• 5-bob. Apellyatsiya tartibi
  • Termiz muhandislik-texnologiya instituti




    Download 0.5 Mb.
    bet3/4
    Sana03.05.2023
    Hajmi0.5 Mb.
    #55853
    1   2   3   4
    Bog'liq
    ZAKOVAT NIZOMI
    2665-1 23.06.2017, Davlat tilida ish yuritish06, Сам работа -1, 1.ornatilgan tizimlar va ularning dast, бизнес, Mavzu pedagogik kengash va uni o‘tkazish metodikasi reja Kiris, o‘tkazish metodikasi, Diagrammadan xulosa chiqarish. Ustunli diagramma ustunlari rangini oʻzgartirish, koparativ, diogrammalar bilan ishlash, BT 2oliy MT mavzulari, Образец объективки Утвержденый 2 (2), iqtisodiy islohatlar sharoitida mikrofirmalar va kichik korxonalarni, Очиқ дарс таҳлили
    4-bob. G‘olibni aniqlash tartibi

      1. Har bir savolga bir ochkodan beriladi. O‘yinda eng ko‘p ochko olgan jamoalar g‘olib sifatida topiladi. Bunda jamoalaming apellyatsiya natijasida olgan ochkolari ham inobatga olinadi.

      2. Agar sovrinli o‘rinlar uchun ikki yoki undan ortiq jamoalar bir xi1 ochko olsa, unda ular o‘rtasida birinchi to‘g‘ri/noto‘g‘ri javobgacha qo‘shimcha savollar beriladi. Sovrinli o‘rin1arga da’vogarlik qilmaydigan bir nechta jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha o‘yin o‘tkazilmaydi.



    5-bob. Apellyatsiya tartibi


      1. O‘yinda yuzaga keladigan bahsli vaziyatlarni hal qilish uchun Apellyatsiya hay’ati (keyingi o‘rinlarda — AH) tashkil etiladi.

      2. Quyidagi mazmundagi apellyatsiyalar qabul qilinadi:

    1. javobni to‘g‘ri deb hisoblash bo‘yicha apellyatsiya — jamoaning hisob komissiyasi ochko bermagan savol(lar)ga bergan javobini hisoblash uchun qilgan murojaati;

    2. savolni noto‘g‘ri deb hisoblash bo‘yicha apellyatsiya — jamoaning savol matnida yoki javobida faktik xatolar borligi uchun savolni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qilgan murojaati.

    Boshqa mazmunda berilgan apellyatsiyalar (masalan, boshqa jamoalarning javobini hisoblash yoki hisoblamaslik bo‘yicha) qabul qilinmaydi.

      1. Apellyatsiyalar faqat jamoa sardorlari tomonidan yozma ravishda beriladi.

      2. Apellyatsiya berish uchun jamoadan 2 yoki undan ortiq vakilning AH oldiga kelishi, yaqinlashishi, apellyatsiya jarayoniga aralishishi qat’iiyan man etiladi. Ushbu holatlar aniqlanishi bilan jamoa apellyatsiya berish huquqidan mutlaqo mahrum etiladi va shu holat yuz bergungacha apellyatsiya natijasida hisoblangan ochkolari ham bekor qilinadi.

      1. Apellyatslya maxsus tayinlangan AH tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu jarayonga boshqa shaxslaming aralashishi taqiqlanadi.

      2. AH 3 nafar a’zo va 1 nafar kotibdan iborat bo‘ladi. AH kotibi ovoz berish va muhokamada qatnashish huquqiga ega emas. U AH qarorining rasmiylashtirilishiga yordam beradi.

      3. AH ochiq ovoz berish yo‘li orqali qaror qabul qiladi. Bunda oddiy ko‘pchilik ovoz qoidasl amal qiladi. Ya’ni 3 kishidan 2 kishi “ha”, 1 kishi “yo‘q” deb ovoz bergan bo‘1sa, unda o‘sha javob qabul qilinadi yoki aksincha. AH a’zolari betaraf qolishi mumkin emas.

      4. Agar savolning noto‘g‘riligi uchun apellyatslya tushmagan bo‘lsa, unda AH savolni o‘z tashabbusi bilan hisobdan chiqarish huquqiga ega emas.

      5. Agar AH qarori natijasida noto‘g‘ri savol hisobdan chiqarilsa, unda o‘sha savol uchun barcha jamoalarning ochkolari bekor qilinadi va o‘sha savol bo‘yicha apellyatsiyalar ham ko‘rib chiqilmaydi.

      6. Javobni to‘g‘ri deb hisoblash bo‘yicha apellyatsiya kelib tushmagan bo‘lsa ham, AH xuddi shu savol bo‘yicha berilgan boshqa apellyatsiya natijasida jamoalarga ochko yozishl mumkin. Masalan, savolning to‘g‘ri javobi “chiston”. Bir jamoa “she’riy topishmoq” degan qabul qilinmagan javob variantiga apellyatsiya berdi. AH tomonidan ushbu javob varianti to‘g‘ri deya qabul qilindi va jamoaga ochko berildi. Bunday vaziyatda apellyatsiya bergan yoki bermaganidan qat’iy nazar, “she’riy topishmoq” variantini yozgan barcha jamoalarga ochko taqdim etiladi.

      7. Apellyatsiyani ko‘rib chiqish jarayonida aniqlashtirish uchun internet vositalari yoki boshqa manbalardan foydalanlsh mumkin.




    Download 0.5 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz muhandislik-texnologiya instituti

    Download 0.5 Mb.