Termiz muhandislik-texnologiya instituti




Download 8,73 Mb.
bet9/17
Sana04.06.2024
Hajmi8,73 Mb.
#260035
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
BITIRUV MALAKAVIY ISHI YUZI

II.Asosiy qism
2.1. Ekstraksiya usulida tantal va niobiyni ajratib olish
So‘nggi yillarda gidrometallurgiyada ekstraksiya jarayoni ko‘p ishlatilmoqda. Bu jarayon suvli eritmalardan modda va modda birikmalarini organik erituvchilar ishtirokida ajratib olishga asoslangan. Suvli va organik erituvchi bir-biriga qo‘shilganda suvli eritmadagi moddalarning har ikki faza bo‘yicha tarqalishi ekstraksiya deyiladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng har ikki faza o‘rtasida muvozanat qaror topadi. Muvozanat vaqtida moddalarning taqsimlanish koeffitsenti bilan tavsiflanadi. Uni qiymati organik fazadagi konsentratsiyasi bilan suvli fazadagi konsentratsiyalar nisbati orqali aniqlanadi.

Taqsimlanish koeffitsenti erituvchining tabiatiga, ajratib olinadigan moddalar konsentratsiyasiga, eritma muhitiga, temperaturaga va eritmada boshqa moddalarning bor yoki yo‘qligiga bog‘liq bo‘ladi. Organik fazaga, asosan suvli fazadan dissotsilanmagan moddalar o‘tadi. Shuning uchun kuchsiz elektrolitlar yaxshi ekstraksiyalanadi. Agarda suvli eritmada ikkita modda bo‘lsa, ularning ajralishi taqsimlanish koeffitsentlari nisbati orqali ifodalanadi va bu qiymatning ajralish koeffitsenti deyiladi .
Bu qiymat ikki moddanig samarali ajralishini ko‘rsatadi. Agarda ning qiymati 2 va undan katta bo‘lsa, unda ikkita moddani ekstraksiya usuli bilan ajratish mumkin. Organik erituvchilar sifatida organik birikmalar: efirlar, ketonlar, spirtlar, aminlar, uglevodorodlar ishlatiladi.
Erituvchilar ajratib olinishi kerak bo‘lgan moddalarga nisbatan ekstraksiyalash qobiliyatiga va undan moddalarni qaytarish hamda suvda kam eruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga suvning zichligidan erituvchining zichligi kichik, qovushqoqligi kam bo‘lishi kerak. Tantal va niobiyni ekstraksiya usulida ajratish samarali bo‘lib,bunda quyidagicha ekstragentlar bilan ekstraksiyalash tavsiya etilgan.
1) Tantal va niobiyni xloroftoridga kubferronat bilan ekstraksiyasi,
2) Konsentrlangan NSI eritmasidan niobiyni metildioksitilamining ksiloldagi eritmasidan ekstraksiyasi
3) Koloksil noorganik kislatalar bilan asetil aseton, dimetilefir,tributilfosfat, dibutilfosfat kislatasi, geksan, oktilamin, siklogeksanon va boshqalar bilan ektraksiyasi.
Shular ichidan eng samarali ekstragent sifatida geksan ( metilizobutilketon) va tributil fosfatlar qo‘llaniladi. Ular kam uchuvchan, suvli fazaga o‘tkazish ekstraksiyalash xususiyatiga ega hamda arzon. Tributilfosfat metilizobutilketon esa nisbatan yuqori xaroratda qaynaydi va yonadi. Kamchilligi zichligi va qovushqoqligi kattaligi.
Ularning ayrim xususiyatlari 1-jadvalda berilgan

Xossasi

Metilizobutilketon

tributilfosfat

Kimyoviy formulasi
Qaynash harorati

Zichligi
Qovushqoqligi


Uchqun hosil qilish darajasi
Suvda eruvchanligi


115. 6oS
0,80

0,546
27 oS


1,7-2,2


177-178 oS 289 oS da parchalanadi
0,97
3. 45
145 oS
0,6


Download 8,73 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Download 8,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz muhandislik-texnologiya instituti

Download 8,73 Mb.