• 4. Muvofiqlik sertifikatini va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish.
  •  Ishlab chiqarish holatini baholash




    Download 3,07 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet155/206
    Sana09.10.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #274299
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   206
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se

    3. Ishlab chiqarish holatini baholash 
    Sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish holatini baholash 
    bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlash-tirishini o‘tkazish tartibi bilan belgilanadi. 
    Baholash natijalari bo‘yicha tekshirish dalolatnomasi tuzilib, sertifikat berish 
    to‘g‘risidagi qaror qabul qilishda u hisobga olinadi. 
    Mahsulot 
    sertifikatida 
    ishlab 
    chiqarishni 
    tekshirilgan-ligi, 
    sertifikatlashtirilganligi to‘g‘risida yoki sifat tizimini sertifikatlashtirilganligi 
    to‘g‘risida axborot beriladi. 
    4. Muvofiqlik sertifikatini va muvofiqlik belgisidan foydalanish 
    huquqini berish. 
    So‘rovchilarga 
    muvofiqlik 
    sertifikatini 
    va 
    sertifikat-lashtirilgan 
    mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini berishni SI, ular 
    bo‘lmasa, SMI amalga oshiradi. 
    SI sinov bayonnoma (lari) ni ko‘rib chiqib, ishlab chiqarish holatini 
    baholab va ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng muvofiqlik sertifikatini 
    rasmiylashtirish, O`zRH 51-021 “O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish 
    milliy tizimi. Davlat reyestrini olib borish qoidalari” da belgilangan O‘z SMT 
    ning Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi va so‘rovchiga topshiradi. Sertifikat 
    faqat ro‘yxat raqami bo‘lgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi. 
    Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy muddati, 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli 
    “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-
    tadbirlar to‘g‘risida” Qaroriga asosan ishlarning murakkabligi darajasiga, ko‘p 
    mehnat talab qilishi va o‘ziga xosligiga qarab, barcha hujjatlar berilgan vaqtdan 
    boshlab 10 ish kunidan 1 oygacha muddatda belgilangan.
    Sertifikat berish bo‘yicha hamma ishlarga, shu jumladan buyurtmalarni 
    ko‘rib chiqish, ishlab chiqarishni tekshirish, sinash va tekshiruvchan nazorat, 
    hujjatlarni ro‘yhatdan o‘tkazish va zarur hujjatlarni tarjima qilish va boshqalar 
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida dekloratsiyalangan tariflar bo‘yicha 
    amalga oshiriladi. 


    186 
    Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini, mahsulotning o‘ziga xos 
    hususiyatlarini va sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish sharoitlarini, hamda 
    mahsulotning MH ni amal qilish muddatini va sifat tizimi yoki ishlab chiqarish 
    sertifikatlashtirilgan muddatini inobatga olgan holda, lekin uch yildan ortiq 
    bo‘lmagan muddatga SI belgilaydi.
    Ishlash (yaroqlilik) muddati ko‘rsatilgan mahsulot to‘pi yoki yakka 
    mahsulot sertifikatining amal qilishi mahsulotning ishlash (yaroqlilik) 
    muddatidan oshmasligi lozim. 
    Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashidan 3 oy oldin, 
    so‘rovchi mazkur hujjatda ko‘rsatilgan tartibda mahsulotni qaytadan 
    sertifikatlash maqsadida SI ga ariza beradi. 
    Chet el muvofiqlik sertifikatlarini tan olish. 
    O‘z SMT ga kiruvchi SMI va SI lari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim 
    bo‘lgan mahsulotlar sertifika-tini so‘zsiz tan olish huquqiga egadirlar. 
    Respublikada 
    foydalaniladigan 
    yurtimiz 
    va 
    chetdan 
    keltirilgan 
    mahsulotlariga boshqa davlatlarning (Xalqaro tizimlari) tomonidan berilgan 
    sertifikatlarni tan olish to‘g‘risidagi qarorni, bir turdagi mahsulotlarni 
    sertifikatlashtirish idorasi, bunday idora bo‘lmaganda SMI qabul qiladi. 
    Xalqaro tizim va kelishuv doiralarida sertifikatlarni tan olish, ana shu tizim 
    va kelishuvlarda o‘rnatilgan qoidaga muvofiq o‘tkaziladi. 
    Sertifikatni tan olinishi uchun so‘rovchi buyurtmani SI ga yuboradi. 
    Buyurtmaga sertifikatni tasdiqlangan nushasi va sertifikatlashtirish 
    xalqaro tizimi yoki kelishuvlarning qoidalari bilan belgilangan boshqa hujjatlar 
    va materiallar ilova qilinishi lozim. 
    Zarur hollarda so‘rovchi O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan MH 
    ning qo‘shimcha talablariga muvofiqligi sinovlari bayonnomasiniig nusxasini 
    taqdim etadi. 
    Olingan hujjatlar va materiallarni tahlil asosida SI, sertifikatni tan olish 
    (tan olmaslik) to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
    Tan olish jarayonini amalga oshirishda SI mahsulotning belgilangan 
    talablarga muvofiqliligini tasdiqlash uchun takroriy sinovlarni to‘liq hajmda 
    ayrim tavsiflari bo‘yicha o‘tkazishni talab qilishi mumkin. 
    Tan olish jarayoni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi 
    bo‘yicha belgilanadi. 
    Tan olingan taqdirda, O‘z SMT da belgilangan namunaga muvofiq, 
    mahsulotga muvofiqlik sertifikati beriladi va O‘zSMT Davlat reyestriga 
    kiritiladi. 
    Chet el sertifikatlarini tan olish bo‘yicha ishlariga haq to‘lash so‘rovchi 
    tomonidan bajariladi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 avgust 1994 yil 409-
    sonli “Majburiy sertifikatlash-tirish kerak bo‘lgan tovarlar (mahsulotlarni) 


    187 
    O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqib ketish 
    to‘g‘risida” gi qaroriga asosan “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi 
    davlat bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda yo‘riqnoma ishlab chiqilib, 26 fevral 
    2000 yil Adliya Vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. 
    Ushbu yo‘riqnomaga asosan muvofiqlik sertifikat-lari bir nomdagi yoki bir 
    xil mahsulot guruhlariga berilib, uning joriy qilinishi hamma mahsulot to‘piga 
    tadbiq etilib, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tgan muvofiqlik 
    sertifikatida ko‘rsatilgan haqiqiy miqdoriga beriladi. 
    O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan mahsulotlarni 
    sertifikatlashtirish bojxona nazorati ostida, qonun asosida amalga oshiriladi. 
    Tashqariga olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalasi 
    hal qilinguncha, ular joylarida, mahsulotni egalari ixtiyorida va transportda 
    saqlanishi mumkin. 
    Mahsulotlarni sertifikatlashtirish “Uzstandart” agentligi o‘rnatgan muddatda 
    amalga oshiriladi. 
    Oziq- ovqat va qishloq ho‘jalik mahsulotlari 
    1 kundan 5 kungacha 
    Yengil sanoat mahsulotlari 
    5-10 kungacha 
    Xom ashyo tarmoq mahsulotlari (yog‘ochni qayta 
    ishlashdan boshqa) 
    10 kungacha 
    Elektrotexnika va texnika mahsulotlari 
    5-15 kungacha 
    Mashinasozlik mahsulotlari 
    10 kungacha 
    Yog‘ni qayta ishlash natijasida ishlab chiqarilgan 
    mahsulotlar 
    15 kungacha 
    O‘lchash vositalari 
    5-30 kungacha 
    Mahsulot sifat va havfsizlik talablariga muvofiq bo‘lmagan holda, 
    sertifikatlashtirish idorasi nomuvofiq-ligi haqida rasmiy ravishda xulosa beradi. 
    Muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumot-larning haqqoniyligi 
    to‘g‘risida javobgarlik, muddatlarni o‘zaytirish va sertifikatlashtirish qoidalarini 
    buzilishiga sertifikatlashtirish idorasi javobgardir. 
    Respublikaga olib kelinayotgan maxsulot bojxona nazorati ostida 
    sertifikatlashtirish uchun bojxona idorasi, sertifikatlashtirish idorasi vakillari bilan 
    mahsulot egasining yoki uning vakili ishtirokida namuna olinadi. Shunga asosan 
    sertifikatlashtirish idorasining vakili tomonidan “O‘ztandart” agentliti tasdiqlagan 
    shaklda namuna olinganligi haqida 3 nusxada dalolatnoma tuzadi, ikkinchi nusxasi 
    bojxona idorasiga taqdim etiladi. 
    Mustaqil hamdustlik davlatlarining (keyinchalik MDH) o‘zaro kelishuviga 
    muvofiq, MDH davlatlariga eksport qilinadigan mahsulotlarga beriladigan 
    muvofiqlik sertifikati A4 formatda rus tilida to‘lg‘aziladi. 

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   206




    Download 3,07 Mb.
    Pdf ko'rish