Nazorat uchun savollar:
1.Elеktr yuritmalarini struktura sxеmasi, asosiy elеmеntlari va ularning vazifasi?
2.Uzgarmas tok elеktr dvigatеllari, struktura sxеmasi?
3.Asosiy elеmеntlari va ularning vazifasi?
6- MAVZU: ROBOTLARNING ELEKTR YURITMALARI,ULARNING AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI
Reja:
Robotlarning elektr yuritmalari,ularning afzallik va kamchiliklari
Guruhli elektr yuritmaning funksional sxemasi.
Individual elektr yuritmaning funksional sxemasi.
Elektr yuritmalaming asosiy turlari va ularning vazifalari. Barcha elektr yuritmalami funksional vazifalari, energiyaning boMinishi, ish mashinasi chiqish o‘qining harakat shakli, iste’mol qilayotgan tok turi, o‘zgartgich, dvigatel, uzatish va boshqarish qurilmalarining o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa holatlari bo‘yicha bir nechta turlarga bo‘lish mumkin. Funksional vazifalari bo‘yicha elektr yuritmalar bosh va yordamchi elektr yuritmalarga bo‘linadi. Bosh elektr yuritma jarayonning asosiy operatsiyasini yoki ish mashinasining ijrochi organini harakatga keltiradi. Yordamchi elektr yuritma esa, mashinaning yordamchi organlarining harakatini ta’minlaydi. Masalan, tokarlik dastgohi bosh elektr yuritmasi ishlov berilayotgan detalni aylanma harakatga keltiradi, yordamchi elektr yuritma esa kesish asbobini detaining bo‘ylamasi bo‘yicha ilgarilama harakatga keltiradi. Energiyaning bo‘linishi bo‘yicha elektr yuritmalar guruhli, individual, о ‘zaro bog ‘langan va ко ‘p dvigatellilarga boMinadi. Guruhli elektr yuritma sanoatda XIX asr oxirida qo‘llanila boshlandi. Bu yuritmada (2-rasm) bug‘ dvigateli elektr dvigatel M bilan almashtirilgan, bir nechta ish mashinalariga {IMm) harakat uzatadigan uzatish qurilmalari UQm holida saqlanib qolgan.
2-rasm. Guruhli elektr yuritmaning funksional sxemasi.
Muayyan afzalliklarga ega boMgan yuritmaning bu turi mashinani maqsadga muvofiq tarzda boshqarib bo‘lmasligi, uzatish qurilmalarida energiyani ko‘p isrof bo‘Iishi kabi kamchiliklarga ega.
Bundan tashqari bu qurilmalar ko‘p sonli uzatish tasmalari va transmissiyalardan tashkil topganligi uchun, ular ishlatish chog‘ida ishchilar hayotiga xavf tug‘diradi.
Individual elektr yuritma ish mashinasining bitta ijrochi organining harakatini ta’minlaydi (3-rasm). Shuning uchun, bitta mashina uchun bir necha individual yuritmalar ishlatiladi. Masalan, tokarlik dastgohida individual bosh va ikkita yordamchi yuritmalar ishlatiladi. Individual elektr yuritma tizimida energiya
elektr zanjirlarida bo‘linadi. Bu yuritma uzatish qurilmalari va ish mashinasi kinematikasini soddalashtirish imkoniyatini beradi.
Aksariyat hollarda ish mexanizmining ijrochi organining o‘qi dvigatel rotori (yakor) bilan umumiy o‘q hosil qiladi. Individual elektr yuritmaning asosiy afzalliklari bu energiyani boMinishidagi isrofning kamayishi, UQ va IM kinematikasini soddalashtirish hisobiga metall sarflni kamaytirish, elektrlashtirilgan agregat ishonchliligini oshirish, ijrochi organlami boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni soddalashtirish imkonining mavjudligidadir.
3-rasm. Individual elektr yuritmaning funksional sxemasi.
|