|
Termiz muhandislik-texnologiya instituti
|
bet | 5/17 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 8,73 Mb. | | #260035 |
Bog'liq BITIRUV MALAKAVIY ISHI YUZILOPARIT. Umumiy formulasi (Na, Ca, Ge …)2(Ti,Nb)2O5bo‘lib, natriy, kalsiy va siyrak еr elementlarining titano-niobatlaridir. Ular tarkibini massa bo‘yicha quyidagicha ifodalash mumkin (%): TiO239,2-40; In2O3 32-34; CaO 4,2-5,2; (Nb,Ta)2O5 8-10%, Na2O 7,8-9 %; ZrO 2,0-3,4; K2O 0,2-0,7; ThO2 0,2-0,7. Tantalning miqdori niobiyga nisbatan 15 marta kam bo‘ladi. Mineralning zichligi 4,75-4,89 g/sm3.
PIROXLOR. Mineralning umumiy formulasi(Na,Ca)2(Nb,Ti)2*[F, OH]O6. U niobat-tantalat ko‘rinishida bo‘lib, tarkibida natriy, kalsiy, siyrak еr elementlari va boshqa tarqoq elementlar kationlari bo‘ladi. Uning tarkibi o‘zgaruvcha bo‘lganligi sababli bu undagi piroxlor va mikrolitda izomorfizi borligi bilan tushuntiriladi. Lekin piroxlorda Ta2O5 oksidning miqdori 10 %, mikrolitda Nb2O5 еsa bir necha foizdan oshmaydi. Shu sababli to‘liq izomorfizi kuzatilmaydi. Ushbu mineralning bir necha turlaru bo‘ladi: mariyankiv, koppit, betafit va boshqalar. Piroxlor niobiyning eng muhim xom-ashyo manbai hisoblanadi. Uning konlari Kavkaz, Ukraina, Kanada, Braziliyada topilgan. YeVKSINIT. Quyidagitarkibga ega (Y,Ce,U,Ca,Th)(Ti,Nb,Ta)2O6. Lekin bu tarkib o‘zgaruvchan. (Nb-Ta):Tiga nisbati 3:2. Asosiy elementlar quyidagicha o‘zgarib turishi mumkin. (%):Nb2O5 3,83-47; UO2 0,67-14,70; Ta2O5 47,31gacha; ThO2 4,96; (Y,Er)2O3 13,20 -31,45; CaO 0,48-4,86; (Ce,La)2O3 0,44-9,54. Ilmenit, monatsit, ksenotim, sirkon, berill va boshqa minerallar bilan birgalikda pigmatit granti tarkibida uchraydi.
ILMENO-RUTIL. Tarkibi (Ti,Nb,Ta,Fe)O2. Mineralning tarkibi juda beqaror (%): TiO238,24-66,24; ZrO2 0,03 gacha;FeO 15gacha; Nb2O5 42,66; SnO22,60 ; Ta2O539,6;Al2O3 0,54;MgO 0,54; SiO2 0,32-0,93 ; Fe2O3 5,0; CaO 0,44; H2O 0,66ga qadar bo‘ladi. Mineralning kimyoviy tarkibi aniqlanmagan. Ba’zilar uni rutil (TiO2) ning mossit (Fe,Mn) (Nb,Ta)2O6 bilan izomorf aralashmasi desa boshqalar titan-niobatlarning kompleksi deb hisoblashgan.
|
| |