|
Termiz pedagogika universiteti toshkent filiali
|
bet | 3/11 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 78,1 Kb. | | #144418 |
Bog'liq Texnik ijodkorlik va dizayn.faniKurs ishining ob’ekti: Mavzuga oid ma’lumotlar va ularning amaliy tahlili.
Kurs ishining maqsadi:. Buyumlar olamini idrok etish, dizaynerlik loyihalari, buyumlar muxitining loyihalashtirilishi, buyumning tashqi formasi, ergonomika, buyum formasining xarakteristikasi, nisbatlar, hajmli-fazoviy tuzilish, ishlatiladigan materiallar va buyumlarni loyihalashga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirish va o‘rganish
Kurs ishining vazifalari:
mustaqil ravishda texnik obyektlarni va ularning modellarini loyihalay olish;
• texnik ijodkorlik bo‘yicha sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uchun moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;
• respublikada o‘quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatini hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqboli to‘g‘risida tushunchalar;
• o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilish;
• texnik ijodkorlik to‘garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik obyektlarni ilmiy asosda tanlay olish;
• to‘garaklarni o‘quv moddiy-texnika bazasini tashkil qila olish;
• sinfdan va maktabdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlarida texnik ijodkorlikni metodik asoslarini bilish;
• o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga tegishli bo‘lgan tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishning ilmiy asoslarini bilish kerak
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob (5 ta paragraph), xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat
BUYUMNING TASHQI FORMASI
1.1. Buyumlar olamini idrok etish
Zamonaviy mashinalarni ishlab chiqish murakkab va uzoq muddat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. U o’z tarkibiga muhandislik bashoratlari, loyihalash, tayyorgarlik va ishlab chiqarishni o’zlashtirish bosqichlarini qamrab oladi. Dastíabki bosqich - muhandislik bashoratini qurish ikki yo'nalishda amalga oshiriladi: mavjud bazis obyektidan kelajak toinon bashorat qilish hamda kelajakda erishilishi talab qilinadigan maqsaddan muammoning bugungi kundagi holatiga toinon. Loyihalash buyumning umumiy konstruktsiyasini ishlab chiqishni ko’zda tutadi. Loyihalashning dastíabki bosqichida erishilishi lozim bo’lgan maqsad, yoki qondiriladigan maqsad belgilab olinadi. So’ngra maqsadga erishish uchun aniq vazifalar shakllantiriladi. Vazifalarni belgilashda mavjud imkoniyatlar va sharoitdan kelib chiqiladi. Loyihalashning keyingi bosqichi g'oyani shakllantirish deb nomlanib, u loyihalashning asosini tashkil etadi. Ko’pchilik holatlarda uni amalga oshirish uchun mavjud metodni yangi sharoitlarda qo’llash yo'nalishidan foydalaniladi. Keyingi bosqichda muhandislik tahlili amalga oshiriladi. Bunda model ko’rsatkichlari aniqlashtiriladi, zarur holatlarda haqiqiy buyumga yaqin ko'rsatkichlarga ega bo'lgan model yaratiladi. Shu asosda buyumni ishlab chiqishning texnik vazifasi shakllantiriladi. Texnik vazifa konstruktorning loyihani ishlab chiqishidagi dastíabki asoslovchi hujjat hisoblanadi. U quyidagi masalalarni yoritib berishi lozim: mashinaning yaratilish maqsadi; uning parametrlari, ish tartibi va sharoitlari; tajriba-sinov ishlari to’g'risidagi ma'lumotlar; mashinaning printsipial tuzilishi va uning harakatlanish mezonlari; avtomatlashtirilganlik va mexanizatsiyalashtirilganlik darajasi; ishlatilish sharoitlari; loyihani bajarish kerak.
|
| |