|
Termiz muhandislik-texnologiya instituti
|
bet | 10/17 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 8,73 Mb. | | #260035 |
Bog'liq BITIRUV MALAKAVIY ISHI YUZIGeksan bilan ekstraksiya
Tantal va niobiyni geksan bilan ekstraksiyasi NSIva NF saqlagan suvli eritmalarda amalga oshiriladi. Suvli eritma va geksan orasidagi taqsimlanish koefisientini kuchli farqlanganganligi sababli Ta va Nb camarali ekstraksiyalanadi. Konsentratsiyasi 8n gacha bo‘lgan NF eritmasidan Ta ko‘proq ekstraksiyaga uchraydi.
Optimal sharoitda ajralish koeffitsienti 730 ga teng. Tantal va niobiylarning ekstraksiyalanish darajasi NF va NSI kislotalarning konsentratsiyasiga xamda eritmadagi ekstraksiyaga uchrovchi elementlarning miqdoriga bog‘liq masalan: dastlabki eritmadagi 140g/l Nb va 200g/l Ta bor bo‘lsa eritmaning kislotaligi NF 3,3n, NSIO,2n, bo‘lganda organik va suvli fazalar nisbati Ta ekstraksiyasi 1:1 bo‘lishi kerak. Eritma ekstraksion maqsadga jo‘natilib, u еrda aralashtirish va tindirish jarayonlari sodir bo‘ladi. organik fazada Ta konsentrlanadi. Unga Na2 CO3eritmasi qo‘shilib natiriy ftorotantalat cho‘ktiriladi. Eritmaga K2CO3 va NSI qo‘shilib niobiy K2NbF7xolida cho‘ktiriladi.
Nb va Ta ni ekstraksion ajratishning turli usullari mavjud, masalan: plavik kislata eritmasidan (SI-ionlarisiz) Nb va Ta ni ekstraksiya qilishda, Ta organik fazaga o‘tib, niobiy esa suvli fazada qoladi. Boshqa usullarga ko‘ra kolumbit-tantalit rudasini plavik kislatada eritish natijasida xosil bo‘lgan pulpadan ekstraksiyalashda yuqori konsentratsiyali (NF/14N dan yuqori) dan Ta bilan birgalikda Nb dan ekstraksiyaga uchraydi.
Organik fazadan Nb suv bilan yuvib chiqarib yuboriladi.
Uchunchi usul bo‘yicha esa NF eritmasidan geksan bilan niobiy va tantalning yuqori xloridagi ekstraksiyalanadi. Niobiy bunda suvli eritmada qoladi. Geksan ya’ni metilizobutilketon bilan ekstraksiya qilinganda quyidagi kompelekslar xosil bo‘ladi.
Demak tantal va niobiyning kislatali ftor komplekslari metilizopropilketon bilan oksoniy tuzlarining kompleks birikmalarini xosil qiladi. Bunda kislotaning vodorodi ketondagi kislorod bilan o‘zaro birikadi. Bu oksoniy tuzlari organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Tantal va niobiyningtributilfosfat bilan ekstraksiyasi
Tributilfosfat (TBF) niobiy va tantal sulfat ftoriddan (eng samarali) va tantal ftoridli eritmalaridan ekstraksiyalaydi 6n kislatali eritmada Nb ning taqsimlanishi koeffitsienti 80 ga, 12N li H2SO4 va NF aralashmasiga eritish orqali olingan eritmadan ekstraksion ajratish jarayoni va 2 bosqichli suv bilan reaksrtaksiya jarayoni natijasida 99% Nb
Organik fazadan 0. 4% Nb saqlagan tantal maxsuloti ajratib olinadi .
Agarda tantal kislatasining yuqori konsentratsiyasiga ozroq H2SO4 qo‘shib ekstrakssiya jarayoni olib borilsa, unda tantal va niobiyning xammasini organik fazaga o‘tadi eritmada esa Fe, Mn, In, Sn kabi aralashmalar qoladi chunki bu moddalar yuqori konsentratsiyalarda ekstraksiyalanmaydi. Shunday qilib, ekstraksiya usulida tantal va niobiy ajratish uch bosqichdan iborat bo‘ladi.
1. Tantal va niobiyni ekstraksiya qilgan holda aralashmalardan ( Fe, Mn, In, Sn va boshk. alar) tozalanadi.
2. Organik fazadan suv bilan ekstraksiya qilib niobiyni olish
3. Suv yoki ammoniy ftortid tuzlarini suvli eritmalari ( masalan NH4F) bilan ektraksiya qilib, tantalni ajratish
Nitrat-ftoridli eritmadan uzluksiz ekstraksiya kolumbit HNO3 va NF aralashmasi bilan parchalashga asoslangan. Dastlabki eritma 45g/l Nb, 25g/l Ta saqlagan va kislataligi 8n NF va 3n HNO3mos keladi. Organik va suvli faza nisbati 3 bo‘lganda kislatalar bilan to‘yintirilgan eritmadan ekstragent yordamida 6 bosqichga ekstraksiyalanadi. Bunda 0. 9% Nb organik fazaga o‘tib,u 0.5n NF bilan (ortiqcha xajmda ) ekstraksiyalanadi. Organik fazadan tantal Na2 CO3 eritmasi bilan ajratib olinadi.
|
| |