DIZAYN TUSHUNCHASI VA ZAMONAVIY




Download 78,1 Kb.
bet9/11
Sana24.01.2024
Hajmi78,1 Kb.
#144418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Texnik ijodkorlik va dizayn.fani

DIZAYN TUSHUNCHASI VA ZAMONAVIY
DIZAYN TURLARI, O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Inson har doim go`zallikka intilib kelgan. Is`temol qiladigan yoki foydalanadigan maxsuloti chiroyli bo`lishiga, nafis bo`lishiga e`tiborini qaratgan. Atrofga bir nazar tashlasangiz bir biridan chiroyli avtomobillar, qishloq xo`jalik mashinalari, asboblar va dastgoxlar uy ro`zg`or buyumlari, mebellari va boshqalarni ko`rasiz va ularni birinchi avlodlari bilan solishtirilsa, maxsulotga qanchalik texnikaviy va badiiy ishlov berilganligini xis etamiz. Hozirgi vaqtda texnikaviy va badiiy konstruktsiya - maxsulotni ratsional loyixalashni yagon jarayonidir. Texnikaviy konstruktsiyalash predmetini material va funktsiyaviy asosida paydo etsa, badiiy konstruktsiyalash esa, uni umuman mazmun, qo`laylik, garmoniya, va go`zallik va bilan to`ldiradi. Badiiy konstruktsiyalashni (dizayni) amalga oshiradi.


Mamlakatimizda “Dizayner” termini 70chi yillar oxirida paydo bo`ldi. Inglizchadan tarjima qilinganda “dizayn” rasm chizishni bildiradi. Bunga qadar narsalarni loyxalashtirish “badiiy konstruktsiyalash”, narsalarni yaratish nazariyasi esa “texnik estetika” deb atalib kelinardi. “Dizayn” so`zi yasama tushunchalar: “Dizayner” – rassom korstruktor, “dizayn-forma” – buyumning tashqi formasi tushunchalarini keltirdi. Dizayn - inglizcha so`z bo`lib, «zexnli, go`zal loyixa» oreginal aloxida taklif, degan ma`noni bildiradi. Dizayner - zexnli badiy konstruktorlik degani. 1964 yil Belgiyadagi xalkaro seminarda dizaynga quyidagi ta`rif beriladi bu ijodiy faoliyat bo`lib, uning maqsadi sanoat maxsulotini aniqlashdan iborat: bu sifat maxsulotni tashqi tuzilishini ham o`z ichiga oladi, ammo eng asosiy tarkibi va funktsional o`zaro aloka bo`lib, iste`molchi nuqtai nazaridan ham maxsulotni bir butun xolatga aylantiradi. Hozirga qadar dizaynning mazmuni, uning maqsadlari va imkoniyatlari haqida bahslar yuritib kelinmoqda. Chunonchi, mashhur ital’yan arxitektori va dizayneri D.Ponti dizaynning maqsadi- go`zal shakllar, narsalar dunyosini yaratishdan iborat bo`lib, ular tsivilizatsiyamizning chinakam xarakterini ochib berishi lozim, deb hisoblaydi. Dizaynning boshqa bir nazariyotchisi T.Mol’danado o`zgacha fikrni qo`llab quvvatlaydi. Uning tasdiqlashicha, iste`mol predmeti badiiy asar funktsiyasini bajarishi mumkin emas, san`at taqdiri esa, sanoat buyumlari taqdiri bilan mos kela olmaydi. Chet ellarda dizaynning asosiy vazifasi-sotilishi oson bo`lgan narsalar yaratishdir, degan fikr keng tarqalgan. Shunday qilib dizayn bozor ehtiyojlari va talablariga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq bo`lib qolmoqda. Dizayn sohasini aniqlash hamisha ham oson bo`lavermaydi. Dizaynni arxitekturadan (inter’erlarni lohilash haqida gap borganda), haykaltaroshlikdan (aytaylik, bolalar maydonchalari yoki attraktsionlar loyihalashtirilayotgganda), amaliy san`atdan (idish-tovoqlar yoki mebellarning yangi turlari yaralayotganda) ajratish qiyin. Bizni qurshab olgan narsalar kamdan-kam hollarda bir-biriga tengdosh bo`ladi. YAngi sotib olingan stol bilan yonma-yon bundan yuz yil avvalgi soat osig`liq turgan bo`lishi, eski kitob shkafida yaqinda nashr etilgan kitoblar bo`lishi mumkin. Buyumlar o`z umrini o`taydi, ularning o`rniga yangilari paydo bo`ladi, buyumlarning mana shu - yangilanish jarayoni uzluksiz davom etadi. Biz zamon izini oddiygina bir likobda ham his etishmiz, lekin hamisha ham buni ongli ravishda va aniq his etmasligimiz mumkin. Ammo bizning turmushimizda eski buyumlar endi u qadar ko`p emas - ular endilikda muzeylardan va kollektsionerlarning to`plamlaridan topiladi. Buyumning estetik sifatlariga beradigan bahomiz ba`zan sub`ektiv, eng asosiysi, isbotlanmagan bo`ladi. Biz bu buyum haqida u “go`zal” yoki “hunuk”, “nozik” yoki ”qo`pol” deyishdan tashqari nima ham deya olamiz? Deyarli hech narsa, ma`lum bir qancha tushunchalarni o`zlashtirib olish kerakki, ulardan hunarmandchilik asari yoki dizaynning xarakteristikasi hosil bo`ladi. Inson idrokining asosiy qonuniyatlari bilib olingandan keyin ko`p narsalar tushunarliroq bo`lib qoladi. Bu insonning qanday qilib buyumga yondoshganligini, undan qanday foydalanishni, unga baho berishni, farq qilishni, qiyoslashni bilib olamiz. Faqat idrok qilish mexanizmini o`rganib chiqqandan keyingina biz bu predmetning nima uchun go`zal bo`lib tuyulayotganligini, uni qanday qilib chiroyli, butun predmetlar muhitini esa, uyg`un qilishni tushunish kalitini qo`lga kiritgan bo`lamiz. Texnik estetika xizmatiga Respublika texnika ilmiy- tekshirish instituti va uning yirik viloyatlardagi filiallari boshchilik qiladi. Institut faqat oddiy ma`nodagi loyihalashtirish ishlarini emas, balki ko`rgazmali loyihalashtirish, “ertangi kun”ni loyihalashtirish ishlarini ham olib boradi. Bu ish ko`p jihatdan “Elektrotexprom” sohasi bilan bog`liqdir, u asosan maishiy priborlar- changyutgichlar, ventilyatorlar, isitish asboblari va boshqalarni tayyorlash bilan shug`ullanadi. Tabiiyki, hatto eng ilg`or loyihalash tashkilotlari ham bu ilmiy –tekshirish instituti amalga oshiradigan vazifani keng ravishda qo`ya olmaydi, o`zining loyihachilik faoliyatini shu darajada olib borolmaydi, uni ilmiy asosda mustahkamlay olmaydi. “Dizayn programmani” amalga oshirish natijasida hozirgi vaqtda tarmoqning barcha korxonalari institut tomonidan taklif etilgan ana shu printsip asosida asboblar tayyorlashga o`tmoqda. Ekspertiza qat`iy o`ylab tuzilgan metodologik asosga ega bo`lib, buyumning barcha eng muhim iste`mol sifatlarini hisobga oladi. Texnika estetikasi instituti, albatta, yangi buyumlar muhiti uni yaratish, territoriyalarni obodonlashtirish va boshqalar bo`yicha olib boriladigan butun ko`p qirrali faoliyatni qamrab ololmaydi. Muammolarning doirasi haddan tashqari keng va bu faoliyatning mazmuni xilma-xildir. Har bir tarmoqnin o`z vazifalari , o`z an`analari, o`z istiqbollari bor. Shu sababli odatda, bu tarmoqlar o`zinin loyihalash va ilmiy muassasalarga ega bo`lib, ularning ko`plarini to`la huquqlari bilan ilg`or dizaynerlik madaniyatining o`choqlari deb hisoblash mumkin.
Dizaynning ko`p maqsadli faoliyati ko`p miqdordagi mutaxassislarni talab qiladi. Respublikaizda dastlabki dizaynerlar arxitektorlar, rassom-dekaratorlar, grafiklar va injenerlar orasidan chiqqan edi. Dizayn - badiiy hunarmandchilik va tasviriy san`atning o`zaro ichki aloqasi badiiy konstruktsiyalash sohasidagi butun faoliyatda sezilarli iz qoldirgan. Jahon praktikasida faqat chex ustalarining asarlaridagina- xoh u stanok yoki telefon bo`lsin, idish yoki stul bo`lsin-skul’ptura asosi sezilib turadi. Biz buyumlar olamine qanday idrok etamiz va baholaymiz. Bizni buyumlar olami qurshab olgan, biz ulardan foydalanamiz, ularni o`z tasavvurlarimiz va qiziqishlarimiz doirasiga kiritamiz. Lekin bizning idrokimiz tanlovchan ekanligini ham e`tiborga olishimiz kerak. Ko`p kishilar buyumlar estetikasiga befarq qaraydilar va ko`proq ularning foydasi, pishiqligi, mustahkamligi, qulayligi va shu kabilarga qiziqadilar. Hatto, idrokli, go`zallikka o`ch kishilar ham vaqt o`tishi bilan buyumga befarq, uni estetik kechinma ob`ekti deb qaramaydigan bo`lib qoladilar. Bizni esa, buyumga estetik baho berish qiziqtiradi, bunda hamma narsani ham unchalik oddiy deb bo`lmaydi. Biz hech qanday tayyorgarlikka ega bo`lmay turib,faqat buyumga umumiy munosabat bildiramiz. Ya`ni:”bunarsa menga yoqadi”, “bu narsa menga yoqmaydi” yoki bir muncha qat`iy qilib:”bu narsa chiroyli” , “ bu narsa chiroyli emas”, “go`zal” yoki “go`zal emas ”deymiz. Biroq bunday baholar hatto eng umumiy estetik mazmunni ham ochib bermaydi. Buyumlar olamini loyihalash bilan shug`ullanadigan kish pirovard maqsadiga- chiroyli buyum yaratishga harakat qilar ekan, birinchi navbatda mazkur buyumning estetik qiymati nimadan iborat ekanligini bilishi lozim.
Garmonik forma va kompozitsiya tushunchasi. Shunday qilib biz xar qanday buyumga – sun`iy yoki tabiiy buyumga xos bo`lgan, uning estetik sifatlariga bog`liq bo`lmagan asosiy belgilari bilan tanishib chiqdik. Mazkur belgilar bilan tanishish bizga asosiy maqsadga – garmonik forma nima, uning qanday belgilari bor va u qanday yaratilishini bilib olish uchungina zarur. Garmonik forma go`zallik qonunlari asosida yaratil

Download 78,1 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 78,1 Kb.