1.2. Prokat to‘sinlarni hisoblash
Yordamchi to‘sinlar va to‘shama to‘sini qo‘shtavr kesimli prokatlardan loyihalanadi. Bu turdagi profillar sortamenti 1 va 2 jadvallarda keltirilgan. Bu to‘sinlarning hisobiy sxemasi bir ravoq(prolyot)li sharnirli tayangan bo‘lib, unga to‘sinning xususiy og‘irligi yopmaning xususiy og‘irligi va yopmaga tushayotgan foydali yuk ta’sir etadi.
Kesim yuzasining talab qilingan qarshilik momenti:
(3)
bu yerda: Mmax – to‘sindagi maksimal eguvchi moment;
c1 – kesim yuzasida plastik deformatsiyani oshishini e’tiborga oluvchi koeffitsient;
R y– po‘latning hisobiy qarshiligi;
c – ishlash sharoitini hisobga oluvchi koeffitsient.
Agar to‘sin qayishqoq ishlasa, u holda koeffitsient s1 = 1,0 ga, plastik deformatsiya e’tiborga olinganda koeffitsient s1 = 1,1 ga teng deb qabul qilinadi. Prokat to‘sinlarni plastik deformatsiya e’tiborga olgan holda hisoblash tavsiya etiladi.
Wmr - ning aniqlangan qiymati asosida “Sortament”ga asosan Wx ≥ Wmp. Shartni qanoatlantiruvchi profil tanlanadi. Bunday to‘sinning mustahkamligi ta’minlangan hisoblanadi.
To‘sinning bikrligi quyidagi formula bilan tekshiriladi:
f ≤ [f], [f] = l / 200 (4)
Yukning tekis taqsimlangan holatida to‘sining egilishi quyidagicha aniqlanadi:
(5)
bu yerda: qn – yukning me’yoriy qiymati;
E – po‘latning elastiklik moduli – 2,06 ·105 MPa ,
Ix - x–x o‘qiga nisbatan kesim yuzasining inersiya momenti.
Agar salqilik bo‘yicha shart bajarilmasa, u holda inersiya momenti katta bo‘lgan profil tanlanadi va tekshirish qayta amalga oshiriladi.
Agar to‘singa yaxlit to‘shama tayangan bo‘lib unga maxkamlangan bo‘lsa, uning umumiy ustivorligi tekshirilmaydi. Agar unga ustidan to‘shama to‘sin tayansa uning ustivorligi quyidagi formula bilan tekshiriladi:
(6)
bu yerda: l0 – mahkamlangan nuqtalar orasidagi masofa (yuqorida yotuvchi to‘sinlar qadami);
b, t – to‘sin tokchasining eni va qalinligi;
h0 – tokcha o‘qlari orasidagi masofa.
Parametr δ to‘sinning elastik holatida δ = 1 ga, plastik deformatsiyani hisobga olganda esa δ = 0,3 ga teng.
Agar (6) formula bo‘yicha tekshirish bajarilmasa, u holda to‘sinning erkin uzunligini l0, kamaytirish yuqorida yotuvchi to‘sinlarni kichik qadam bilan joylashtirish yoki keng belbog‘li qo‘shtavr tanlash kerak.
|