|
Pedagogika faniga berilgan quyidagi ta‘riflardan qaysi biri to’g’ri deb hisoblaysiz?
|
bet | 48/57 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 209,99 Kb. | | #157925 |
Bog'liq Test savollari 1 Inson tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi fan bu-fayllar.org245. Pedagogika faniga berilgan quyidagi ta‘riflardan qaysi biri to’g’ri deb hisoblaysiz?
A. Pedagogika uzluksiz ta‘lim-tarbiya tizimining nazariy asoslarini va printsiplarini, ta‘lim-tarbiya jarayonida inson shaxsini rivojlantirish, shakllantirishning mohiyati, qonuniyatlari haqidagi fan.
B. Pedagogika inson tarbiyasi haqidagi fan
D. Pedagogika ta‘lim-tarbiya va ma‘lumot qonuniyatlari haqidagi fan
E. Pedagogika uzluksiz ta‘limni amalga oshirish, yosh avlodni tarbiyalash haqidagi fan
246. Pedagogik jarayonning bosqichlarini ayting.
A. Hamma javoblar to’g’ri.
B. Gudak dunyoga kelgan kundan boshlab to umrining oxrigacha bo’lgan davrdan tarbiyalanishi va ta‘lim olishini aytishimiz mumkin.
D. Pedagogikada tarbiyalanuvchilarning yoshiga ko’ra maktabgacha yoshdagi, maktab yoshdagi va katta yoshdagilar.
E . Pedagogik jarayon bosqichlari deyarli hamma bosqichlari o’zining turli rivojlanish, taraqqiyot bosqichlariga egadir.
247. Pedagogik muloqot nima?
A. O’quv-tarbiya jarayoni davomida o’qituvchining o’quvchilar bilan kasbiy muloqoti hisoblanadi.
B. O’zaro munosabatlar, ta‘sirlar ularning aloqalarini amalga oshirishdir.
D. Jamoa guruhlarning hamkorligi, ularning shaxsga ta‘siri.
E. Hamma javoblar to’g’ri.
248. Tarbiyaning asosiy vazifasi nima?
A. Tarbiya yosh avlodni jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e‘tiqodini, axloqiy ko’nikma va malakalarini, extiyoji va intilishlarini tarkib toptirishdan iborat.
B. Odamlarning dunyo bilan munosabatlarining bir butun sistemasini ta‘minlovchi.
D. Zarurat, ehtiyojlilik-qandaydir bir vosita, o’ziga narsaga javob berish, insonning ruhiy holatini to’g’rilovchi.
E. Odamning jamiyat a‘zosi sifatida o’z-o’zini anglash va tafakkurini, faoliyatining ob‘ektivligini biluvchanlik tushunchasidir.
249. Ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning mohiyati nimadan iborat?
A. Insoniyat to’plagan ijtimoiy-ma‘naviy tajribalarni yosh avlodga o’rgatish orqali ularni hayotga, mehnatga tayyorlash
B. Yosh avlodga eng yaxshi umuminsoniy sifatlarni singdirish
D. Inson shaxsini har tomonlama rivojlantirish, o’stirish, parvarish qilish
E. Yosh avlodni ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash
|
| |