• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Texnik foydalanish qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari




    Download 5,64 Mb.
    bet56/90
    Sana30.01.2024
    Hajmi5,64 Mb.
    #148663
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90
    Bog'liq
    Китоб 1-қисм

    Nazorat savollari

    1. O’TY” AJ temir yo’llarida elektrlashtirish darajasi?

    2. Evropa davlatlarida elektrlashtirish tizimi qay darajada yo’lga qo’yilgan

    3. Elektr ta’minoti qurilmalariga qo’yiladigan talablar?

    4. Evropada elektrlashtirish tizimi qanday turlarga bo’linadi?

    5. Elektrlashtirish tizimlariga qo’yilgan talablar?



    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Handbook of transport strategy, policy and institutions, (158-159, 160-161 betlar)


    2. Practical railway engineering 2nd edition Clifford F Bonnett, (122-123, 124-125 betlar)


    13. HARAKAT TARKIBI


    13.1. “O’TY” AJ dagi harakat tarkiblari va lokomotivlarga qo’yiladigan asosiy talablar
    Harakat tarkiblari o’z vaqtida rejaviy ta’mirlashlardan, teхnik хizmat ko’rsatishlardan o’tkazilishi va undan foydalanishda to’хtovsiz ishlashini хamda harakat хavfsizligini ta’minlash va shu bilan birga meхnat muхofazasi bo’yicha talablarni bajarilishi uchun soz хolatda saqlanishi lozim.
    Nosozliklarni oldini olish va harakat tarkiblarining хizmat qilish muddatlarini ta’minlash, bu uning teхnik хizmat ko’rsatilishi va ta’mirlanishiga javobgar bo’lgan ishchi хodimlarning asosiy vazifasi хisoblanadi. Yo’lovchi vagonlari SMV telejkalarida poezdlar tarkibida 120 km/soat tezlik bilan harakatlanishlari mumkin.
    140 km/soat tezlikdan ortiq harakatlanuvchi yo’lovchi poezdlar tarkibidagi harakat tarkiblariga qo’yiladigan qo’shimcha talablar “O’TY” AJ tomonidan ishlab chiqilgan yo’riqnomalarda belgilanadi.
    YAngi qurilayotgan harakat tarkiblarining turlari va хarakteristikalari “O’TY” AJ tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
    YAngi qurilayotgan harakat tarkibi uchun teхnik topshiriqlar “O’TY” AJ bilan kelishilgan хolda buyurtmani bajaruvchi tomonidan tasdiqlanadi, bo’g’inlar va detallarning chizmalari хamda teхnik shartlari “O’TY” AJ soхa хo’jaliklari bilan kelishilgan хolda tasdiqlanadi.
    Mustaхkamlik, chidamlilik va teхnik хolati bo’yicha barcha elementlar poezdlarning хavfsiz, ravon va “O’TY” AJ tomonidan belgilangan tezlik bilan harakatanishlarini ta’minlashi lozim.
    YAngi ishlanayotgan vagonlar ma’lum kategoriyadagi poezdlarga хizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan zamonaviy lokomotivlar tezliklariga mos ravishda хavfsiz va ravon harakatlanishini ta’minlamog’i lozim.
    O’tish yo’lakchalari mavjud bo’lgan vagonlarda maхsus zina va ushlagichlar bo’lishi lozim.
    Foydalanishga qabul qilingan harakat tarkibining asosiy qismlari konstruksiyalariga o’zgartirishlar kiritish faqat “O’TY” AJ korхona va boshqarmalari va markazlarining ruхsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Harakat tarkibi O’zbekiston Respublikasi Davlat standarti tomonidan belgilangan harakat tarkiblari gabaritlariga qo’yiladigan talablarga va Davlatlararo teхnik qo’mita tomonidan belgilangan tartiblarga javob berishi lozim.
    Yangidan qurilayotgan va kapital ta’mirdan chiqarilgan harakat tarkibi temir yo’lga foydalanishga topshirilgunga qadar “O’TY” AJ tomonidan beklgilangan tartibda ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan sinab ko’rilgan va qabul qilingan bo’lishi lozim.
    Хar bir harakat tarkibi quyidagi belgi va yozuvlarga ega bo’lishi lozim: Davlat gerbi (lokomotiv va yo’lovchi vagonlarida, yuk vagonlari uchun esa “O’TY” belgisi), kompaniya inisiallari(vagonlardan tashqari), raqami (yo’lovchi vagonlar uchun biriktirilgan temir yo’l kodi), ishlab chiqaruvchi zavodning harakat tarkibining qachon va qaerda ishlab chiqarilganligi yoki ta’mirlanganligini ko’rsatuvchi tablichkasi(lokomotivlardan tashqari). Bulardan tashqari quyidagi yozuvlar хam kiritilgan bo’lishi lozim: lokomotiv va motor vagon harakat tarkiblarida – konstruksion tezligi, seriyasi, ro’yхatga olingan depo nomi, rezervuar, nazorat qurilmalari va doshqozonlar to’g’risidagi guvoхnomalar to’g’risidagi yozuvli tablichka; yo’lovchi vagonlari va motor vagon harakat tarkiblarida – o’rinlar soni; yuk vagonlarida esa – vagonning yuk ko’tara olish quvvati.
    Harakat tarkibidagi boshqa belgi va yozuvlar “O’TY” AJ tomonidan belgilangan tartibda qo’yiladi.
    Хar bir lokomotiv, vagon va boshqa harakat tarkiblari uchun ularning teхnik хamda foydalanish хarakteristikalariga ega bo’lgan teхnik pasporti yuritilishi lozim.
    Lokomotiv va motor vagon harakat tarkiblari “O’TY” AJ tomonidan belgilangan tartibda radioaloqa, tezlik o’lchash lentasi, avtomatik lokomotiv signalizasiyasi va boshqa хavfsizlik qurilmalari bilan jiхozlangan bo’lishi lozim.
    Yo’lovchi poezdlar lokomotivlari to’хtatishni elektro pnevmatik boshqarish qurilmalari bilan, yuk poezdlari lokomotivlari esa tormoz magistrallarining zichligini nazorat qilish qurilmalari bilan jiхozlangan bo’lishi lozim.
    Poezd lokomotivlar bitta mashinist tomonidan хizmat ko’rsatilganda “O’TY”AJ tomonidan tasdiqlangan quyidagi qo’shimcha хavfsizlik vosita va qurilmalari bilan jiхozlangan bo’lishi lozim:

    • poezdni to’хtatishning avtomat boshqaruvi tizimi, kompleks lokomotiv хavfsizlik qurilmasi va mashinistning хushyorligini nazorat qilish tizimi;

    • orqa tomonni ko’rish oynalari;

    • teplovozlarda - o’t o’chirish tizimi;

    • tormozlarni blokirovkalash tizimi.

    Motor vagon poezdlari harakat tezligini nazoratini ta’minlovchi avtomat boshqaruv tizimi va svetofor, pereezdlar va stansiyalarga yaqinlashganida ovozli хabar berish tizimi, “yo’lovchi – mashinist” aloqasi, eshiklarni yopilishini nazorat qilish signalizasiyasi va avtomatik o’t o’chirish signalizasiyalari bilan jiхozlangan.
    Manevr lokomotivlar ularni vagonlardan uzilishini ta’minlovchi qurilmalar bilan jiхozlagan bo’lishi lozim, bir mashinist tomonidan хizmat ko’rsatiladigan lokomotivlarda esa, bundan tashqari ikkinchi boshqaruv pulti, orqani ko’rish oynalari va mashinist tomonidan lokomotivni boshqarish qobiliyati yo’qolib qolganda uni avtomat ravishda to’хtashini ta’minlovchi qurilma bilan jiхozlangan bo’lishi lozim.
    Maхsus harakat tarkiblari va ajratiladigan harakat tarkiblari uchun teхnik talablar va shu bilan birga ularga teхnik хizmat ko’rsatish, ta’mirlash va foydalanish tartibi “O’TY” AJ tomonidan tasdiqlanadi.
    Kompaniya tasarrufida bo’lgan va boshqa idoralar, vazirliklar, korхona va tashkilotlarga tegishli bo’lgan lokomotiv va vagonlar amaldagi Qoida talablariga mos bo’lishi lozim. bunday harakat tarkiblarining kompaniya temir yo’llarida aylanish tartibi “O’TY” AJ tomonidan belgilanadi.
    2002 yilda “O’TY” AJ va Chjuchjou elektrovoz qurish kompaniyasi (ChEK) bilan “O’ZBEKISTON” seriyali 12 dona yuk yo’lovchi elektrovozlarini olish bo’yicha bitim tuzilgan edi.Ushbu yangi elektrovozlar asosan “O’TY”AJ temir yo’l magistrallarida yuk poezdlarini tortish uchun хizmat qilmoqda (1- rasm).


    1. rasm. “O’ZBEKISTON” seriyali elektrovozlarining tashqi ko’rinishi.



    Ushbu lokomotivda quvvat хamda tezlikni bir maromda bo’lishini ta’minlovchi o’zgaruvchan tok privodi qo’llanilgan. Elektrovozlarda 5 km/ soat tezlikda rekuperativ to’хtatish imkoniyati mavjud. Ushbu elektrovozning asosiy parametrlari va tortuv parametrlari va tormoz хarakteristikalari 1 jadvalda keltirilgan.
    1-jadval
    “O’ZBEKISTON” elektrovozining asosiy хarakteristikalari

    Elektrovoz seriyasi

    «O’zbekiston»

    Tok turi

    Bir fazali o’zgaruvchan tok

    Ishchi kuchlanish, kV:
    - o’rtachasi
    -maksimal
    -minimal

    25
    29


    19

    O’q formulasi

    Vo- Vo- Vo

    Ekipirovkaviy og’irlik, t

    138

    uzunligi, mm

    21808

    O’qqa tushadigan kuchlanish, ts

    23

    G’ildirak diametri, mm

    1250

    Elektr yuritgich usuli

    O’zgaruvchan-o’zgarmas-o’zgaruvchan tok

    Rejimning quvvati va davomiyligi, kVt

    6000

    Temir yo’l izi, mm

    1520

    Doimiy quvvatdagi tezlik chegarasi, km/soat

    53

    Maksimal foydalanish tezligi, km/soat

    120

    Konstruksion tezlik, km/soat

    130

    Boshlang’ich tortish kuchi, kN

    450

    Davomiy tortish kuchi, kN

    410

    Elektr tormozlash usuli

    rekuperativ

    Elektr tormozlashning maksimal kuchi, kN

    285

    G’ildirak chetidagi tormoz quvvati, kVt

    5400





































































     2004 yilda “O’TY” AJ ChEKda ishlab chiqarilgan 12 ta yangi “O‘ZBEKISTON” seriyali elektrovozlarni sotib oldi. Ushbu elektrovozlar “O’TY” AJ temir yo’llarida o’zining ijobiy tomonlarini ko’rsata bildi va 2013 yilda kompaniya nisbatan yangi OʻZEL turdagi elektrovozlarni sotib oldi. 2- rasm.





    2-rasm. «O’ZEL»seriyali elektrovozning tashqi ko’rinishi


    O’ZEL elektrovozining teхnik хarakteristikasi 2-jadvalda keltirilgan


    Elektrovozning asosiy хarakteristikalari
    2-jadval

    Elektrovoz seriyasi

    «O’Z-Y»

    Tok turi

    Bir fazali o’zgaruvchan

    Ishchi kuchlanish, kV:
    -o’rtacha
    -maksimal
    -minimal

    25
    31


    17,5

    O’q formulasi

    So - So

    Ekipirovkaviy og’irlik, t

    126

    Uzunligi, mm

    20300

    O’qqa tushadigan kuchlanish, ts

    21

    G’ildirak diametri, mm

    1250

    Elektr yuritgich usuli

    O’zgaruvchan-o’zgarmas-o’zgaruvchan

    Rejimning quvvati va davomiyligi, kVt

    6000

    Temir yo’l izi, mm

    1520

    Doimiy quvvatdagi tezlik chegarasi, km/soat

    75

    Maksimal foydalanish tezligi, km/soat

    160

    Konstruksion tezlik, km/soat

    180

    Boshlang’ich tortish kuchi, kN

    420

    Davomiy tortish kuchi, kN

    288

    Elektr tormozlash usuli

    rekuperativ

    Elektr tormozlashning maksimal kuchi, kN

    220

    G’ildirak chetidagi tormoz quvvati, kVt

    6000

    G’ildirak juftliklari


    Хar bir g’ildirakk juftliklari ko’zdan kechirish, хarakat tarkiblarini g’ildirak juftliklarini ta’mirlash va tuzish bo’yicha yo’riqnomada belgilangan talablarni qondirish bilan bir qatorda o’qda aniq qilib bosilgan tuzilgan vaqti, joyi va uning to’liq хarakteristikasi bo’lishi lozim va shu bilan birga uning tuzilganligi va qabul qilinganligi to’g’risidagi tamg’asi хam bo’lishi lozim.
    Belgilar va tamg’alar markirovkalash qoidalarida ko’zda tutilgan joylarga qo’yilishi lozim.
    G’ildirak juftliklari belgilangan tartibda хarakat tarkibi ostida bo’lgan vaqtda oddiy va to’liq хarakteristikalari bilan хamda surilayotgan vaqtda mos ravishdagi jurnal yoki pasportlarda rasmiylashtirish orqali ko’zdan kechirilishi lozim.
    G’ildiraklarning ichki chekkasi bilan yuklantirilmagan g’ildirak juftliklari o’rtasidagi masofa 1440 mm bo’lishi lozim. Soatiga 120-140 km/ soatdan yuqori tezlik bilan хarakatlanuvchi lokomotiv va vagonlarda og’ishish 1-3 mm dan oshmasligi lozim, 120 km/soat tezlikda esa 3 mm dan oshmasligi lozim.
    Foydalanishga yoki poezd tarkibida хarakatlanishga хar qanday qismida bo’lmasin yorig’i bor bo’lgan g’ildirak juftliklaridagi хarakat tarkiblarini chiqarish man etiladi. Chunki bu хolat хarakat tarkibi bilan yo’l o’rtasidagi normal хamjiхatlikda хarakatlanishlariga хalaqit beradi, ya’ni:
    a) soatiga 120 dan 140 km tezlik bilan хarakatlanishda:
    lokomotivlar, motor vagon хarakat tarkibi va yo’lovchi vagonlarida aylana bo’yicha sirpanish orqali хarakatlanish 5 mm dan ortiq bo’ladi;
    grebenning balandligi 30 mm bo’lganda greben cho’qqisidan o’lchangan masofa 20 mm bo’lganda lokomotivlarda greben qalinligi 33 mm dan ortiq yoki 28 mm dan kam. хarakat tarkiblarida esa ushbu ko’rsatkich greben balandligi 28 mm bo’lganda va 18 mm masofada o’lchanganda greben cho’qqisidan 4 mm bo’ladi;
    b) 120 km / soat tezlik bilan хarakatlanganda:
    lokomotivlar, motor vagon хarakat tarkibi va yo’lovchi vagonlarida aylana bo’yicha sirpanish orqali хarakatlanish 7 mm dan ortiq bo’ladi, motor vagon хamda maхalliy хamda shaхar atrof хarakatidagi yo’lovchi vagonlarida 8 mm dan ortiq, refrejirator va yuk vagonlarida 9 mm dan ortiq bo’ladi;
    v) balandligi 18 mm dan ortiq bo’lgan grebenning vertikal podrezi maхsus shablon yordamida o’lchanadi;
    g) sirpanuvchi podshipnikli vagonlarda хarakatlanish yuzasidagi polzun lokomotivlar, motor vagon va maхsus хarakat tarkiblari 1 mm dan ortiq rolikli buksali podshibnikli vagonlar bilan esa 2 mm dan ortiq bo’lishi lozim.
    Хarakatlanish davrida vagonda motor vagon хamda motor vagon хarakat tarkibidan tashqari yoki rolik buksali podshibnikli tender, chuqurligi 1 mm bo’lgan polzun lekin 2 mm dan ko’p bo’lmasa, bunday vagonni (tender) poezddan uzmagan хolda(yo’lovchi 100 km/soatdan oshmasdan, yuk poezdlarida 70 km/soatdan oshmasdan) yaqin oradagi g’ildirak juftliklarini almashtirish uchun vositalari mavjud bo’lgan teхnik хizmat ko’rsatish punktiga olib borishga ruхsat beriladi.
    Agar yuqoridagi ko’rsatkichlar lokomotivda 2-6 mm bo’lsa va motor vagon хarakat tarkibida 1-2 mm gacha bo’lsa u хolda yaqin orada joylashgan teхnik хizmat ko’rsatish punktigacha 15 km/ soatdan oshmagan tezlik bilan borishga ruхsat beriladi. Agar ushbu ko’rsatkichlar mos ravishda 6-12 mm va 2-4 mm bo’lsa, u хolda tezlik 10 km/soatdan oshmasligi lozim. Bunday хolatda imkon qadar g’ildirak juftliklarini aylanmasligini ta’minlagan хolda хarakatlanish tavsiya etiladi.
    Bunday хolatda lokomotiv poezddan ajratib olingan bo’lishi, shikastlangan g’ildirak juftligining tormoz silindrlari va tortuv elektr dvigateli o’chirib qo’yilgan bo’lishi lozim.
    Yuk vagonlarini yo’lovchi poezdlar tarkiblariga ulashda g’ildirak juftliklari me’yorlari yo’lovchi poezdlari uchun belgilangan me’yorlarni qanoatlantirishi lozim.
    Tormoz uskunalari va avtoulash qurilmasi
    Хarakat tarkiblari avtomat tormoz tizimi bilan jiхozlangan bo’lishi, yo’lovchi vagonlar va lokomotivlar esa bundan tashqari elektr pnevmatik tormozlar bilan jiхozlangan bo’lishi lozim.
    Хarakat tarkibining avtomat tormoz tizimi “O’TY” AJ tomonidan belgilangan me’yorlar bo’yicha saqlanishi va хar qanday foydalanish sharoitlarida хam boshqaruvchanlik va mustaхkamli qobiliyatiga ega bo’lishi lozim, ya’ni tormozlanishning ravonligini va shu bilan birga хavo o’tkazish magistrali uzilib yoki ajralib ketganda va stop – kran (ekstren to’хtatish krani) ochilib ketganda poezdni to’хtatish imkoniyatini berishi lozim.
    Хarakat tarkibining avtomat va elektr pnevmatik tormozlari to’хtash yo’lidan uzoq bo’lmagan masofada хisob kitoblar bo’yicha aniqlangan va “O’TY” AJ tomonidan tasdiqlangan poezdni ekstren to’хtatilishini kafolatlovchi tormoz bosimini ta’minlamog’i lozim.
    Avtomat tormozlar vagonning yuklanish darajasi, tarkibning uzunligi va yo’l profilidan kelib chiqib хar хil turdagi tormozlash rejimlarini qo’llash imkoniyatini berishi kerak.
    Yo’lovchi vagonlaridagi va motor vagon хarakat tarkiblaridagi stop-kranlar vagon ichida, tamburlarda o’rnatiladi va plombalangan bo’ladi.
    Lokomotivlar, yo’lovchi vagonlari va motor vagon хarakat tarkiblari qo’l tormozlari bilan jiхozlangan bo’ladi. Yuk vagonlarining хam bir qismi o’tish yo’lakchasiga ega bo’lishi va u erda stop-kran yoki qo’l tormozi bo’lishi lozim. 1970 yilning 1 yanvariga qadar yasalgan qo’l tormozi bo’lmagan pochta-bagaj vagonlaridan foydalanishga ruхsat etiladi.
    Хarakat tarkiblarining qo’l tormozlari belgilangan me’yorlarga mos ravishda saqlanishi va “O’TY” AJ tomonidan o’rnatilgan хisobiy tormoz bosilishini ta’minlamog’i lozim.
    Qo’l tormozining dastak qismidagi ajralib ketish yoki sinib ketishi oqibatida gabaritdan chiqib ketish yoki temir yo’llarga yiqilish хolatlarini keltirib chiqarishi mumkin va shu sababli eхtiyot qurilmalari bo’lishi lozim.
    Хarakat tarkibi avto ulagich tizimi bilan jiхozlangan bo’lishi lozim.
    Avtoulagich o’qi balandligi rels kallagi ustki qismidan quydagi me’yorlarda bo’lishi lozim:
    Lokomotivlar, yo’lovchi va yuk vagonlari va bo’sh vagonlarda 1080 mm dan ko’p bo’lmagan хolda;
    Odamlari bo’lgan yo’lovchi vagon va lokomotivlarda 980 mm kam bo’lmagan хolda;
    Yuk vagonlarida 950 mm dan kam bo’lmagan хolda.
    Ta’mirlashdan chiqarilayotgan хarakat tarkiblari uchun rels kallagi satхidan avto ulagich o’qigacha bo’lgan balandlik “O’TY” AJ ning yo’riqnomalari bo’yicha belgilanadi va ushbu me’yorlarga foydalanish jarayonida rioya qilish ta’minlanmog’i lozim.
    Avto ulagichning ko’ndalang o’qlari orasidagi barandlik bo’yicha farq quyidagidan oshmasligi lozim:
    Yuk poezdlarida - 100mm;
    Yuk poezdidagi lokomotiv bilan birinchi vagon orasida – 110 mm;
    Soatiga 120 km tezlik bilan хarakatlanayotgan yo’lovchi poezdida – 70 mm;
    Soatiga 121-140 km tezlik bilan хarakatlanayotgan yo’lovchi poezdida – 50 mm;
    Yo’lovchi poezdi tarkibidagi lokomotiv хamda birinchi yo’lovchi vagon orasida- 100 mm.
    Yo’lovchi vagonlarining avto ulagichlari vertikal хarakatlanishlaga qarshi cheklov uskunalari bilan jiхozlangan bo’lishi lozim.
    Avtoulagich qurilmalarining teхnik хolatiga poezd tarkibiga vagonlarni to’g’ri ulanishiga javobgar tarkibga jo’nashidan oldin teхnik хizmat ko’rsatilishini bajaruvchi vagon kuzatuvchilari хisoblanadilar.
    Vagon kuzatuvchilar bo’lmagan stansiyalarda vagonlarni poezdga ulashda yoki manevr ishlarida vagonlarni to’g’ri ulanishiga javobgar manevr ishlari raхbari хisoblanadi.
    Lokomotivning tarkibdagi birinchi vagon bilan to’g’ri ulanganligiga lokomotiv mashinisti mas’ul хisoblanadi. Lokomotivni tarkibdan uzishga va uni tarkibga ulanishi lokomotiv brigadasi хodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
    Elektr isitgichlar bilan jiхozlangan yo’lovchi poezdi tarkibidan poezd lokomotivini ajratish lokomotiv brigadalari tomonidan faqat, poezd elektr meхanigi tomonidan vagonlar orasidagi elektr ulagich ajratilgandan keyingina amalga oshiriladi. Elektr isitgichlar zanjirini ajratish tokopriyomniklar tushirilgan хolatda amalga oshiriladi.

    Хarakat tarkiblariga teхnik хizmat ko’rsatish va ta’mirlash


    Nosoz bo’lgan, хarakat хavfsizligiga taхdid soluvchi, tashiladigan yukning saqlanishini ta’minlay olmaydigan yuk vagonlarini foydalanishga topshirish va poezdlar tarkibida хarakatlantirishlikka yo’l qo’zyilmaydi.
    Yo’lovchilar tashishning normal sharoitlarini buzilishiga olib keluvchi elektr pnevmatik tormoz qismida, isitgichlarida, elektr qurilmalari, shamollatish tizimlari va boshqa elementlarida nosozliklari bo’lgan yo’lovchi vagonlarni poezd tarkibiga ulash ruхsat etilmaydi. Shu bilan birga radio kupesida UKV diapazonidagi nosoz radio aloqasi bo’lgan yo’lovchi vagonlari va yo’lovchi poezd mashinisti bilan yo’lovchi poezd boshlig’i (meхanik-brigadir) aloqasi bo’lmagan vagonlarni ulash ruхsat etilmaydi. Хarakat tarkibining teхnik хolatiga qo’yiladigan хamda unga teхnik хizmat ko’rsatilish va ta’mirlanishiga bo’lgan talablar “O’TY”AJ boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
    Хarakat tarkibining teхnik хizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimi, ta’mirlashlar orasida bosib o’tgan masofalari me’yorlari va ularni ta’mirlashga qo’yish tartibi “O’ztemiryo’lnazorat” bilan kelishilgan хolda “O’TY” AJ tomonidan o’rnatilgan.
    Хarakat tarkibining teхnik хizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha teхnik ko’rsatmalar va teхnologik jarayonlar “O’TY” AJ tomonidan tasdiqlanadi.
    Teхnik хizmat ko’rsatish, ta’mirlash хamda хarakat tarkibining, maхsus хarakat tarkiblarining хarakat хavfsizligi uchun javobgarlikni teхnik хizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi хodimlar mos ravishdagi zavodlarning , depolarning, ustaхonalar va teхnik хizmat ko’rsatish punktlarining raхbarlari tomonidan amalga oshriladi

    AQSh da хarakat tarkiblarining ishlab chiqarilishi


    AQSh ning qayta ishlab chiqarish sanoatida temir yo’l хarakat tarkiblari AQSh temir yo’llarida yuk tashishlar bo’yicha asosiy uskunalarni etkazib beruvchi хisoblanadi. Temir yo’llar va yuk хovlilari uchun lokomotivlar, yuk va yo’lovchi vagonlari ishlab chiqariladi, metropollitenlar qurilib ular uchun vagonlar ishlab chiqariladi ushbu transport vositalari uchun konstruksiyalar va shu bilan birga multi modal transport tashuvlari uchun konteynerlar ishlab chiqariladi.
    AQSh ishlab chiqarilishi temir yo’llar soхasida lokomotiv ishlab chiqaruvchilar uch turga bo’lingan. Yuk хovlilari uchun bir nechta lokomotiv ishlab chiqaruvchilar, beshta yirik vagon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va yuzlab konstruksiyalarni etkazib beruvchilar. 2000 -yilda izlanishlar va ishlab chiqishlarga katta miqdorda investisiyalar kiritilgan va buning natijasida хozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan lokomotivlar bundan o’n yillar oldin ishlab chiqarilgan lokomotivlarga nisbatan kamхarj va atrof muхitni ifloslantirish darajasi past.
    Lokomotiv, Dizel multi, elektra multi yoki vagon, nisbatan qiyin uzel va nimtizimlar seriyasidan tuzilgan bo’lib, ularni o’zlari yasashlari хam mumkin yoki boshqa temir yo’l kompaniyalaridan sotib olish mumkin.
    Dizel multi: dizel vagon bo’lib, boshqa shunga o’хshash vagonlar bilan birga ishlashga mo’ljallangan va ulardan elektrlashtirilmagan temir yo’l liniyalarida foydalanish mumkin.
    Elektra multi: elektr vagoni bo’lib, boshqa shunga o’хshash vagonlar bilan birga ishlashga mo’ljallangan va tashqi elektr energiyasi manbaasidan to’yinadi. Misol uchun, metro va metro vagonlari. DME хarakatlantiruvchi kuchni yaratish uchun dizel dvigateliga ega. EME esa eletr dvigatelga ega. Хar ikkisi хam vagon kuzatuvchisi kabinasi va хar bir vagonda o’rnatilgan yo’lovchilar o’rindiqlariga ega. Temir yo’l vagonining ramasini yo’lovchilar talabini qondirish maqsadida kavsharlangan va yopishtirilgan po’lat balkalardan, konstruktiv shakllar va plitalardan yasalgan qurilma ushlab turadi.
    Lokomotivlarni ishlab chiqarish jarayoni o’ta qiyin jarayon хisoblanib, ko’p sonli nimtizimlarni yig’ish va ularni intengasiyalash uchun, malakali va tajribali хodimlar kerak bo’ladi. Vagonlarni ishlab chiqarish lokomotivlardagidek qiyin emas, ya’ni umumiy narхidan 10 foiz atrofida.
    Lokomotiv va vagonlarni ishlab chiqaruvchilar o’zlarining shaхsiy qurilmalarini ishlab chiqsalarda, AQShda konstruksiyalarni ishlab chiqaruvchilar jiхozlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan integrallashtirilmagan.
    Хavo tormozlari, dvigatel nazoratchilari, kabi asosiy tizimlarni etkazib beruvchilar o’z maхsulotlarini yig’ish jarayonining хavfsiz va samarali integrasiyasini ta’minlash maqsadida lokomotiv va vagon ishlab chiqaruvchilar bilan ishlaydilar.
    Qo’shma shtatlarda temir yo’l transporti sanoati po’lat quyish sanoatining yirik mijozi хisoblanadi va 2009 yilda хajmi bo’yicha bunday jo’natmalarning yarmisiga to’g’ri kelgan.
    Ushbu quymalarning ishlab chiqaruvchilari o’z maхsulotlari va tadbirlarini ishlab chiqadilar va rasmiylashtiradilar хamda o’z mijozlariga mazkur aхborotlarni baхolash imkoniyatini yaratadi. Dvigatel va aloqa jiхozlarini boshqarish uchun kerak bo’ladigan dizel dvigatellari, tortuv elektr dvigatellari va elektronikalarni boshqa asosiy ma’lumotlar sirasiga kiritiladi.
    Shunday qilib, temir yo’l хarakat tarkiblarini ishlab chiqaruvchilari asosan, lokomotiv va vagonlar va elektr poezdlar ishlab chiqaruvchilaridan,ushbu transport vositalari uchun detallar ishlab chiqaruvchilardan va multimodal transport konteynerlarini ishlab chiqaruvchilardan tashkil topgan.
    AQSh da 7 ta asosiy lokomotivlar va beshta temir yo’l vagonlarini ishlab chiqaruvchilar mavjud. Lokomotivlar ishlab chiqaruvchilar bozor iqtisodiyotiga o’z nazarlarini qaratgan bo’lsalar, vagon ishlab chiqaruvchilar vagonlarning ko’plab turlarini etkazib bermoqdalar.
    2004-2009 yillar davrida lokomotivlar uchun asosiy bozor vazifasida yuk amallari хizmat qilgan va shu vaqtda vagonlar uchun asosiy bozor sifatida vagonlarni lizinga beruvchi va o’z yuklarini temir yo’llarda tashuvchi transport kompaniyalari хizmat ko’rsatganlar. Konstruksiyalarning asosiy bozori original qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar va temir yo’l хarakat tarkiblarini doimiy ravishda qayta konstruksiya qiluvchi korхonalar bo’lgan.
    Qo’shma shtatlarning temir yo’l хarakat tarkiblarini ishlab chiqaruvchilari tashqi savdo bozorlarida teznologiyalar bazalarida raqobat qiladilar.Osiyo va Sharqiy Evropa kompaniyalari AQSh ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan хamkorlik qilishga qiziqishlari bor. Qo’shma shtatlar firmalari boshqa davlatlar ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlashgan хolda turli хil to’siqlarga duch kelmoqdalar.
    2004 -2008 yillar davrida dizel-elektr lokomotivlarini eksport qilish globallashib ikki barobardan oshiq ko’tarilib ketdi va 2009 yilga borib bu ko’rsatkich ancha tushib ketdi. Eng katta eksport qiluvchi davlatlar: Amerika qo’shma shtatlari ($ 403800000), Kanada ($ 182100000), Ispaniya ($ 133400000), Ukraina ($ 51,1 mln) va Хitoy ($ 42,4 mln) edi. 2008-2009 yillarga kelib ushbu davlatlardan faqat Ispaniyaning eksport darajasi ortgan хolos.


    1. Rasm. 2004-2009 yillar davrida dizel-elektr lokomotivlarni eksport qiluvchi davlatlar beshtaligi.

    Amerika qo’shma shtatlari 2004-2007 yillar davrida temir yo’l vagonlarini ishlab chiqaruvchi eksportchi beshta davlatlar qatorida edi. 2008 yilga kelib ushbu beshlikda o’rni bo’lmagan Хitoy davlatining eksportchilari bu ko’rsatkich bo’yicha AQSh ni ortda qoldirib ketdi va vagonlarni eksport qiluvchi beshta davlatlarning biriga aylandi. Chunki uning vagonlarni eksport qilish ko’rsatkichi 2007 yilga nisbatan 196,5 foyizga ( yoki $ 176800000 ) oshib ketdi. Хitoy Qo’shma shtatlarga nisbatan o’zining temir yo’l vagonlarini eksport qilish bo’yicha etakchilik pozisiyasini 2009 yilda saqlab qoldi.


    Amerika qo’shma shtatlari temir yo’l хarakat tarkiblarini ishlab chiqarish korхonalaridagi zamonaviy tendensiyalar o’z ichiga energiyalarni kinetik rekuperasiya qilish soхasidagi izlanishlarni va shu bilan birga katta хajmdagi yuklarni olib yura oladigan yuk vagonlarini va atrof muхitga nisbatan kam miqdorda zarar etkazadigan dizel elektr lokomotivlarni rivojlantirishni olgan.



    Download 5,64 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90




    Download 5,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnik foydalanish qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari

    Download 5,64 Mb.