2.2. To‘sinni ko‘ndalang kesim uzunligi bo‘yicha o‘zgartirish
Bosh to‘sin kesim yuzasini po‘lat sarfini kamaytirish maqsadida uzunligi bo‘ylab kesim yuzasini o‘zgartirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kesim yuzasini o‘zgartirish tayanchdan x = l. masofada amalga oshiriladi (7 – rasm).
7-rasm. To‘sin tokchasini enini o‘zgartirish sxemasi
Hisoblash asosida tokcha kesim yuzasining o‘zgartirilgan eni aniqlanadi. Buning uchun esa o‘zgartiriladigan kesim yuzasidagi zo‘riqishlar M1 va Q1 keyin esa kesimning qarshilik momenti aniqlanadi:
, , , (18)
bu yerda: Rw –To‘sin tokchalarini bir-biri bilan biriktiruvchi payvand choklarining hisobiy qarshiligi.
Payvand chokining sifati biror-bir usul bilan fizik tekshirilganda
Rw = Ry, xuddi shunday ko‘z bilan chamalab tekshirilganda esa Rw = 0,85R ga teng deb qabul qilinadi.
2.3. Asosiy to‘sin kesim yuzasini tanlash uchun misol
Hisoblash ishlarida 1.3. banddagi misolni davom ettiramiz. To‘sin materiali S245 sinfiga mansub po‘lat bo‘lib hisobiy qarshiligi R=240 MPa. To‘sin katagini joylashtirishni 8–variant bo‘yicha normal qabul qilamiz. To‘sin ravog‘i(prolyoti) l = 18 m, qadami – 5 m; yopmaning qurilish balandligi – 1,8m.
To‘sin kesim yuzasining sxemasi 5 – rasmda ko‘rsatilgan. To‘sin uzunligi bo‘ylab o‘zgaruvchan kesim yuzaga ega.
Asosiy to‘sin kesim yuzasini tanlash. Doimiy yukning qiymatiga to‘shama va to‘shama to‘sinlar og‘irligini qo‘shamiz, bosh to‘sinning o‘z og‘irligini esa, umumiy yukning qiymatini 1,02 koeffitsientga ko‘paytirish bilan hisobga olamiz.
Shunday qilib bosh to‘singa ta’sir qilayotgan yuk:
gH = 0,01·78,5 + 0,01·31.5/1 = 1.1 kN/m2 ; bu yerda tn=0,01m to‘shama qalinligi, 0,01- kgdan kNga o‘tish koeffitsienti, gδ = 31.5 kg/m tanlangan №27 qo‘shtavrning 1 pogono metr og‘irligi, 1m –to‘sinlar orasidagi masofa.
qn = (gn + pn)·a qn = 1,02·(1,1+24) · 5 = 128.01kN/m ;
q = (gn· γf1 + pn · γf2)·a q = 1,02· (1,05·1,1 + 1,2·24) · 5 = 152.5665 kN/m.
Eguvchi moment va kesuvchi kuchning maksimal qiymati:
kn ·m
kn
Asosiy to‘sinni elastik ishlashini hisobga olsak, u holda kesim yuzasining talab qilingan qarshilik momenti:
Bu yerda 1000 – 255MPa ni 25,5 kn/sm2 ga va 3935 kN·m ni 6178943.25 kN·sm ga o‘tkazish koeffitsienti.
(11) formulaga asosan devorchaning egiluvchanligini aniqlaymiz: .
(10) formulaga asosan optimal balandlikni aniqlaymiz:
(12), (13) formulalarga asosan to‘sinning minimal balandligini topamiz: , .
Bu yerda suratdagi dan - ni ga o‘tkazish va -MPa dan kN/sm2 ga o‘tkazish koeffitsientlari.
Demak, optimal balandlik minimal balandlikdan katta bo‘lganligi sababli, uni to‘sin balandligi sifatida qabul qilamiz. Bu qiymatni 5 sm, aniqlikgacha yaxlitlasak h = 180 sm ga teng bo‘ladi.
Yopmaning qurilish balandligini tekshiramiz. Yordamchi to‘sinning etajli tayanishida (6,a – rasm) (14) formulaga asosan:
Hcmp = 150 + 27 + 1 = 178 sm < [H] = 180 sm.
Tekshirish bajarildi.
Devorchaning qalinligini aniqlaymiz. (16) formuladan foydalangan holda devorchaning aniqlangan egiluvchanligini e’tiborga olsak: sm .
hw= 150-5 = 145 sm,
Qalin listli po‘latlar “Sortament”iga asosan tw = 10mm = 1 sm.ni qabul qilamiz.
(17) formuladan foydalanib devorning qalinligini uning qirqilish shartidan aniqlaymiz. ,
.
Bu yerda 10 soni – 245 MPa ni 24,5 kn/sm2 ga o‘tkazish koeffitsienti.
Tekshirish bajarildi. Devor qalinligi qirqilish shartiga javob beradi.
Belbog‘(tokcha)ning o‘lchamlarini aniqlaymiz. Bitta belbog‘ uchun talab qilingan kesim yuzasi:
.
Belbog‘ eni quyidagi shartga asosan belgilanadi:
Qiymatlarini formulaga qo‘ysak:
Universal po‘latlar “Sortament”idan bf = 500mm = 50sm qabul qilamiz.
Belbog‘ning talab qilingan qalinligi:
“Sortament”ga asosan bu qalinlikka yaqin qiymatni qabul qilamiz:
tf = 29 mm = 2,9 sm.
Siqilgan belbog‘ning mahalliy turg‘unligi shartini tekshiramiz:
Shart bajarildi.
Shunday qilib, to‘sin kesim yuzasining quyidagi o‘lchamlarini tanlaymiz: balandligi – 135 sm, devorchaning qalinligi – 10 mm va belbog‘ listlari – 450x22 mm (5 – rasm).
To‘sinning mustahkamligini tekshiramiz. Kesim yuzasining inersiya va qarshilik momentlari:
To‘sin mustahkamligi:
Bu yerda 1000 – o‘lchov birliklarini birxillashtirish koeffitsienti.
Shart bajarildi. Xato foizini topamiz:
Ta’qidlash lozimki, agar mustahkamlik sharti bajarilmasa, u holda belbog‘ o‘lchamlarini kattalashtirish kerak. Xuddi shunday quchlanishlar orasidagi farq 5 % dan katta bo‘lsa ham, belbog‘ o‘lchamlarini kichiklashtirish va tekshirishni takrorlash lozim.
To‘sin kesim yuzasini o‘zgartirish
Tayanchdan o‘zgartiriladigan kesimgacha masofani quyidagicha tanlaymiz (7 – rasm):
Shu kesim uchun zo‘riqishlar quyidagicha topiladi:
(18) formulaga asosan kichraytirilgan kesim yuzasining talab qilingan qarshilik momenti:
Rw = 0,85R =0,85·255 = 216,8 mPa,
Kichraytirilgan tokchaning kesim yuzasi:
Tokchaning eni esa:
Universal po‘lat “Sortament”idan bf1 = 260mm = 26 sm qabul qilamiz.
To‘sin mustahkamligi va umumiy ustivorligini tekshirish
Kichraytirilgan kesim yuzasining geometrik ko‘rsatkichlarini aniqlaymiz:
bu yerda: Sf1 – yarim kesim yuzasining neytral o‘qqa nisbatan statik momenti, S1 – belbog‘ning statik momenti.
Kesim yuzasining o‘zgartirilgan joyidagi normal kuchlanish bo‘yicha mustahkamligini tekshiramiz:
Shart bajarildi.
To‘sin tayanchidagi, ya’ni eng katta kesuvchi kuch ta’sir qilayotgan kesim yuzasida mustahkamlikni urunma kuchlanish ta’siriga tekshiramiz:
Tekshirish bajarildi.
Xuddi shunday o‘zgartirilgan kesim yuzasi joyida tokcha va devorcha mustahkamligini topamiz. U holda formulalar quyidagi ko‘rinishga ega:
Qiymatlarini o‘rniga qo‘ysak:
Tekshirish bajarildi.
(6) formulaga asosan umumiy ustivorlikni tekshiramiz:
Bu shart ham bajarildi.
Shunday qilib, o‘zgaruvchan kesim yuzali tashkil etilgan to‘sinning mustahkamligi ta’minlangan, ya’ni barcha tekshirishlar belgilangan shartlarni qanoatlantiradi.
|