• Yangi mavzu bayoni
  • Yangi mavzuni mustahkamlash.
  • O’tgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash




    Download 2,25 Mb.
    bet3/3
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,25 Mb.
    #233387
    1   2   3
    Bog'liq
    Tosheva Nilufar

    O’tgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.
    O’qituvchi: Barakalla, o’quvchilar. Endi “Tushunchalar tahlili” metodi orqali R. Thakurning hayoti va ijodi haqida fikr - mulohaza yuritamiz va o’tgan mavzuimizni mustahkamlaymiz.








    1. Yangi mavzu bayoni

    O’qituvchi: Barakalla, a’lochilar hikoya haqida yaxshi ma’lunmotga ega bo’libsizlar!
    Keling yangi mavzuimiz yuzasidan , ya’ni «Shubxa ”hikoyasi qahramonlari va “Shubxa” hikoyasi dagi joy nomlari tushunchalariga klaster uslubida ta’rif beramiz.

    “Shubxa” hikoyasi dagi joy nomlari

    «Shubxa ” hikoyasi qahramonlari



    Adib qalamiga mansub “Shubha” hikoyasida insoniylik, ular o‘rtasidagi o‘zaro mehrmuhabbat, inson qadr-qiymati haqida so‘z boradi. Mo‘jaz hikoya orqali yozuvchi ijtimoiy hayotning nozik jihatlarini ko‘rsatadi. Bag‘ritosh, insoniy sifatlardan mahrum, nafs bandalari hamda ezgu tuyg‘ular egasi, pokiza qalbli insonlar o‘rtasidagi ixtilof va ziddiyatlar mahorat bilan tasvirlanadi.Hind adabiyoti tarixida hikoya janriga asos solgan ijodkor “Shubha” hikoyasi orqali hayotida kemtik bor shaxslarning fojiasini mahorat bilan yoritib beradi. Jamiyat odamlarining bunday shaxslarga munosabatini keskin qoralaydi va hikoyada ularning asl mavqesini ko‘rsatib beradi. Hikoya qahramoni Shubhani odamlar jamoasidan ayirib, hayvonot olamiga oshno qiladi. Endi hikoya matniga e’tibor bersak: “Shubhaning do‘stlari ham bor. Ammo ular odamlar emas, og‘ilxonadagi Sharbashi va Panguli laqabli sigirlar, echki va mushuklar edi. Ular soqov qiz kabi gapira olmasalar-da, uning erkalashlarini so‘zdan yaxshiroq tushunardilar, yuzlarini uning yuzlariga surkashar, shoxlarini Shubhaning qo‘llariga asta surkab, beso‘naqay harakatlari bilan bilan tasalli berishga urinar edilar”. Demak, ushbu parchadan xulosa qilsak bo‘ladiki, adib jamiyatdagi ba’zi insonlarni hayvondan-da past, jaholat qariga tushgan va bu botqog‘dan chiqish yo‘llarini izlamaydigan ma’naviyatsiz odamlar sifatida ko‘ryapti.


    Thakur hikoyada jamiyat va uning a’zolarini haqiqatni anglamaydigan, to‘rt muchasi sog‘ bo‘lgan-u, siynadagi qalblari nosog‘lom insonlar sifatida tasvirlaydi. Adib “Shubha” hikoyasi qahramonlari orqali jamiyatdagi shaxslarning o‘zaro munosabati, bir-birini tushunishdagi ziddiyatlarni mohirona tasvirlaydi. Odamlarda zabon bor, lekin ularda insoniylik xislatlarini, ezgu va samimiy tuyg‘ularni ifodalab bera oladigan qalb yo‘qligini bir karra eslatadi. Hikoya bosh qahramoni Shubha garchi tabiatan soqov bo‘lib hayot kechirayotgan bo‘lsa-da, uning qora ko‘zlari so‘zga muhtoj emas edi: ular xuddi yurakning o‘zini ifoda etadilar: uning tuyg‘ulari goh alanglanib, goh zaif miltillaydi, goh yolqinlanib ketib, goh horg‘in so‘nadi, goh botayotgan oydek osuda boqib, goh osmon gumbazini yoritib o‘tgan chaqmoqdek porlaydi. Kimki soqov bo‘lib tug‘ilsa, unda til vazifasini titroq lablar bilan ko‘z bajararkan. Garchi Shubha gapira olmasa-da, yozuvchi uni: “kelishgan, ko‘zlari qaro, shaxlo, kipriklari uzun, lablari qiz qalbida tug‘yon urgan hislarni aks ettirib gul bargiday titrab turardi”- deya tasvirlaydi.
    Adib hikoyada Hindistondagi ijtimoiy turmushning o‘ziga xos tartiblarilari ham yoritib beradi. Qizlarni sep-sarpo bilan uzatish, kelinga mos kuyov topish kabi. Shubhaning turmushdagi hayoti nikohni bekor qilish va erining ikkinchi daf’a ancha e’tibor bilan faqat ko‘zini emas, quloqlarini ham ishga solib, boshqa- tili bor qizga uylanishi bilan yakunlanadi va bu o‘qirmanni qayg‘uga soladi. Shubhaning keyingi taqdiri ma’lum emas. Hikoya qahramoni qalbida tutib bo‘lmas, g‘ayri insoniy bir faryod bilan yakka qoldiriladi. Hikoyani sinchkovlik bilan o‘qigan kitobxonda bir-biriga zid keladigan fikrlar paydo bo‘lishi tabiiy. Shubhaning ota-onasi qizi garchi soqov bo‘lsa-da uni yaxshi ko‘rishi, ayniqsa, otasining hamma qizlaridan ko‘ra kichigi Shubhani ko‘proq suyushi aytiladi. Ona farzandi zabonsizligidan nomus qilsa, endi o‘zingiz xulosa qilavering.
    Xulosa. Thakurning ushbu hikoyasi jamiyatdagi bad’fel odamlar, ularning niyatlari qurboniga aylanayotgan, hayotidagi bir kemtik tufayli butun umrini baxtsizlikda o‘tkazishga mahkum qilingan pokiza qalb sohibasining kechinmalarini, uning fojiasini siz-u bizga anglatadi. Inson haq-huquqlarini toptagan, ularni bir kasalligi yoki boshqa ayb-u nuqsoni sababli odamlar orasidan yakkaltish qattiq tanqid qilinadi. Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytganda: “Odamning chiqiti bo‘lmaydi”.
    Thakur qalamiga mansub qaysi bir hikoyani o‘qimaylik, har birida insoniylik, mehr-shafqat, ezgulik, hamiyatlilik kabi ulug’ fazilatlarga da’vat borligini payqaymiz.


    Yangi mavzuni mustahkamlash.





    O’qituvchi: Barakalla! Bugun darsda juda faol ishtirok etidingiz. Sizdan mamnunman
    (Faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi)


    1. Uyga vazifa

    “To'rt muchamiz sog' ” mavzusi bo’yicha o’z shaxsiy fikringizni ifodalovchi matn tuzib kelish.
    Download 2,25 Mb.
    1   2   3




    Download 2,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’tgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash

    Download 2,25 Mb.