalarda issiq, yog’in kam vaqtlarda goho qurib qoladigan daryolar ham bor.Ular vaqtincha qurib qoladigan daryolar deyiladi.
    Ma’lumki, har bir daryoning boshi va qurar joyi bo’ladi.Daryo boshlanadigan joy uning manbai deb ataladi. Yurtimizdagi Sirdaryo va Amudaryo baland tog’lardagi qor va muzliklardan boshlanadi.Volga daryosi tekislikda, ko’ldan boshlanadi. Daryolar qayerdan boshlanmasin, ularning irmoqlari bo’lsa, katta sersuv daryolarga aylanadi.
    Irmoqlar deb daryoga yon tomondan kelib quyiladigan kichikroq daryoga aytiladi.
    Daryolar yomg’ir, qor, muz suvlari, buloqlar suvlaridan to’yinadi.Baland tog’lardan boshlanadigan daryolar tog’lardagi muzliklar suvi bilan to’yinadi.Ular yozda sersuv bo’ladi (Nega) Amudaryo bilan Zarafshon daryosi ana shunday daryolar hisoblanadi.Ba’zi daryolarga yomg’ir suvi ham, qor suvi ham, yer osti suvlari ham tushadi.Bunday daryolarni aralash to’yinuvchi daryolar deyiladi.Sirdaryo shunday daryolar sirasiga kiradi.
    Daryolar qadimdan kishilarni chuchuk suv bilan ta’minlaydigan asosiy maba bo’lib kelgan.Suvdan yaxshiroq foydalanish uchun daryolarga suv omborlari quriladi, kanal va ariqlar qazib quruq yerlarga suv chiqariladi.
    Suvni iflos qilmasdan, tejab-tergab foydalanish har birimizning muqaddas burchimiz hisoblanadi.Buni also unutmaylik.
    Tog’ daryolari

    Tekislik daryolari.

    Yangi mavzuni mustahkamlash:
    Yangi mavzuni mustahkamlashda “Aqliy hujum ” metodidan foydalaniladi.
    O’quvchilardan daryolar haqida bilganlarini so’raladi……


    VENN DIAGRAMMASI.
    SIRDARYO

    AMUDARYO
    1.Amudaryo Pomir tog’laridan 1.Sirdaryo Tyanshan tog' boshlanadi.

    boshlanadi. 2.O’zbekistondan oqib o’tadi.
    2.O’zbekistondan oqib o’tadi. 3.Eng uzun daryo.
    3.Eng sersuv daryo. 4.Orolga quyiladi
    4.Orolga quyiladi.
    Uyga vazifa berish:
    Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, qisqacha tushunganlarini yozib kelish.
    Rag’batlantirish: darsda ishtirok faol etgan o’quvchilarni baholash.
    O’quvchilar bilan hayrlashish.
    Download 17,39 Kb.




    Download 17,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat pedagogika instituti tarix fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim

    Download 17,39 Kb.