To‘sin katagini joylashtirish




Download 2,31 Mb.
bet3/14
Sana23.05.2024
Hajmi2,31 Mb.
#251326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Металл конструкциялари Kurs Loyihasi sh sh SH asil

1. To‘sin katagini joylashtirish

Talabalarga to‘sin katagining asosiy parametrlari kurs loyihasining topshirig‘i orqali beriladi. Bu ma’lumotlarga bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda ustun qadami, to‘shama ustining belgisi, yopmaga tushayotgan foydali yuk, konstruksiya materiallari sinfi kiradi.


Loyihani bajarishda to‘sin katagini joylashtirishning ikki usuli, ya’ni normal va murakkab joylashtirish variantlari ko‘rib chiqiladi (1–rasm). Variantlarni tanlash eng kam po‘lat sarflangan variantga asoslanadi.
b)
1-rasm. To‘sin katagini joylashtirish:
a) – normal, b) – murakkab.
1.1. To‘shama hisobi
Ikkala variant bo‘yicha ham po‘lat listlarning qalinligi 1 – jadvalga asosan foydali yukning qiymatiga mos ravishda tanlanadi.
To‘shamaning tavsiya qilingan qalinligi.
1 – jadval

Foydali yuk Pn (kn/m2)

10 gacha

11 – 20

21 – 30

> 30

To‘shama qalinligi tH (mm)

6 – 8

8 – 10

10 – 12

12 – 14

Qabul qilinadigan to‘shama qalinligi karraligi 2 mm ga teng bo‘lishi kerak. To‘shamaning maksimal ruxsat etilgan egilishning [f/l] = 1/150 qiymatida uning bikrlik shartidan quyidagi formula orqali aniqlanadi:




(1)

bu yerda: tH – to‘shama qalinligi, Pn – to‘shamaga ta’sir qilayotgan foydali yuk.


To‘shama normal joylashtirishda to‘shama to‘sini(yordamchi to‘sin)ga, murakkab joylashtirishda esa to‘shama to‘sini(to‘sin)ga tayanadi. Bu to‘sinlarning qadami to‘shama ravog‘idan katta bo‘lmasligi kerak, lekin to‘shama to‘sin tokchasining enini e’tiborga olgan holda bu qiymatni 10 sm gacha oshirishga ruxsat etiladi.


2-rasm. Po‘lat to‘shamaning tayanish sxemasi.

Shunday qilib, aniqlangan to‘shama ravog‘ini e’tiborga olgan holda quyidagi shartga asosan bir xil qadamlar soni aniqlanadi:




a ≤ lH + 10 cm. (2)



Download 2,31 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 2,31 Mb.