• IV. Iqtisodiy qism
  • Xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 56
  • “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ
  • Mavzuning dolzarbligi.
  • Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari.
  • III.Texnologi hisob qismi




    Download 8,73 Mb.
    bet2/17
    Sana04.06.2024
    Hajmi8,73 Mb.
    #260035
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    BITIRUV MALAKAVIY ISHI YUZI

    III.Texnologi hisob qismi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . …..33
    3.1. Material balansi hisobi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ..…33
    3.2. Asosiy uskunaga qo‘yilgan talablar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …36
    IV. Iqtisodiy qism . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …..38
    V. Hayot faoliyati xavsizligi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ….42
    5.1. Atrof muhitni muhofaza qilish . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ……42
    5.2. Mehnat muhofazasi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 47
    5.3.Fuqarolar muhofazasi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ...52
    Xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 56
    Foydalanilgan adabiyotlar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …57
    KIRISH
    Prezidentimiz rahnamoligida Sanoat tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish jarayonida mahalliy xomashyo mahsulotlaridan import o‘rnini bosadigan, eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar sanoat ishlab chiqarish hajmining oshib borishida muhim omil bo‘lmoqda. An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan tarmoq sanoat yarmarkalari va birjalar yakunlari, tuzilayotgan shartnomalar hajmi, ishtirokchilar soni yildan-yilga ko‘payib borayotgani buning tasdig‘idir.
      O‘zbekiston Prezidentining “Geologiya sohasiga investitsiyalarni faol jalb etish, tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish va respublika mineral-xomashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
    Qarorga ko‘ra, geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi alohida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, “Qizilqumgeologiya” AJ, “Samarqandgeologiya” AJ, “Surxongeologiya” AJ, “Hisorgeologiya” AJ, “Toshkentgeologiya” AJ, “Markaziy laboratoriya” DUK va “Geoburtexnika” DUKlarni birlashtirish yo‘li bilan ular negizida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tashkil etildi. Hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadal amalga oshirish orqali respublika mineral-xomashyo bazasi rivojlantirilishini ta’minlash Aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
    Qaror bilan “Davlat geologiya qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalarni isloh qilish, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va raqamlashtirishni keng joriy qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
    “Yo‘l xaritasi”da, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan: joriy yilda 50 ta kon va istiqbolli maydonlarni mahalliy va xorijiy investorlarga ochiq va shaffof mexanizmlar asosida foydalanishga berish; “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqish; geologiya sohasida olib borilayotgan 57 ta ilmiy tadqiqot (tajriba-uslubiy, fundamental, amaliy va innovatsion) loyihalarini amalga oshirish. Qarorga ko‘ra, davlat geologiya qo‘mitasining yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. 2022 yildan boshlab еr qa’ridan foydalanuvchilar har yili 1 fevralga qadar geologiya qidiruv ishlari va foydali qazilma zaxiralarini ko‘paytirishning o‘tgan yilda erishilgan natijalari hamda joriy yilga rejalashtirilgan hajmi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etilishi talab etiladi. 
    Shuningdek, qarorga ko‘ra:
    • geologik jihatdan kam o‘rganilgan еr qa’ri uchastkalarini xalqaro standartlar asosida bloklar (maydonlar)ga ajratish tizimi joriy etiladi;
    • kam o‘rganilgan еr qa’ri uchastkalaridan geologik jihatdan o‘rganish uchun foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomalar “birinchi kelgan birinchi oladi” prinsipi asosida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda beriladi;
    • o‘rganilganlik darajasi va kon ochish salohiyati yuqori bo‘lgan maydonlardan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomalar “E-AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkaziladigan auksion natijalariga ko‘ra beriladi.


    Mavzuning dolzarbligi. Fan-texnika va texnologiyaning jadal suratlarda rivojlanishi natijasida Tantal va niobiy metallarini radiotexnikada, elektrotexnikada, korroziyabardosh po‘latlar ishlab chiqarishda, tibbiyotda va sanoatning bir qancha tarmoqlari rivojida, xalq xo‘jaligida ishlatiladigan ko‘plab buyumlarni sifatli qilishda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa raketasozlik va samolyotsozlikda bosh qismlarini mustahkam qilib yasashda, tibbiyotda esa suyaklarni, bosh suyaklarni tantal va niobiy simlaridan foydalanib ulashda keng foydalaniladi. Shu sababli ham tantal va niobiyni ishlatilish sohalarini o‘rganib chiqish hamda sanoatning barcha sohalariga joriy etishni takomillashtirish mavzuning dolzarbligidir.
    Hozirgi kunda texnika va texnologiyalarni joriy etish,kamyob, tarqoq metallar ishlab chiqarish jarayonlarini ratsional tashkil etish muhim hisoblanadi. Bugungi kunda foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat balansida jami sanoatda o‘zlashtirishga tayyor 1931 ta kon hisobga olingan. Natijada mamlakatimiz oltin, uran, mis kabi foydali qazilmalar zahiralari bo‘yicha dunyoning kuchli o‘nligiga kiritilgan.
    Geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirishga mo‘ljallangan 14 ta еrosti suvlari, 5 ta oltin, 3 ta kvars, 1 tadan temir rudasi, volfram, yonuvchi slaneslar bilan birga, jami 26 ta kon sanoatda o‘zlashtirishga tayyorlangan.
    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkentda o‘tkazilayotgan geologik razvedka ishlarining samaradorligiga va mineral xom-ashyo va qimmatbaho metallar zahira bazalarini kengaytirishga bag‘ishlangan majlisidagi so‘zlariga ko‘ra, bugungi kun tartibida еr osti boyliklarini geologik razvedka qilish, foydalanish, qo‘riqlash va boshqarish masalalariga bog‘liq bir qator dolzarb masalalar turibdi.
    “Ushbu sohada еr osti boyliklaridan samarali foydalanish, ularni qo‘riqlash va boshqarish borasida aniq mexanizm yo‘q. Xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish yordamida, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining butunlay yangi tarkibi va faoliyatining yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish kerak, uning salohiyatini oshirish kerak”, - dedi prezidentimiz Sh. M Mirziyoev.
    Ushbu yil davomida davlat komissiyasi tomonidan O‘zbekistonda 13 ta konlar bo‘yicha foydali qazilmalar zahiralarini baholangan. Yil oxiriga qadar yana 13 ta kon bo‘yicha zahiralar aniqlanishi rejalashtirilgan.
    Prezidentimiz respublikaning tog‘-kon sanoati еtakchi korxonalaridan bo‘lgan Navoiy va Olmalik kombinatlari faoliyatida alohida to‘xtalib o‘tdi.
    Xususan, Navoiy tog‘-kon kombinatida 2026 yilga qadar umumiy qiymati 3,6 milliard dollar bo‘lgan 27ta loyiha amalga oshirish rejalashtrilgan. Buning natijasida ishlab chiqarish hajmi 30%ga oshishi va 31 ming ish o‘rinlari yaratilishi kerak.
    Olmaliq tog‘-kon kombinatida umumiy qiymati 2,7 milliard dollar bo‘lgan 18ta sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Ular orasida “Yoshlik-1” va “Yoshlik-2” yangi konlar, “Samarchuki” - еr osti konini o‘zlashtirish hamda Surxondaryoning Sherobod tumanida sement zavodi qurish loyihalari bor.
    Ko‘pchilik mineral xom-ashyoning tayyorlangan zaxiralari mavjud tog‘- kon sanoati koplekslarining uzoq muddatini mis, davomida ishlab turishini taminlabgina qolmay, shu bilan birga bir qator strategik foydali qazilmalarni qazib olish quvvatlarini oshirishga imkon beradi. Hozirning o‘zidayoq O‘zbekiston iqtisodiyotida mineral xom-ashyoni qazib olish va qayta ishlash еtakchi o‘rinlardan birini egallamoqda. Qidirib topilgan zaxiralar negizida 400 ga yaqin kon, shaxta, kar’er, neft-gaz konlari ishlab turibdi.
    Respublikamiz dunyodagi juda katta oltin, kumush, qimmatbaho hamda еr bag‘rida kam uchraydigan metallar zaxiralariga ega bo‘lgan davlatlar jumlasiga kiradi. Shuningdek, mamlakatimiz qator konda uchraydigan nodir va tarqoq metallarni ajratib olish hamda ishlab chiqarish uchun ishonchli xom-ashyo bazasiga ega. Ularning bir qismi masalan, litiy, mustaqil konlarda jamlangan, boshqalar mis, polimetall, uran va boshqa foydali qazilmalar konlaridan yo‘ldosh moddalar sifatida ajratib olish mumkin. Mis rudalari bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi, chunonchi, oltin, kumush, molibden, kadmiy, indiy, tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy va boshqalar ham qazib olinadi.
    Kamyob metallar ishlab chiqarish texnologiyasi ishlatiladigan xom-ashyolarning xususiyatiga, metallarning fizik-kimyoviy xossalariga hamda ishlab chiqariladigan maxsulotlarga bo‘lgan talablarga bog‘liq. Madanlarda kamyob metallarning miqdori juda kam bo‘lganligi sababli ular daslab dastlab boyitiladi. Kamyob metallar bo‘lgan rudalarning tarkibi juda murakkab: ular volfram-molibdenli, titan-niobiy, tantalli, uran-vanadiy, litiy-seziyli, volfram-surmali, zirkoniy-niobiyli bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, kamyob metallar kimyoviy korxonalarning hamda rangli va qora metallurgiya zavodlarining chiqindilari tarkibida ham bo‘ladi. Shuning uchun bu xom-ashyolarning kompleks ravishda ishlash va undan asosiy maxsulotlarni ajratib olish katta ahamiyat kasb etadi.
    Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari. Tantal va niobiy metallarini ajratishning ekstraksiya uskunasining texnik iqtisodiy asoslash, xosh-ashyolarning kimyoviy va mineralogik tavsifi, tantal va niobiy rudalarini boyitish va qayta ishlash, ishlab chiqarishning texnologik tizimi sxemasi, material balansi, ekstraksiya uskunasining atrof-muhitga ta’sirini o‘rganish. Bunda boradigan fizik-kimyoviy asoslarini o‘rganish.

    Download 8,73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 8,73 Mb.