2 . Bosh to‘sinni hisoblash
Bizning variantda bosh to‘sinning ravog‘(prolyot)i katta bo‘lganligi va yukning qiymati kattaligi uchun uni prokat qo‘shtavrdan tanlash imkoni yo‘q. Shuning uchun kurs loyihasida bosh to‘sinni yig‘ma payvandlangan simmetrik qo‘shtavrdan loyihalaymiz (5 – rasm).
To‘sin devorini qalin listli po‘latdan tanlaymiz. Tokcha(belbog‘)larni chig‘irlangan universal po‘lat listdan qabul qilamiz. To‘sinning umumiy balandligini 5 sm.gacha yaxlitlagan holda tanlaymiz.
5-rasm. Yig‘ma to‘sin kesim yuzasining umumiy ko‘rinishi
2.1. Yig‘ma to‘sinning kesim yuzasi
To‘sinning hisobiy sxemasini, yuklar, zo‘riqish va talab qilingan qarshilik momentini aniqlashni prokat to‘sinlardek qoldiramiz. To‘sin o‘lchamini aniqlash uchun uning balandligini tanlaymiz. U holda po‘latning eng kichik po‘lat sarfiga mos keladigan balandligi:
(10)
bu yerda: λw –to‘sin devorchasining egiluvchanligi.
Uni devorchaning mahalliy ustivorligi va faqat ko‘ndalang bikrlik qovurg‘alari bilan biriktirilganligi shartidan oldindan qabul qilamiz:
. (11)
Bikrlik shartidan to‘sinning minimal balandligi:
, (12)
bu yerda: ω – normativ yukdan to‘sinning butun uzunligi bo‘ylab eguvchi moment epyurasining maydoni.
Tekis taqsimlangan yuk holati uchun bu kattalik quyidagicha aniqlanadi:
. (13)
To‘sinning balandligi optimal qiymatga teng qabul qilinadi, lekin minimal qiymatdan kichik bo‘lmasligi kerak.
Agar minimal balandlik optimal qiymatdan katta bo‘lsa, u holda h = hmin, hmin ≤ 1,25hopt.
Agar hmin > 1,25hopt bo‘lsa, u holda kichik qarshilik momentiga teng bo‘lgan boshqa sinfdagi po‘lat qabul qilib, talab qilingan qarshilik momentidan boshlab hisob ishlari qaytadan bajariladi.
To‘sinning yakuniy balandligini 5 sm gacha yaxlitlangan holda tanlash kerak. Keyin esa yopmaning qurilish balandligini tekshirish kerak. Chunki, texnologik sharoitga binoan u chegaralangan bo‘lishi mumkin.
Dastlab yordamchi to‘sin tayanishini qavatli qilib tanlaymiz (6,a – rasm) va tekshirishni bajaramiz:
Hcmp = h + hvb + hbn + tN ≤ [H], (14)
bu yerda: [H] – berilgan qurilish balandligi, hvb – yordamchi to‘sin balandligi, hbn – to‘shama to‘sini balandligi (2–chi variant bo‘yicha).
Agar shart bajarilmasa, u holda yordamchi to‘sin tayanishini bir sathda qabul qilamiz (6,b – rasm):
Hcmp = h + tN ≤ [H], (15)
(15) shart juda ko‘p hollarda bajariladi.
Agar bajarilmasa h ≤ hmin, shartni hisobga olgan holda bosh to‘sin balandligini kamaytirish lozim.
6-rasm.Yordamchi to‘sinning bosh to‘singa tayanish variantlari.
a)ustma-ust; b)bir sathda.
Devorcha balandligini quyidagi oraliqda qabul qilamiz:
sm.
U holda devorning qalinligini belgilangan egiluvchanlik bo‘yicha aniqlaymiz:
. (16)
Aniqlangan kattalik standart qalin listli po‘latlar qalinligigacha yaxlitlanadi. Keyin esa devorning mustahkamligini uning kesilish sharti bo‘yicha tekshirish kerak.
, (17)
bu yerda: Qmax – maksimal kesuvchi kuch, Rs – po‘latning qirqilishdagi hisobiy qarshiligi.
Agar shart bajarilmasa, u holda devorchaning qalinligini kattalashtirish kerak.
Belbog‘larning o‘lchamlarini aniqlash va kerakli tekshirishlar 2.3. banddagi misolda keltirilgan.
|