Professional ta’lim muasassalarini rivojlantirishning mavjud holati




Download 379.62 Kb.
bet4/14
Sana12.11.2022
Hajmi379.62 Kb.
#30082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MONAGRAFIYAGA BIRINCHI BOB docx Восстановлен шфт 2
Ekotizmlarni o\'zgarishi. Suksessiya hodisasi, AMALIY ISH 25 - 30, putevoj list gruzovogo avtomobilja 4 m-blank, 4fdacb0b-b917-4ce0-883b-fe241c5f3851, Глубинный насос, Акт Камбайн, glassary mt
1.3 Professional ta’lim muasassalarini rivojlantirishning mavjud holati
Prezidentimizning “2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmonida “Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo’lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi” deb alohida ta’kidlangan.Prezidentimiz tomonidan sohada tub islohotlarni amalga oshirish va zamonaviy professional ta’lim tizimini barpo etishning maqsad va ustuvor vazifalari, bir so’z bilan aytganda, sohaning yangi missiyasi belgilab berildi.
Ushbu missiya mohiyati yangi sifat va formatda inson resurlarini rivojlantirish, yoshlarda ichki va tashqi mehnat bozori talab qilayotgan amaliy kvalifikatsiyalarni shakllantirish, ularning Vatanga muhabbatini, xalqiga sadoqatini yuksaltirishdan iboratdir.

Shu tariqa tizim oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi:


— hududlar va sohalar kesimida iqtisodiy taraqqiyotga munosib hissa qo’sha oladigan o’rta bo’g’in kadrlarini tayyorlash;
— yoshlarni malakali mehnat orqali o’z hayot farovonligini ta’minlashga o’rgatish; — o’z mehnat faoliyatiga innovatsion va kreativ yondashish, yaratuvchanlik,mantiqiy fikrlayolish , madaniy, ma’naviy potensialni rivojlantirish kabi kompetensiyalarni shakllantirish metodologiyasini yaratish.
Ana shu missiya va maqsadlarni ko’zlab, Prezidentimizning 2019 yil 6 sentyabrda “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon O’zbekiston tarixida yangi professional ta’lim tizimini tashkil etishga asos bo’lgan bo’lsa, 2020 yil 24 yanvarda davlatimiz rahbari o’z Murojaatnomasida “Joriy o’quv yilidan boshlab, mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo’lga qo’yilib, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar tashkil etiladi” deb mazkur tizimning ahamiyatini yana bir bor alohida ta’kidladi.
Bunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari barobarida tadbirkorlik, kichik biznes, oilaviy biznes, tomorqa biznesi, qurilish, xizmat ko’rsatish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik kabi tez sur’atlarda ravnaq topayotgan sohalar uchun ishchi kasblar bo’yicha malakali kadrlar tayyorlanishi ko’zda tutildi.
O’z navbatida, yangi tizimning barcha huquqiy-me’yoriy asoslari yaratildi. Jumladan, yaqinda “O’zbekiston Respublikasida Uzluksiz boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi hukumat qarori e’lon qilindi.
Qaror bilan Uzluksiz boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim to’g’risidagi nizom, Boshlang’ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarining namunaviy ustavi, O’rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning namunaviy ustavi hamda O’rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlarning namunaviy ustavi tasdiqlandi.
Ushbu hujjatlar asosida o’quv jarayoni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilgan ta’lim dasturlari asosida tashkil etiladigan 3 ta toifadagi ta’lim muassasalari faoliyati yo’lga qo’yiladi.
Joriy etilayotgan yangi tizim xalqaro andozalarga to’la mos bo’lishi uchun 14 ta xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalari o’rganildi.Germaniya, Shveysariya, Koreya, Turkiya va Xitoy hamda YuNESKO, Britaniya Kengashi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa ta’lim fondi, Turkiya hamkorlik agentligi, Xitoyning Universitetlar uyushmasi kabi qator xorijiy davlat va tashkilotlardan 200 dan ortiq nufo’zli xalqaro ekspertlar jalb etildi va ulardan salmoqli xulosalar olindi.
Yangi professional ta’lim muassasalarida ta’lim mazmuni, soni va sifati, ta’lim dasturlari, texnologiyalarining isloh qilinishi oqibatida quyidagi tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirildi:
Birinchidan, 2020/2021-o’quv yilida professional ta’lim tizimida respublika bo’yicha jami 725 ta ta’lim muassasasi, ya’ni 339 ta kasb-hunar maktabi, 200 ta kollej va 186 ta texnikum faoliyat ko’rsatishi belgilandi.
1-toifa — kasb-hunar maktablarida ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 3-darajasiga mos keluvchi 2 yillik ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilari boshlang’ich professional ta’lim oladi.
Kasb-hunar maktablarida ustuvor yo’nalish sifatida oilaviy biznes, tomorqa biznesi, qurilish, xizmat ko’rsatish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik kabi iqtisodiyotimizda muhim o’rin egallagan 200 dan ortiq ishchi kasblar bo’yicha kadrlar tayyorlanadi.
Kambag’allikka qarshi kurash doirasida, avvalo, kam ta’minlangan oilalar farzandlarida tadbirkorlikka, biznesga, pirovard natijada daromad olishga yo’naltiruvchi bilim, malaka va ko’nikmalar hamda kompetensiyalar shakllantiriladi.
2-toifa — kollejlarda ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 4-darajasiga mos keluvchi, kasblarning murakkablik darajasidan kelib chiqib, 2 yilgacha bo’lgan muddatlar davomida o’qitishga mo’ljallangan ta’lim dasturlari asosida o’rta professional ta’lim mutaxassislari tayyorlanadi.
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tasarrufida faoliyat ko’rsatadigan va shu sohadagi aniq ish o’rni uchun mutaxassislar tayyorlaydigan ushbu kollejlarga maktablarning 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi.
Kollejlarda Germaniya tajribasida yaxshi samara bergan “dual” ta’lim prinsiplari joriy etiladi: o’quvchilar haftaning ma’lum kunlarida kollejda nazariy bilim oladi, boshqa kunlari korxonaning o’zida biriktirilgan usta rahbarligida to’g’ridan-to’g’ri kelajakda ishlaydigan ish o’rnida amaliyot o’taydi.
3-toifa — texnikumlarda ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos keluvchi, bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bilan integratsiyalashgan, kundo’zgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida kamida 2 yil muddatga mo’ljallangan ta’lim dasturlari asosida 11-sinfni tugatgan yoshlar o’qitiladi.
2 yillik tahsildan so’ng bitiruvchilar oliy ta’lim muassasasida o’qigan kasbi bo’yicha suhbat asosida o’qishga qabul qilinishi mumkin.
Bu tizim oliy ma’lumot olish niyatida bo’lgan ko’p sonli maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini yaqin kelajakda 50-60 foizga yetkazish uchun xizmat qiladi.
Ikkinchidan, kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqildi. O’zbekistonda ilk bor Milliy kvalifikatsiya ramkasi, tarmoq kvalifikatsiya ramkalari, kasb va mutaxassisliklar bo’yicha professional standartlar hamda tabaqalashtirilgan ta’lim standartlari va dasturlari tasdiqlanib, joriy etilmoqda.
Uchinchidan, o’qitish muddatlari o’zgardi. Xususan, ilgarigi 3 yillik bir xil qolipdagi standartdan to’liq voz kechildi. Mutaxassisliklarning murakkablik darajasidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan o’qitish muddatlari joriy qilindi. Qo’shimcha ravishda professional ta’lim muassasalarini tugatgan yoshlarimizga kelgusida oliy ta’limda o’qishini davom ettirish va butun umr davomida o’z malakasini oshirib imkoniyati berildi.
To’rtinchidan, ta’lim dasturlari va shakllari o’zgardi. Endi ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg’unlashgan va mehnat bozori talablari asosida moslashuvchan kadrlar tayyorlash yangi professional ta’lim dasturlari asosida joriy etiladi.
O’z navbatida, ishchi kasblar bilan o’rta bo’g’in mutaxassislarini tayyorlash tizimi bir-biridan to’liq ajratildi va alohida o’quv reja hamda dasturlar asosida o’qitilishi belgilandi.
Kundo’zgi, kechki va sirtqi ta’lim shaklida 2 yilgacha muddatda o’qitish tizimi joriy etiladi. Misol uchun, oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bilan integratsiyalashgan xalqaro “Associate degree” darajasida mutaxassislar tayyorlash bo’yicha kamida 2 yil muddatga mo’ljallangan ta’lim dasturlari amaliyotga joriy etiladi.
Ta’lim dasturlari yakunlari bo’yicha bitiruvchilarga razryad ko’rsatilgan sertifikat, guvohnoma va diplom beriladi.
Beshinchidan, ta’lim texnologiyalari o’zgaradi. Bunda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, avvalo, Germaniya tajribasida yaxshi samara bergan “dual” ta’lim prinsiplari joriy qilinadi.
Professional ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlash maqsadida o’quvchilar egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini bevosita kundalik hayotida qo’llashga o’rgatadigan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim dasturlari yaratildi va yangi o’quv yilidan tadbiq etish boshlanadi.
Professional ta’lim muassasalari bazasida zamonaviy agrotexnologiyalarga o’qitishni joriy qilish, “simulyasion markazlar” faoliyatini yo’lga qo’yish amalga oshiriladi.
Yana bir muhim jihat, bundan buyon professional ta’lim muassasalari va kasb-hunarga o’qitish markazlari imkoniyatlaridan kelib chiqib, o’quvchilarni jalb qilgan holda issiqxona, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, bog’dorchilik, limonchilik, sabzavot yetishtirish, ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarida tadbirkorlik va kichik biznes tarmoqlari tashkil etiladi.
Oltinchidan, 2020/2021 o’quv yilidan boshlab, kollejlar va texnikumlar mehnat bozorining xususiyatlari, ish beruvchilarning texnologik jarayonlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonida foydalaniladigan fan (modul) va amaliyot dasturlarini ish beruvchilar bilan birga mustaqil ishlab chiqadi hamda amaliyotga joriy etadi. Bu degani, endi o’rta bo’g’in mutaxassislari oldindan aniq ish o’rniga ish beruvchi qo’ygan malaka talablari asosida tayyorlanadi va kelgusida o’sha ish o’rniga borib joylashadi.
Shuningdek, O’zbekistonda ilk marta 2020-2021 o’quv yilidan boshlab, professional ta’lim muassasalarida tadbirkorlikka yo’naltirilgan o’quv rejalari tajriba sinov-tariqasida joriy etiladi.
Yettinchidan, davlatimiz rahbarining “Innovatsiya bo’lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo’lmaydi”, degan so’zlaridan kelib chiqib, Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida innovatsion muhit, yangi makon yaratildi.



Download 379.62 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 379.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Professional ta’lim muasassalarini rivojlantirishning mavjud holati

Download 379.62 Kb.