Termiz pedagogika universiteti toshkent filiali




Download 78,1 Kb.
bet10/11
Sana24.01.2024
Hajmi78,1 Kb.
#144418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Texnik ijodkorlik va dizayn.fani

Buyumning tashqi formasi. Avvalo buyum formasining xarakteristikasini qarab chiqamiz, bunda uning har qanday amaliy va estetik mazmunini istisno qilamiz. Eng oddiy formalar bular bizga ma`lum bo`lgan asosiy geometrik shakllar: parallelepiped, prizma, silindr, konusdir. Buyumning formasi simmetrik va asimmetrik bo`lishi mumkin. Simmetriya-bizga tanish bo`lgan termin. Shuni eslatib o`tamizki, simmetriya faqat elementar buyumgagina emas, balki bir necha qismlardan tashkil topgan buyumga ham xos bo`lishi mumkin. Simmetriyaning ikkita asosiy turi ko`zguli va o`qli simmetriyalar ma`lum. Odamning figurasi –ko`zguli simmetriyaga misoldir. Bu xildagi simmetriyani ko`zguli simmetriya deb atashning sababi shuki, o`rta chiziqqa nisbatan inson gavdasining har ikkala yarmi xuddi ko`zguda aks etganday bo`ladi. Simmetriyaning bu xodisasi yuzaga nisbatan bo`lib, u simmetriya yuzasi deb ataladi

Resurslarga bo'lgan ehtiyojni aniqlab, ularning miqdorini hisoblab chiqqandan so'ng, ko'pincha ma'lum materiallar, butlovchi qismlar va boshqalarni sotib olish yoki ularni o'z korxonangizda ishlab chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish kerak bo'ladi. Xorijiy adabiyotlarda bu muammo Makeor Buy Problem (MOB) nomi ostida uchraydi. Uning yechimi bir qator tashqi omillarga, shuningdek, korxonaning o'zida ish sharoitlariga bog'liq. Yuqoridagi vazifani rasmiylashtirishga bir necha bor urinishlar qilingan. Korxona tomonidan olinadigan maksimal foyda ko'pincha optimallik mezoni sifatida qabul qilinadi, ammo amaliy hisob-kitoblar odatda ma'lum bir vaqt ichida qiymatlari o'zgarishi mumkin bo'lgan ko'p sonli omillarni hisobga olish zarurligi bilan murakkablashadi. interval (mahsulotga bo'lgan talabni kamaytirish, ularni ishlab chiqarish uchun yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish va h.k. ), buning natijasida qaror noto'g'ri bo'lishi mumkin


Tashqi formani uzviyligi va yaxlitligi Buyumning tashqi formasi uzviyligi va yaxlitligini kompozitsiyaning asosiy umumlashtiruvchi kategoriyasi deb hisoblash kerak. “Uzviylik” degan so`zni jonli tabiatga yaqinlashish ma`nosida emas, balki yaratilgan kompozitsiya shu qadar yahlitki, uni tashkil etuvchi qism tabiiy yazlit narsaga kiradi, degan ma`noda tushunish kerak. Proportsionallik va marom Dizayn ob`ekti aniq yoki garmonik proportsiyalarga ega.
Proportsiyalar – ob`ektning aniqligini tashkil etuvchilardan bo`lib, ular ma`lum darajada uning xarakterini ifodalab turadi. Shuning uchun xam proportsionallik, garmonizatsiya vositasi hisoblanadi. Masshtablilik Masshtablilik tushunchasi dizaynga arxitektaradan o`tgan bo`lib buyumning muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Bu tushuncha qarab chiqilayotgan buyumning hajmini va bizning tasavvurimizni qiyoslashga asoslashgan.
Ma`lum bo`lishicha , biror funktsional yoki badiiy-estetik ma`noga ega bo`lgan buyumni beixtiyor ravishda kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin emas. Odamga xos xususiyat shuki, u uzi yaratgan xamma narsani muayyan xajm bilan bog`laydi. Bu narsadan chetga chiqish ichki norozilikni va estetik jihatdan qoniqmaslik hissini o`yg`otadi. Masshtab o`lchagichlari deb ataluvchi o`lchagichlar katta ahamiyatga egadir. Bular “qat`iy” funktsional vazifasi va biz uchun tanish bo`lgan hajmga ega bo`lgan detallardir (zinapoya, o`rindiq, boshqarish organlar). Mazkur “masshtab ko`rsatkichlari”ning mavjudligi juda mahim bo`lib, u buyumning xajmi xaqida tasavvur bera oladi. Plastiklik Plastik yoki skul’ptura xossasiga ega bulish, - xar qanday formani xususiyatidir. Bu formani qanday “yasalganligi” buyumning qiyofasiga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatishi mumkin. Shu sababli biz ayni bir xil hijmli – fazoviy strukturani saqlar ekanmiz, bu tashqi formani hali yana o`zgartirish, uning variantlarini yaratish uchun ko`p imkoniyatlarga ega bo`ladi.
Garmonik forma va kompozitsiya tushunchasi. Shunday qilib biz har qanday buyumga – sun`iy yoki tabiiy buyumga xos bo`lgan, uning estetik sifatlariga bog`liq bo`lmagan asosiy belgilari bilan tanishib chiqdik. Mazkur belgilar bilan tanishish bizga asosiy maqsadga –garmonik forma nima, uning qanday belgilari bor va u qanday yaratilishini bilib olish uchungina zarur. Garmonik forma go`zallik qonunlari asosida yaratiladi. Xammaga ma`lum bo`lgan bu ta`rif shartlidir: san`atda matematika yoki fizika qonunlariga o`xshagan qonunlar yo`q, gap faqat ayrim qonuniyatlar haqidagina borishi mumkin. Garmonik asar yaratish jarayoni “kompozitsiya” nomiga ham egadir. Kompozitsiya tushunchasi ijodning boshqa turlari – rang tasvir, adabiyot va musiqaga ham bab-barovar taaluqlidir. Dizayndagi kompozitsiya o`z metodikasi va terminologiyasiga ega. U avvalo asarning zarur sifatlariga yoki dizaynerlik xususiyatlariga tayanadi. Bu sifat va xususiyatlar idrok etish qobiliyatlariga asoslanadi va kompozitsiya kategoriyalari deb ataladi.


XULOSA
Zamonaviy ta’lim tizimining asosini yuqori sifatli va yuqor texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanish texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta’lim tizimin takomillashtirishga, ta’lim jarayonida innovatsion axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga hamda fan texnikaning rivojlanishiga xizmat qiladi. “Texnologiya va dizayn” fani o’quv qo’llanmasi ushbu fanning o’quv fan dasturi asosida ishlangan bo’lib, 5112100 – Texnologik ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr talabalarga yog‘ochning xususiyatlari tо‘g‘risida boshlang‘ich bilimlar, ularni rejalash, yо‘nish, arralash, teshish, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashinalar elementlari, yangi texnika va ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, metallarning xususiyatlari tо‘g‘risida boshlang‘ich bilimlar, rejalash, ishlov berish, pardozlash ishlari, qо‘l hamda elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, materiallar xillari, xossalari va ishlov berish texnologiyasini, xavfsizlik texnikasi asoslarini, birikmalar tayyorlash texnologiyasini, tokarlik, frezalash, randalash, parmalash, stanoklarida ishlov berish, nazorat o‘lchov va rejalash asboblari, yо‘nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari, dastgohlar, mashinalar elementlari, yangi texnika va ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalarlarni tuzish, va foydalanishni о‘rgatadi.
Texnologiya” so’zi yunon tilidan olingan bo’lib “techno” sanʼat, mohirlik, va “logos” fan, taʼlim ma’nolarini anglatadi. Texnologiya ilmiy asosda xom-ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishning usullari hisoblanadi. “Dizayn” ingilizcha “design” so’zidan olingan bo’lib, “loyiha”, “chizma”, “rasm” ma’nolarini anglatadi. Dizayn narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. Dizayn faoliyati tarkibiga keng isteʼmol buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, reklama va oʻrov materiallari, ishlab chiqarish, jamoat va turar joy binolarini jihozlash, mebel va boshqalar kiradi. Dizayn XX asr boshlarida yuzaga kelib, 1930- yillarda maxsus faoliyat turi sifatida Gʻarbiy Yevropa va AQShda shakllandi. 1980-yillar 2-yarmidan dizaynning faoliyat doirasi kengaydi. Dizaynerlar rassom sezgisi bilan birga ilmiy fanlar (masalan, materialshunoslik, rangshunoslik va b.)ga tayanadi, ular ishlab chiqarish jarayoni va sharoitlari, sotsiologiya va boshqa bilimlarga ega bo’lishi lozim. Dizaynning tarixi insoniyatning tarixi bilan chambarchas bog’liq. Inson, qayerda bo’lmasin, o’z buyumlarini tashqi ko’rinishiga e’tibor bergan, va shu sababli dizaynni paydo bo’lishiga asos bo’lgan.
Hozirgi tushuncha bo’yicha dizaynni shakllanishi uchun mahsus sharoitlar, talablar va ko’rsatmalar bo’lishi lozim. Loyiha madaniyatining ikki qismi - texnika va san’at, bir-biridan uzoqlashib, alohida ko’rib chiqilardi va bir biriga qarshi qo’yilardi. XX asrda ularni birlashtirishga harakat qilina boshlandi. Texnika va san’atni birlashuviga maxsus qo’mitalar tashkil etildi. 1849-yildan boshlab Londonda buyum dunyosini estetik muammolariga bag’ishlangan “Journal of Desjng and Manufactures” jurnali chiqadigan bo’ldi. Shu vaqtda iste’molga “indastrial art” degan tushuncha kirdi. Demak, dizayn jamiyatni estetik talablari va mashinada ishlab chiqarish chorrahasida tug’ilgan. Buyum muhitini shakllantirish sohasidagi badiiy sharoitning inqirozi, dizaynni paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Birinchi urinishlar shunday faoliyat sohasida o’rta asr romantik hunarmandchiligi an’analarini tiklash bo’lgan. Kelajak dizaynining ildizi dunyoni ratsional qayta ko’rish g’oyasi, muhitni ifoda etish, ob’ektni har tomonlama estetik ta’sir etishi bilan bog’liq bo’lgan. XIX asrni oxirida Yevropa mamlakatlarini modern badiiy uslubi qamrab olgan. U asosida fikrlash shakllarga asoslangan. Ayni modern odamlarda, rassomlarda ideal sifatida shaklni sezish dizaynni tadbiq etilishiga imkoniyat berdi. Modernda bino elementlari konstruktiv va dekorativ turlarga bo’lindi. Barcha utilitar elementlari estetik ma’noli bo’lib yaratilardi. Kelajak dizayner ko’rsatmalari va muamolari nemis badiiy birlashmalari “Verkbund” (1907-y.) va “Bauxauz” namoyon qilishdi. “Verkbund”ga sanoat xodimlari, me’morlar, rassomlar va kommersantlar kirar edi. Ularning fikri bo’yicha sanoatda, ishlab chiqarishda iqtisodiy va estetik talablar o’zaro bog’lanmasa, xalqaro bozorda yutish mumkin emas. “Verkbund” asosiy vazifalarni aniqladi: mahsulotlarni ishlab chiqarishni hunarmandlikdan sanoat yo’llariga o’tkazish. “Verkbund”ni asoschisi G.Mutezius “estetik fundamentalizmning” prinsiplarini aniq ta’riflab berdi: buyumning shakli uning mohiyatidan, tuzilishidan, texnologiyasidan, nimaga mo’ljallanganidan kelib chiqadi. 1914-yilda firmaning badiiy direktori P. Bernesni birinchi dizayner deb hisoblansa bo’ladi. Uning amaliy faoliyati yangi faoliyat turi - dizaynni shakllanishida katta ahamiyatga ega. Bu firmaning faoliyati birinchi jahon urushi davri 1914-yilda to’xtadi.
Dizayn - bu zamonaviy sanoatda, ishlab chiqarishda yo’qolgan madaniy muvozanatni tiklash usulidir. Aynan shuning uchun go’zallikni funksional asoslangan buyumlar shaklida qidira boshlashdi. “Bauxauz” 1920-1950-y. Yevropa dizayn aksini namoyon etgan. 1937- yilda “Bauxauz” AQShga emigratsiya qilgan. Ular Yevropa dizaynning asoslarini amerikada o’zlashtirishgan. Bunga1930-yildagi Amerikadagi depressiya sabab bo’lgan, chunki mahsulotni sotish qiyin bo’ldi. Biznesmenlar rassomlarni ishga olib, mahsulotga estetik xususiyatni berishga intilishdi. Inqiroz paytida mahsulot ishlab chiqaruvchilar o’z buyumlarini dizayniga e’tibor beradigan bo’lishdi. Bunga yorqin misol, G.Ford “Djenenra motors” tomonidan raqobati va bozorni mashinalar bilan to’lganligi sababli “T” markali mashhur avtomobillarni o’rniga 18 million dollarni sarflab yangi kelishgan “A” modelini chiqaradigan bo’ldi. Aynan inqiroz paytida hozirgi dizayn konteksti tashkil etilgandi. U eng avvalo, kommerstiya dizaynida yoki “industrial san’atida” o’z ifodasini topgan. Har bir korxonada maxsus guruhlar tashkil etilgan, ular “staff-dizayn” - dizayn vazifalarini bajarishgan. Maxsus buyurtma bajaradigan mustaqil dizayn firmalari ham barpo etilgandi. Demak, dizayn uch ma’noli sohalarning, uch turli madaniy harakat chorrahasida barpo etilgan: san’at, ommaviy sanoat korxonalar va buyumlarga mujassamlangan ommaviy ong. Mustaqillika erishgandan so’ng xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar kuchaygandi. Xorijdan kelgan mahsulotlar mahalliy mahsulotlarga raqobatdosh bo’lgani bois, buyumlar dizayniga e’tibor beriladigan bo’ldi. O’zbekiston mahsulotlarni dizayniga ham e’tibor beriladigan bo’ldi. Dizaynerlar uyushmasi tashkil etildi va bu uyushma xalqaro dizaynerlar uyushmasiga kiritildi.



Download 78,1 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 78,1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termiz pedagogika universiteti toshkent filiali

Download 78,1 Kb.