I BOB. Professional ta’lim muasassalarini rivojlantirishning tashkiliy boshqaruv tizimini metodik asoslari




Download 379.62 Kb.
bet2/14
Sana12.11.2022
Hajmi379.62 Kb.
#30082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MONAGRAFIYAGA BIRINCHI BOB docx Восстановлен шфт 2
Ekotizmlarni o\'zgarishi. Suksessiya hodisasi, AMALIY ISH 25 - 30, putevoj list gruzovogo avtomobilja 4 m-blank, 4fdacb0b-b917-4ce0-883b-fe241c5f3851, Глубинный насос, Акт Камбайн, glassary mt
I BOB. Professional ta’lim muasassalarini rivojlantirishning tashkiliy boshqaruv tizimini metodik asoslari
1.1. O’zbekistondagi professional ta’lim tizimi taraqqiyoti
Dunyoda ta’lim jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning muhim yo’nalishi sifatida qaralmoqda. YuNESKO tomonidan 2030 yilgacha belgilangan xalqaro ta’lim konsepsiyasida «Butun hayot davomida sifatli ta’lim olishga imkoniyat yaratish»dolzarb vazifa sifatida belgilandi.
Boshqaruv faoliyati mazmuni, talablari va yo’nalishlarini takomillashib borishi rahbar xodimlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompetensiyaviy va innovatsion yondashuvlarni talab etmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tezkor rivojlanuvchi ta’lim muhitida professional ta’lim tizimi rahbar xodimlarning boshqaruv faoliyatida boshqaruvning yangicha tashkiliy shakllari va usullarini izlash bilan bog’liq dolzarb vazifalarni yechimini topishni taqozo etadi.
Xalqaro ilg’or tajribalarga asosan, AQSh, Angliya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarning nufo’zli ilmiy-tadqiqot markazlarida professional ta’lim muassasalari rahbar xodimlarini kasbiy rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish, ularning ta’limni tashkil etish va boshqarish sohasidagi malakalarini oshirish, kasbiy, kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish borasida salmoqli amaliy natijalarga erishilgan.
Shunga ko’ra, raqobatbardosh va malakali rahbar xodimlarni tayyorlashda zamonaviy ta’lim paradigmalarini amaliyotda qo’llash katta ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan kreativ fikrlovchi, izlanuvchan, innovatsiyalarni izlab topuvchi va ularni o’z amaliy faoliyatida qo’llay olish kompetensiyalariga ega rahbar xodimlarni tayyorlash va ularning faoliyatini samarali tashkil etishda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur hisoblanadi.
Mamlakatimizda mutlaqo yangi professional ta’limini joriy etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida
“Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” ustuvor vazifa sifatida belgilangan.5Shu nuqtai nazardan rahbar xodimlarni zaruriy kompetensiyalarini rivojlantirishning amaldagi metodikasi va o’quv-uslubiy ta’minotini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish dolzarb hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”, 2017 yil 14 martdagi PQ-2829-son “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” ,2018 yil 25 yanvardagi PF-5313-son farmonlari, 2019 yil 6 sentabrdagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”, gi Farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar tadqiqotning metodologik asosi sifatida xizmat qiladi.
Ta’lim muassasasi rahbarining kommunikativ kompetentligining murakkabligi, tuzilmasi va ko’p jihatliligi uning zamonaviy pedagogikaning mustaqil fenomeni sifatida o’rganilishiga zamin yaratadi
Kommunikativ kompetentlikning mazmuni ta’lim muassasasining rahbari oldida turgan maqsadlarni amalga oshirish orqali aniqlanadi, shu munosabat bilan ta’lim sohasidagi boshqaruv faoliyatida kommunikativ kompetentlikka erishish maqsadlari quyidagicha shakllantirilishi mumkin:
- ta’lim tashkiloti rahbarining mehnat vazifasi doirasidagi vazifalarni sifatli bajarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni qabul qilish, yetkazish va ulardan foydalanish;
-boshqalarning, ayniqsa, ta’lim muassasasi xodimlarining xatti-harakatlarini, ularning tashkilot faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalariga munosabatini boshqarish; shaxsiy va kasbiy muloqotga bo’lgan o’z ehtiyojlarini qondirish, o’z-o’zini rivojlantirish va refleksiya professional ta’lim tizimi rahbarining kommunikativ kompetentligi – bu uning motivlashgan hohishi, qobiliyati va professional ta’lim tizimi natijalari va samaradorligi bilan qiziqishi, kasbiy faoliyat doirasida boshqa sub’ektlar bilan og’zaki, yozma va kompyuter vositachiligida o’zaro axborot va tajriba almashishni samarali amalga oshirishga tayyorligidir6. Kommunikativ kompetentlikning tarkibiy to’zilishi ta’lim muassasasi rahbariga qo’yiladigan talablar bilan belgilanadigan motivatsion, refleksiv, kognitiv va faoliyatli komponentlari bilan ifodalanadi.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki kelajakda tashkil etilayotgan professional ta’lim muassasalari oldiga ulkan vazifa va ma’suliyat qo’yilmoqda. Shuning uchun biz o’z oldimizga aniq maqsad va vazifalarni belgilab olishimiz darkor.
Malaka tizimi rivojlangan davlatlarda sinovdan o’tgan mehnat bozori, professional ta’lim, kasbga o’qitish va o’rgatish tizimining uyug’unlashuvi sifatida muvaffaqiyat qozongan. SHu bois, O’zbekistonda ham 2020-2021 oquv yilidan boshlab ilk bor milliy va tarmoq ixtisoslashuv tizimi kasb va mutaxasisliklar bo’yicha professional standartlar hamda tabaqalashtirilgan ta’lim standarlari va dasturlari joriy etildi. Bu esa o’z navbatida mehnat bozori bilan ta’lim sohasi intigaratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu yerda gap nafaqat mahalliy mehnat bozori balki xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning mutaxasis sifatidagi mavqeyi xalqaro talablarga mosligi, xorijda ham nufo’zli joylarda mehnat qila olishi munosib ish haqqiga ega bo’lishi qolaversa butun boshli millat imiji haqida bormoqda.
Xorijga ish izlab ketayotgan aksariyat migrant yurtdoshlarimiz qurulish, obodonlashtirish, qishloq xo’jaligida yuqori malaka talab etmaydigan, og’ir kam ish haqqi to’lanadigan xalq iborasi bilan aytganda “qora mehnat” bilan shug’llanmoqda.
Bu holatning asosiy sabablaridan biri mamlakatimizda ana shu “ qora mehnat” ga muqobil bo’lgan yuqori maosh to’laydigan mehnat unumdorligini ta’minlaydigan nufo’zli ish o’rinlarida faoliyat yurutish imkonini beradigan Milliy malaka tizimi asosida o’qitish kasbga o’rgatishning yo’lga qo’yilmaganligidir. SHu bois professional ta’lim tizimida mutaxassislarga yuqori malaka berish bosh maqsadga aylanishi kerak. Juda ko’p mamlakatlarda zamonaviy milliy malaka tizimi joriy etilgan korxonalarning professional standart talablari asosida ishga qabul qilishi qat’iy belgilab qo’yilgan.
Malaka - xalqaro ta’lim bozorida ixtisoslashuv deb ham ataladi bu ish beruvchi tomonidan hodim (yollanuvchi ish o’rniga da’vogar bo’sh ish o’rinlariga tanlovga qatnashuvchi ishchi yoki xizmatchi) ga qoyiladigan talab va yuklatiladigan vazifalar majmuidir.
Malaka o’zida hodimning mehnat faoliyatiga qo’yiladigan ma’suliyat, kasbiy tajriba, mahorat hamda rag’batni mujassamlashtiradi. Ish beruvchi tomonidan mutaxassis, ishchi hodimga qo’yilgan malaka talablari professional ta’lim standartlarida aks ettirish shart. Aks holda ta’lim va ishlab chiqarish bitiruvchi malakasi va ish beruvchi talablari o’rtasidagi o’zviylik yo’qoladi.
Professional standart – ish beruvchining har bir ish o’rni yoki unga da’vogar bajaradigan mehnat vazifalari tafsiloti, tasnifi, (mehnat faoliyati natijasida yetishtirilayotgan, ishlab chiqarilayotgan maxsulot hamda ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifati) belgilangan me’yoriy xujjat. U o’zida xodimning bilim, ko’nikma va imkoniytlarini aks ettiradi.
Yana bir muhim jixati shundaki professional ta’lim standartida hodimning malaka darajasi aniq belgilangan bo’ladi. Eng asosiysi ana shu malaka darajasi xodimning o’sish va keyingi ixtisoslashuv darajasi yuksalishiga pilla poya bo’lib xizmat qiladi.
Rivojlangan davlatlar jaxonga mashhur gigant kompaniyalarda bu juda kuchli motivatsiya, to’gri yo’naltiruvchi va rag’bat beruvchi omil hisoblanadi.Chunki bunda xodimning nufuzi bosqichma-bosqich yuqorilab borishi uchun zarur tizim va moliyaviy rag’batlar ko’zda tutilgan. Bu tizim o’z navbatida, xodimning raqobatga doim tayyor turishini malakasini oshirib borishini va kelajakda muvaffaqiyatga erishishini kafolatlaydi. Masalan eliktr ustasi kasbining bir nechta malaka darajasi mavjud. Lekin shu paytgacha ularning barchasiga bir xil xujjat berilgan, unda bugungi mehnat bozori talablari shakillantirilmagan va baholanmagan. Bu esa shu diplomga ega shaxsning chet elda o’ziga mos ish topishiga imkon bermagan. CHunki uning malaka darajasini tartibga soladigan tizim mavjud emas edi.
O’zbekistonda endi yangi professional ta’limda birinchi marta har bir mutahassisning xalqaro meyyorlarga mos malaka darajasini belgilab berishga asos bo’ladigan xujjat – Milliy malaka tizimi qabul qilindi. Iqtisodiyotning har bir sohasi bo’yicha tarmoq malaka tizimlari belgilanadi.
Ayni paytda har bir ish o’rni va lavozimning vazifalari tasnifi va uni samarali muvofaqiyqtli bajarish uchun lozim bo’lgan ko’nikma bilim va layoqatlilik yoritilgan malaka talablarining yangi formatdagi me’yoriy asoslari yaratilmoqda. Endi professional ta’lim dasturlarinig mazmuni ta’lim natijalari, ta’limning sifati shu me’yoriy asoslarga muvofiq shakillantiriladi. Bu tizim biz tayyorlayotgan mutaxassislarning ham mahalliy ham xorijiy mehnat bozori o’zgarishlariga moslasha olishga imkoniyat yaratadi. Ustiga ustak ayni paytda mehnat bozorida raqobat muhiti ancha keskinlashgan korxonalarning ishchi yoki mutaxasis yollash tizimlari takomillashgan talablar mutlaqo o’zgargan.
Bu xolatni oddiy qilib tushuntiradigan bo’lsak endi ish beruvchi faqat diplom bilan kifoyalanmayapdi Qo’lingdan nima keladi boshqalardan nima ustunliging bor deb so’rayapdi. Agar rasmiy tilda ifoda etsak ish beruvchi tasdiqlagan malaka darajasi baholangan layoqatlilikni talab qilayapdi. Qolaversa bugun mehnat bozorida raqobatning asosiy sharti ham shu.
Bugun ish beruvchi har bir xodimni ishga tanlov asosida qabul qiladi. Davogarlar ish beruvchiga o’zi va ma­lakasi haqida ma’lumot, malaka ser­tifikatini taqdim etadi, undan so’ng suhbat asosida layoqatliligi baholanadi.
Shu bois, bir ish o’rniga bir nechta da’vogar bo’lib turgan hozirgi holatda ish beruvchi ishgaolish uchun nimalarni o’lchov, me’yor yoki baholash mezoni qiladi, degan savolga bugungi zamonaviy ta’lim tizimida aniq javob bo’lishi kerak.
Bu o’rinda ish beruvchi korxona bilan ta’lim muassasalarining munosabati muhim ahamiyatga ega. Bu munosabat va maqsadlar uyg’unlashtirishning yagona formati bo’lgan professional ta’lim standartla­rida o’z aksini topadi. Ish beruvchi professional ta’lim tizimida ham buyurtmachi, ham pudratchi vazifasini bajarishi kerak. Chunki profes­sional ta’lim standarti ish beruv­chi tomonidan qo’yiladigan malaka talablarining barcha jihatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Bir so’z bilan aytganda, ish beruvchi ta’lim beruvchiga ishonchli hamkor bo’lishi kerak.
Ayni shu ma’noda sifatsiz pro­fessional ta’lim standarti samarasiz professional ta’limga sabab bo’lishi mumkin. Bundan xulosa shuki, mukammal professional ta’lim stan­darti aslida ta’lim sifatiga buyurtma demakdir.
Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun moliyaviy, texnik, texnologik va, albatta, inson resurslari zarur. Ana shu resurslar qanchalik quvvatli bo’sa, natija ham shunga yarasha bo’ladi. Inson resurslarini rivojlantiris orqali yoshlar, xotin-qizlar, kambag’allikni qisqartirish va migrantlar kabi dolzarb masalalarga doyr yangi siyosatni amalga oshirish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, pirovardida iqtisodiy yuksalish bilan bog’liq jiddiy siyosiy vazifalar o’z yechimini topishi nazarda tutilmoqda.
Milliy malaka tizimining qabul qilinishi,professional ta’lim standartlarining joriy etilishi yoshlarimizning professional o’sish yo’nalishlarini belgilab olishlariga imkon yaratadi, o’z istiqbolini yuksaltirish, umuman aytganda, ertangi kunga qat’iy ishonch paydo qiladi.7 U, ayniqsa, investitsiya dasturlari asosida yangi texnologiyalar kirib kelayotgan sohalar, korxonalar, mehnat migrantlari sifatida xorijga ketayotgan yoshlarimiz uchun muhim ahamiyatga ega. Bir so’z bilan aytganda, Milliy malaka tizimi yoshlarimiz potensialini oshiradi, mehnat bozoridagi imkoniyatlarni kengaytiradi, raqobatbardoshlikni ta’minlaydi.
Bugun professional ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning istiqboli, samara va natijasi ish beruvchi va ta’lim muassasasining o’zaro hamkorligiga, ishlab chiqarish va o’quv jarayonining o’zviyligi, milliy malaka tizimining muvaffaqiyatli joriy etilishi, mukammal professional standart va sifatli ta’limga bog’liq.8Bu tizimning muvaffatsiyatli joriy etilishi yaqin istisboldagi taraqqiyotimiz jadallashuvini ham belgilaydi.
2020 – yilda har bir ish o’rni va lavozimning vazifalari, tasnifi va uni samarali, muvoffaqiyatli bajarish uchun lozim bo’lgan ko’nikma, bilim va layoqatlilik yoritilgan malaka talablarining yangi formatdagi me’yoriy asoslari yartildi.
O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy davlatlar va investorlar bilan to’zilgan shartnomalari va kelishuvlari asosida xalqaro professional ta’lim muassasalari tashkil etilishi mumkin.
Mehnat bozoridagi ehtiyojlar, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun raqobatbardosh kadrlarni professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali tayyorlash hamda turli yoshdagi shaxslarning «Hayot davomida ta’lim olish» prinsipi asosida ta’lim olishga bo’lgan talablarini qondirish professional ta’limning maqsadi hisoblanadi.
Xalqaro (davlatlararo) professional ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tegishli xo’jalik yurituvchi sub’ektlar qonun hujjatlariga muvofiq professional ta’lim muassasalarining muassislari bo’lishi mumkin.9
Professional ta’lim muassasalari xususan, kasb-hunar maktablari nomlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug’i bilan, kollejlar va texnikumlarning nomlanishi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishilgan holda belgilanishi yoki o’zgartirilishi mumkin.
Professional ta’lim muassasasi o’z tarkibida filiallar, kafedralar, bo’limlar, o’quv xonalar va laboratoriyalar, o’quv va o’quv-ishlab chiqarish ustaxonalari va xo’jaliklari, texnoparklar, o’quv maydonchalari (poligonlar), yotoqxonalar, umumiy ta’lim dasturlarini, Uzluksiz professional ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi tarkibiy bo’linmalar, ta’lim jarayoni bilan bog’liq boshqa tarkibiy bo’linmalarga ega bo’lishi mumkin.10
Professional ta’lim muassasalarining namunaviy tuzilmalari bo’ysunuvidagi vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Professional ta’lim muassasasining filiali mazkur professional ta’lim muassasasi idoravi mansubligi bo’yicha tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Vazirlik bilan kelishilgan holda tashkil etiladi va tugatiladi. Professional ta’lim muassasasining filiali mazkur nizom asosida faoliyat yuritadi.
Professional ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari doirasida professional ta’lim beriladi, o’quvchilarning kasbiy moyilliklari, mahorati va ko’nikmalarining rivojlanishi, tanlangan kasblar yoki mutaxassisliklarga ega bo’lishi ta’minlanadi.
Ta’lim standarti talablarini bajarish, agar qonun hujjatlarida boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy bo’ysunuvidan qat’iy nazar barcha professional ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Uzluksiz professional ta’lim sohalari bo’yicha ta’lim standarti namunasi vazirlik tomonidan belgilanadi.
Ta’lim sohalari bo’yicha ta’lim standartlari asosida kasblar va mutaxassisliklarning malaka talablari ishlab chiqiladi.11
Ta’lim sohalari bo’yicha ta’lim standartlari, kasblar va mutaxassisliklar malaka talablari, o’quv reja va dasturlarini ishlab chiqish uchun Vazirlik, tegishli vazirliklar va idoralar, tayanch professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalarining tajribali mutaxassislari tarkibidan mualliflar jamoasi shakllantiriladi. Mualliflar mehnatiga haq to’lash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ta’lim standartlari va malaka talablari tegishli kasb va lavozimlarning professional standartlari yoki malaka talablari asosida ishlab chiqiladi. 12
Tayanch professional ta’lim muassasalari ro’yxati Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Ishlab chiqilgan ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv reja va dasturlari vazirlik tomonidan tasdiqlangandan so’ng ta’lim jarayoniga joriy etiladi.
Ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv reja va dasturlari takomillashtirish, qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish ish beruvchi korxonalar va idoralarning takliflariga asosan vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashda xalqaro tajribalarni o’rgangan holda Uzluksiz professional ta’lim jarayonlariga o’qitishning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Uzluksiz professional ta’limtizimida o’qitishning kredit-modul tizimini joriy etish tartibi, joriy etiladigan kasblar va mutaxassisliklar hamda to’planadigan kreditlar xajmi bo’ysunuvidagi vazirlik va idoralar tomonidan vazirlik bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Professional ta’lim muassasalarida asosiy ta’lim dasturlaridan tashqari quyi darajadagi ta’lim dasturlari bo’yicha kadrlar tayyorlash vazirlik ruxsati asosida amalga oshiriladi. Professional ta’lim muassasalari ushbu ta’lim dasturlarini tegishli turidagi professional ta’lim muassasalariga belgilangan tartiblarga rioya qilgan holda amalga oshiradi.
Professional ta’lim muassasalarida o’quvchilar, rahbar kadrlar, o’qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari hamda ish beruvchilar ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
Professional ta’lim muassasalari hududlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va geografik sharoitlarini, mehnat bozorining tegishli soha mutaxassislariga bo’lgan talabini, manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga bo’lgan ehtiyoji hamda oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Boshqa joylardan kelgan o’quvchilar uchun, imkoniyatga qarab, professional ta’lim muassasalari ho’zurida yotoqxonalar tashkil etiladi.
Yotoqxonalarda yashash tartibi Vazirlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy nizomga muvofiq hamda yashash uchun to’lanadigan to’lov miqdorlari (bepul foydalanishda bo’ladigan yotoqxonalar bundan mustasno) professional ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadi.
Professional ta’lim muassasalarining o’quvchilari va xodimlariga ijtimoiy kafolatlar, qo’llab-quvvatlash va imtiyozlar qonun hujjatlari, shuningdek professional ta’lim muassasasining ustavi asosida belgilanadi.
Kollejlar va texnikumlarda kundo’zgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari joriy etiladi.
Ta’lim shakllari - Vazirlik tomonidan tasarrufida professional ta’lim muassasalari bo’lgan vazirliklar, idoralar, xo’jalik birlashmalari va yirik korxonalar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Sirtqi va kechki ta’lim shakllarini tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Professional ta’lim muassasalarida qo’shimcha kasblar va mutaxassisliklar bo’yicha kvalifikatsiyalarni egallash, jumladan, traktorchi, kombayn operatori, “B” yoki “BS” toifadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini va shu kabilarni olish istagidagi aholining turli qatlamlari uchun o’qitish muddati 6 oydan oshmagan intensiv va qo’shimcha o’quv kurslari tashkil etilishi mumkin. Mazkur o’quv kurslari bitiruvchilariga belgilangan tartibda tashkil etilgan imtihonlarni muvaffaqiyatli yakunlaganidan so’ng kelgusida mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradigan davlat namunasidagi sertifikat yoki guvohnoma beriladi.
Uzluksiz professional ta’limning tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar ro’yxati Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan “Uzluksiz professional ta’limning tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori” asosida belgilanadi.
Professional ta’lim muassasalari kasblar va mutaxassisliklar bo’yicha o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etadilar.
Umumta’lim maktablarida kasbga yo’naltirish bo’yicha tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy bo’linmalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Professional ta’lim dasturlari bo’yicha kadrlar tayyorlash belgilangan tartibda to’zilgan shartnomalar asosida o’qitishning dual tizimi asosida tashkil etilishi mumkin. O’qitishning dual tizimi joriy etiladigan professional ta’lim muassasalari, kasblar yoki mutaxassisliklar ro’yxati Vazirlik bilan kelishilgan holda tizimida professional ta’lim muassasalari bo’lgan vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
O’qitishning dual tizimni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Professional ta’lim muassasalarini qayta ixtisoslashtirish va tayyorlanadigan kasblar va mutaxassisliklar ro’yxati Vazirlik tomonidan mehnat bozorining kadrlarga bo’lgan ehtiyojidan va tarmoq vazirliklari, idoralar, xo’jalik birlashmalari, yirik korxonalar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek kadrlar buyurtmachilarinin takliflaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Professional ta’lim muassasalariga o’quvchilar qabul ko’rsatkichlari va o’quvchilarni qabul qilish tartibi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O’quvchilar o’qitish kurslari bo’yicha guruhlarga, o’qitish yo’nalishi bo’yicha esa bo’limlarga hamda texnikumlarda kafedralarga birlashtiriladi.
Professional ta’lim muassasasi o’quv mashg’ulotlari ma’ro’zalar shaklida o’tkazilganda o’quvchilar guruhlarini birlashtirishi mumkin. Professional ta’lim muassasalarida qoidaga ko’ra guruhlarni to’ldirish kamida 12 nafar va eng ko’pi bilan 30 nafar o’quvchilar doirasida belgilanadi.
Zarur hollarda kasblar va mutaxassisliklar bo’yicha o’qitish xarajatlarining qoplanishidan kelib chiqib, guruhdagi o’quvchilar soni 12 nafardan kam bo’lishi mumkin. Ayrim kasblar va mutaxassisliklar bo’yicha tanlangan professional ta’lim muassasalarida ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv reja va dasturlari tajriba-sinovdan o’tkazilishi hamda natijalar bo’yicha xulosalar qabul qilinishi mumkin.
Professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi:
Ichki nazorat – Vazirlik va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ho’zuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’yicha davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida professional ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazoratni tashkil etish uchun professional ta’lim muassasalarida shtat birliklari ajratilishi mumkin.
Tashqi nazorat - Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi;
Davlat-jamoat nazorati - ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi va u bilan kelishilgan holda, nodavlat notijorat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi;
Yakuniy davlat attestatsiyasi - professional ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Professional ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o’tkazish tartibi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa, Vazirlik tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ho’zuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’yicha davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
O’quvchilarni professional ta’lim muassasalarida o’qitish Uzluksiz professional ta’lim tizimining ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasi bilan o’zaro hamkorligi asosida quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
Professional ta’lim muassasalari o’quvchilarining korxonalarda tizimli asosda ishlab chiqarish amaliyotini o’tashi uchun shart-sharoitlar yaratish, ish beruvchilarni o’quv jarayoniga, kasblar va mutaxassisliklari bo’yicha ta’lim standartlari, malaka talablari, o’quv reja va dasturlarini ishlab chiqishga jalb etish;
Uzluksiz professional ta’lim sohasida o’tkazilgan ilmiy izlanishlar natijalarini professional ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o’tkazish ishlarini tashkil etish;
Ish beruvchilar bilan birga ishlab chiqarish uchastkalari, qo’shma va unitar korxonalar tashkil etish asosida malakali kadrlarni tayyorlashning dual tizimini rivojlantirish;
Tashkil etilgan ishlab chiqarish uchastkalari, qo’shma va unitar korxonalarda o’quvchilarni tovar mahsulotlar ishlab chiqargan holda mehnat faoliyatiga vaishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;
Professional ta’lim muassasalari bitiruvchilariga bitiruv malakaviy ishlari mavzularini taklif etish jarayoniga korxona, tashkilot va boshqa ish beruvchilarni jalb qilish hamda ushbu bitiruv malakaviy ishlarida erishilgan natija va yechimlarni yoki ijrochi-bitiruvchilarning o’zlarini bunday loyihalarni joylarda amalga oshirishda ishtirokini ta’minlash;
Ishlab chiqarish ta’limi ustalarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonlarini bevosita ishlab chiqarishda amalga oshirilishiga erishish, ishlab chiqarishdagi malakali mutaxassislar - ishlab chiqarish vakillarini ta’lim jarayoniga jalb etish. Professional ta’lim muassasasida ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli bitirgan o’quvchiga davlat namunasidagi diplomberiladi.
Ushbu diplom olingan bilim, ko’nikma va malakalarini mehnat faoliyatida qo’llash huquqini beradi. Oldin ta’lim olgan kasb yoki mutaxassislik doirasida qo’shimcha kvalifikatsiyalarni o’zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatlar beriladi. Bitiruvchilarga belgilangan tartibda tegishli razryadlar belgilanadi.
Professional ta’lim muassasalarida beriladigan davlat namunasidagi diplom, sertifikat, guvohnoma va akademik ma’lumotnomalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat namunasidagi hujjatlarni to’ldirish, saqlash, bitiruvchilarga berish va hisobini yuritish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi. Davlat attestatsiyasidan o’tmagan bitiruvchilarga malaka talab etilmaydigan ish o’rinlariga joylashish huquqini beradigan ma’lumotnoma beriladi. Mazkur o’quvchilar 3 yil davomida davlat attestatsiyasi faoliyat ko’rsatayotgan davrda qayta davlat attestatsiyasidan o’tishlari mumkin. 3 yil davomida davlat attestatsiyasidan o’tmagan bitiruvchilar tegishli kursda qayta o’qishlari mumkin.



Download 379.62 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 379.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. Professional ta’lim muasassalarini rivojlantirishning tashkiliy boshqaruv tizimini metodik asoslari

Download 379.62 Kb.