Professional ta’lim muassasalarida rahbarlik faoliyatiga qo’yiladigan talab va majburiyatlar




Download 379.62 Kb.
bet3/14
Sana12.11.2022
Hajmi379.62 Kb.
#30082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MONAGRAFIYAGA BIRINCHI BOB docx Восстановлен шфт 2
Ekotizmlarni o\'zgarishi. Suksessiya hodisasi, AMALIY ISH 25 - 30, putevoj list gruzovogo avtomobilja 4 m-blank, 4fdacb0b-b917-4ce0-883b-fe241c5f3851, Глубинный насос, Акт Камбайн, glassary mt
1.2 Professional ta’lim muassasalarida rahbarlik faoliyatiga qo’yiladigan talab va majburiyatlar
Rahbarning dunyoqarashi xalqning ishonch-etiboriga, intilish va manfaatlari ifodasiga aylansa, bunday xizmat kutilgan samarani beradi. Shuning uchun ham rahbar o’zining mehnat faoliyati jarayonida mafkurasohasidagi targ’ibot va tarbiyaviy ishlarini, talaba yoshlarning tushunchasi, aql-idroki va tafakkur darajasini inobatga olgan holda sabr-toqat bilan ma’rifiy usullar orqali amalga oshirishi lozim. Shuning uchun ham yangi asr rahbarlarining muhim muammolaridan biri - odam va olam o’rtasidagi psixologik munosabatlarni, uning jamiyat taraoqqiyotini boshqarishga mas’ul bo’lgan armiyasini va boshqaruv salohiyatini tarbiyalab borishdan iboratdir. Shuning uchun insoniyat kelajagiga qo’yilayotgan eng dolzarb talablardan biri ham jamiyatni boshqaradigan rahbarlar va ularning zahirasini tarbiyalab yetishtirishdir
Boshlang’ich professional ta’lim bosqichidagi ta’lim dasturlaribo’yicha kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan kasb-hunar maktablari Vazirlik tizimida bo’ladi. Kasb-hunar maktablariga O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus a’lim vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Direktor kasb-hunar maktabining faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
Kasb-hunar maktabi direktori qonun hujjatlariga va ustaviga muvofiq ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi, uni boshqatashkilotlarda taqdim etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari to’zadi, ishonchnomalar beradi, belgilangan tartibda shaxsiy hisob varaqlarni ochadi, o’z vakolati doirasida barcha xodimlar va o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi.
Direktor belgilangan tartibda xodimlarni tayinlaydi va ishdan bo’shatadi, shuningdek ularning xizmat vazifalarini belgilaydi. . Kasb-hunar maktabi direktori ho’zurida kollegial organ hisoblangan pedagogik kengashlar tashkil etiladi.
Pedagogik kengashning funksiyalari kasb-hunar maktabining Ustavida belgilanadi.
Boshlang’ich professional ta’lim bosqichi kadrlar tayyorlash umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari bo’yicha asosan kasb-hunar maktablarida amalga oshiriladi.
O’quvchilar kasblarning murakkabligidankelib chiqqan holda bir yoki bir nechta kvalifikatsiyalarni o’zlashtirishiga mo’ljallangan 2 yillik boshlang’ich professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim oladilar. Boshlang’ich professional ta’lim dasturlari kundo’zgi ta’lim shaklida tashkil etiladi. Umumta’lim fanlari qoidaga ko’ra kasblarning xususiyatlaridan kelib chiqib qisqartirilgan holda malaka talablari va o’quv rejalarga kiritiladi. Malaka talablari va o’quv rejalariga kiritiladigan umumta’lim fanlari ro’yxati va soatlar hajmi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda Vazirlik tomonidan belgilanadi.
O’quv rejalarga o’quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi fanlar kiritilishi mumkin. O’quv rejasidagi o’quv yuklamasining taqsimoti tegishli kasbning xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Kasblarning xususiyatlari hamda ularni o’qitish uchun belgilangan soatlar xajmidan kelib chiqqan holda o’quvchilarni ikki yil davomida amalga oshirilgan ta’lim dasturida ikki yoki undan ko’p kvalifikatsiyalarga o’qitish yo’lga qo’yilishi mumkin. Ta’lim jarayoni mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda professional ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan o’quv jarayoni grafigi hamda dars jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
O’rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlash asosan Vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat ko’rsatadigan kollejlarda amalga oshiriladi va ular tegishli ravishda vazirliklar va idoralarning idoraviy bo’ysunuvida bo’ladi.
Kollejlarga tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Direktor kollejning faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.Kollej direktori qonun hujjatlariga va ustaviga muvofiq ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi, uni boshqa tashkilotlarda taqdim etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari to’zadi, ishonchnomalar beradi, belgilangan tartibda shaxsiy hisobvaraqlarni ochadi, o’z vakolati doirasida barcha xodimlar va o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi.
Direktor belgilangan tartibda xodimlarni tayinlaydi va ishdan bo’shatadi, shuningdek ularning xizmat vazifalarini belgilaydi. Kollej direktori ho’zurida kollegial organ hisoblangan pedagogik kengashlar tashkil etiladi.Pedagogik kengashning funksiyalari kollejning Ustavida belgilanadi.  Kollejlarda tarmoq vazirliklari, idoralari, belgilangan tartib va ustav asosida ish ko’ruvchi vasiylik kengashlari to’zilishi mumkin.
Vasiylik kengashi tarkibi va uning faoliyati tartibi tegishli vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadi. Tizimida kollejlari mavjud bo’lgan vazirliklar va idoralar: kollejlarni budjetdan tashqari mablag’lari hisobidan moddiy va moliyaviy ta’minlaydilar;
o’quvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratadilar;
bitiruvchilarni amaliyot o’tashi uchun amaliyot bazalarini bilan ta’minlaydilar va egallangan kasb yoki mutaxassisliklari bo’yicha ular mehnatidan samarali foydalanish masalalarini hal etadilar.Tizimida kollejlari mavjud bo’lgan vazirliklar va idoralar o’quvchilarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqishi va uni amalga oshirish uchun zaruriy mablag’lar ajratishi mumkin. O’rta professional ta’lim darajasida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan yoki umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar hisobidan “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda tashkil etiladi.
O’rta professional ta’lim dasturlarining davomiyligi kasblar va mutaxassisliklarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan bo’ladi. Professional ta’limning tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatorida kasblar va mutaxassisliklarning o’qitish muddatlari belgilanadi.
“Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kasb yoki mutaxassislik doirasida qo’shimcha kvalifikatsiyalarni o’zlashtirish istagidagi shaxslarning
o’qitish muddatlari oldingi ta’lim olgan dasturlarni ko’rib chiqqan holda kasblar va mutaxassisliklarning o’quv rejasida mazkur kvalifikatsiyalarni o’zlashtirish uchun ajratilgan soatlardan kelib chiqib belgilanadi. Ta’lim jarayoni mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda professional ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan o’quv jarayoni grafigi hamda dars jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
O’rta professional ta’lim dasturlari asosida faoliyat ko’rsatuvchi ta’lim muassasalarida o’quv jarayoni ta’lim muassasalari va buyurtmachilarning kelishuvi asosida boshlanadi va tasdiqlangan o’quv jarayoni grafigiga muvofiq yakunlanadi.
O’rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlash asosan oliy ta’lim muassasalari ho’zurida faoliyat ko’rsatuvchi texnikumlarda amalga oshiriladi va ular tegishli ravishda oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar va idoralarning idoraviy bo’ysunuvida bo’ladi.  Texnikumlarga tegishli oliy ta’lim muassasasining tavsiyasi asosida vazirlik va idora rahbari tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Direktor texnikumning faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
Texnikum direktori qonun hujjatlariga va ustaviga muvofiq ta’lim muassasasi nomidan ish yuritadi, uni boshqa tashkilotlarda taqdim etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari to’zadi, ishonchnomalar beradi, belgilangan tartibda shaxsiy hisobvaraqlarni ochadi, o’z vakolati doirasida barcha xodimlar va o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi.
Direktor belgilangan tartibda xodimlarni tayinlaydi va ishdan bo’shatadi, shuningdek ularning xizmat vazifalarini belgilaydi.Texnikum direktori ho’zurida kollegial organ hisoblangan pedagogik kengashlar tashkil etiladi.Pedagogik kengashning funksiyalari kollejning Ustavida belgilanadi.
Texnikumlarda tarmoq vazirliklari, idoralari, belgilangan tartib va ustav asosida ish ko’ruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini o’z ichiga oladigan vasiylik kengashlari to’zilishi mumkin.Vasiylik kengashi tarkibi va uning faoliyati tartibi tegishli vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadi.
Tizimida texnikumlari mavjud bo’lgan vazirliklar va idoralar:

  1. tegishli ish beruvchilar bilan birgalikda:

texnikumlarni moddiy va moliyaviy ta’minlaydilar, bitiruvchilarni amaliyot o’tashi uchun amaliyot bazalari bilan ta’minlaydilar va egallangan kasb yoki mutaxassisliklari bo’yicha ular mehnatidan samarali foydalanish masalalarini hal etadilar.
b) tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda:
o’quvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadilar; texnikum bitiruvchilarini kelgusida oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo’nalishlarida ta’limni davom ettirishini hisobga olgan holda tayyorlanadigan mutaxassisliklar ro’yxatini shakllantiradilar;
Texnikumlarning kamida 2 yillik muddatga mo’ljallangan ta’lim dasturlarini ishlab chiqadilar va Vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etadilar;kundo’zgi ta’lim dasturlari bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasasining 2 kursidan to’lov-kontrakt asosida ta’limni davom ettirishini tashkil etadilar.Tegishli oliy ta’lim muassasalari texnikumlarni moddiy va moliyaviy ta’minlashda ishtirok etishlari hamda moliyaviy yordam ko’rsatishlari mumkin. Tizimida texnikumlari mavjud bo’lgan vazirliklar va idoralar qonun hujjatlariga muvofiq texnikumlar faoliyatini tashkil etishda boshqa vazifalarni bajarishi ham mumkin.
O’rta maxsus professional ta’lim darajasida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3- yoki 4-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan yoki umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar hisobidan “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo’lmagan muddatda tashkil etiladi.
O’rta maxsus professional ta’lim dasturlari oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo’nalishlari ta’lim dasturlari bilan integratsiyalashadi. O’rta maxsus professional ta’lim dasturlarining davomiyligi mutaxassisliklarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan bo’ladi. Professional ta’limning tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatorida mutaxassisliklarning o’qitish muddatlari belgilanadi.
“Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida mutaxassislik doirasida qo’shimcha kvalifikatsiyalarni o’zlashtirish istagidagi shaxslarning o’qitish muddatlari oldingi ta’lim olgan dasturlarni ko’rib chiqqan holda mutaxassisliklarning o’quv rejasida mazkur kvalifikatsiyalarni o’zlashtirish uchun ajratilgan soatlardan kelib chiqib belgilanadi.



Download 379.62 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 379.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Professional ta’lim muassasalarida rahbarlik faoliyatiga qo’yiladigan talab va majburiyatlar

Download 379.62 Kb.