• Amaliy mashg‘ulotlarda
  • Texnalogik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta`lim yo’nalishi uchun




    Download 247,57 Kb.
    bet9/11
    Sana14.05.2024
    Hajmi247,57 Kb.
    #232508
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Jizzax politexnika instituti

    Nazariy mashg‘ulotlar davomida, talabaga video ma’ruza orqali mavzu yuzasidan kerakli bo‘lgan konsepsiyalar yetkazib beriladi. Talabalarga mavzuni yanada mustahkamlashlari uchun prezentatsiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa o‘quv-uslubiy materiallardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.
    Amaliy mashg‘ulotlarda har bir mavzu bo‘yicha masalalarni yechish bo‘yicha materiallar, prezentatsiyalar, ko‘rsatmalar talabalarga taqdim etiladi, shuningdek, mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida topshiriqlar beriladi. Inson–kompyuter o’zaro ta’siri kursining har bir bo‘limi bo‘yicha talabalarga “Inson–kompyuter o’zaro ta’siri fanidan o’quv-uslubiy majmua”da keltirilgan masalalarni mustaqil ishlash talab etiladi.
    Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning barcha mavzularini to‘la o‘zlashtirgan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semestr oxirida yakuniy nazorat topshiradi.
    Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular (MT) bo’yicha talabalar tomonidan mustaqil ta’lim institut Kengashida tasdiqlangan, oliy ta'lim muassasalarida kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha YO‘RIQNOMA asosida tashkil etilib, mustaqil ish topshiriqlari va uni bajarish muddatlari elektron platformada qat’iy belgilanadi. Elektron platformada qabul qilingan va baholangan mustaqil ishlar qog‘oz varianti talab qilinmaydi. Uzrli sabablarsiz mustaqil ishni bajarish muddatini o‘tkazib yuborgan talabaning o‘quv faoliyati natijalari tekshirilmaydi va baholanmaydi. Uzrli sabablar esa, dekanat (registrator ofis) tomonidan o‘rganib chiqilishi, dekan ruxsati bilan inobatga olinishi hamda topshiriq bajarilishi uchun yakuniy nazorat o‘tkazilishiga qadar qayta topshirish muddati belgilanishi mumkin.
    Mustaqil ta'lim bo‘yicha o‘quv faoliyati natijalari baholanmagan talaba yakuniy nazoratlarga kiritilmaydi yoki shartli ravishda elektron platforma imkoniyatidan kelib chiqib topshirish muddati belgilanishi mumkin.
    Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlaridan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortig’ini sababsiz qoldirgan talaba yakuniy nazoratlarga qo’yilmaydi. Mashg‘ulotlarning barcha mavzularini to‘la o‘zlashtirgan(qayta o’zlashtirish bilan) talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semestr oxirida yakuniy nazorat topshiradi.Yakuniy nazoratda test, topshiriq, yozma va og’zaki shaklda, ishda savol va topshiriqlarning umumiy hajmining eng kamida 50% mustaqil ta’lim manbalaridan shaklantiriladi.



    Download 247,57 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 247,57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnalogik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta`lim yo’nalishi uchun

    Download 247,57 Kb.