• 2-bob. O‘yinni o‘tkazish tartibi 2.1 . «Zakovat» intellektual o‘yini
  • «Zakovat» intellektual o‘yini




    Download 0.5 Mb.
    bet2/4
    Sana03.05.2023
    Hajmi0.5 Mb.
    #55853
    1   2   3   4
    Bog'liq
    ZAKOVAT NIZOMI
    2665-1 23.06.2017, Davlat tilida ish yuritish06, Сам работа -1, 1.ornatilgan tizimlar va ularning dast, бизнес, Mavzu pedagogik kengash va uni o‘tkazish metodikasi reja Kiris, o‘tkazish metodikasi, Diagrammadan xulosa chiqarish. Ustunli diagramma ustunlari rangini oʻzgartirish, koparativ, diogrammalar bilan ishlash, BT 2oliy MT mavzulari, Образец объективки Утвержденый 2 (2), iqtisodiy islohatlar sharoitida mikrofirmalar va kichik korxonalarni, Очиқ дарс таҳлили
    «Zakovat» intellektual o‘yini davomida jamoaning asosiy tarkibida ko‘pi bilan 6 nafar, kamida 4 nafar ishtirokchi qatnashishi mumkin. Har bir savol tugagach, jamoa 2 nafargacha a’zolarini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqida tashkiliy qo‘mitani ogohlantirish lozim.



    2-bob. O‘yinni o‘tkazish tartibi
    2.1. «Zakovat» intellektual o‘yini liga shaklida 6 ta tur davomida belgilangan nizom asosida ishtirokchilarni xabardor qilgan holda tashkil etiladi.


    3-bob. Savol-javob jarayoni
    3.1. Jamoalarga xar bir turda 20 tadan savol beriladi.
    3.2. Savollar o‘zbek tilida, mantiqiy mazmunga ega, “Nima? Qayerda? Qachon?” o‘yinlarining xalqaro standartlariga javob beradigan ko‘rinishda bo‘1adi. Savollar orasidan turli fanlarga oid mantiqiy savollar ham o‘rin egallaydi.
    3.3. Jamoalarga bir paytda bir xil savol beriladi, jamoalar o‘z javoblarini maxsus javob blankalariga yozib berishlari lozim bo‘1adi. Maxsus javob blankining yuqori qismida albatta jamoa nomi va savol raqami ko‘rsatilishi kerak. Ushbu ma’1umot1ar hamda jamoaning javob varianti maxsus javob blankning bir tomonida bo‘lishi kerak.
    3.4. Har bir savolni o‘y1ash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Boshlovchi 50 soniya bo‘lganda vaqt tugashiga 10 soniya qolgani haqida ogohlantiradi.
    3.5. 1 daqiqa vaqt tugagach, jamoalar o‘z javoblarini maxsus javob blanklariga yozishlari uchun yana qo‘shimcha 10 soniya beriladi. Bunda boshlovchi 10 dan 1 gacha ovoz chiqarib sanaydi.
    3.6. Jamoalar savol berilib, “vaqt ketdi” ishorasi bildirilgandan so‘ng jami 1 daqiqayu 10 soniya ichida javob variantlarini yozib, maxsus javob blankani baland ko‘targan holda turishlari lozim.
    3.7. Jamoalarning javob variantlari oldindan maxsus tayinlangan sekundantlar tomonidan yig‘ib olinadi va hisob-komissiyasiga topshiriladi. Javob blanklarini jamoa a’zolari tomonidan mustaqil olib kelinishiga yo‘1 qo‘yilmaydi.
    3.8. O‘z vaqtida javob blankasini ko‘tarishga ulgurmagan jamoaning javobi qabul qilinmaydi. Bunda jamoaning javobi garchi to‘g‘ri bo‘lsa ham, ochko berilmaydi. Kechikkan jamoaning javob blankasiga kechikkanligi to‘g‘risida maxsus belgi qo‘yiladi.

      1. Javob varianti tushunarli husnixat bilan yozilgan bo‘lishi va aniq javobni ko‘zlashi lozim. Mantiqiy tugallanmagan javob varianti qabul qilinmaydi.

      2. Javob blankasida faqat 1 ta javob varianti aks etishi lozim. Ikki yoki undan ortiq variant yozilgan javob varlantlari, garchi ulardan biri to‘g‘ri bo‘lsa ham, qabul qilinmaydi va jamoaga ochko berilmaydi.

      3. Ustiga chizilgan, ustidan bo‘yalgan yoki qavsga olingan javob variantlari hisobga olinmaydi. Masalan, savolning to‘g‘ri javobi “Qulf va kalit” deylik. Bunday vaziyatda jamoa javob blankasiga “qulf so‘zini yozdi va qavs ichida “(kalit)” deya qo‘shib qo‘ydi. Bunday holatda jamoaning javobi aniq javob sifatida qabul qilinmaydi va ochko berilmaydi.

      4. Jamoalar turnir davomida qo‘shimcha manbalardan (telefon, planshet, shpargalka va h.k.) foydalanishi taqiqlanadi. Kuzatuvchilar tomonidan bunday holat aniqlangan taqdirda jamoa a’zolari to‘liq tarkibi bilan turnirdan chetlatiladi va ularning barcha ochkolari bekor qilinadi.

      5. Savol-javoblar o‘ynalayotgan jarayonda jamoa a’zolarining o‘rnidan turishi, joy almashishi, boshqa jamoa vakillari yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishi, baland ovozda, boshqalarga xalaqit beradigan darajada shovqin qilishi va o‘yin jarayoniga oid bo‘lmagan boshqa xatti-harakatlar qilishi taqiqlanadi, favqulodda holatlar bundan mustasno. Bunday holat aniqlangan taqdirda jamoaga ogohlantirish berilishi yoki 1 ochkodan 3 ochkogacha jarima bali ushlab qolinishi mumkin. Agar ogohlantirish va jarima ochkolaridan keyin ham ushbu holat takrorlanaversa, jamoa o‘yindan chetlatiladi va ularning barcha ochkolari bekor qilinadi.




    Download 0.5 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0.5 Mb.