~ 118 ~
atrofida aylana oladi.Bu shpindelni (parmani) plitadan tashqariga burib chiqarish
bilan stolga sig’magan detallarni parmalash imkonini beradi.
Bunday hollarda ish tugagach, kolonkani burib asli holiga keltiriladi va
gayka yordamida kronshteynga qotirib qo’yiladi. Kolonka 2 bo’ylab ko’tarish
mexanizmi (reykali uzatma) yordamida konsol 3 (xobot) vertikal yo’nalish
bo’yicha yuqori ko’tariladi va pastga tushiriladi. Konsol 3 bilan birgalikda elektr
dvigatel 4 va shpindel 5 lar ham ko’tariladi. Bu narsa har xil qalinlikdagi detallarni
stol ustiga o’rnatib parmalash imkonini beradi. Konsol kerak balandlikka
ko’tarilgandan so’ng qotirish vintini burab, kolonkaga mahkamlab qo’yiladi.
Shpindelning koyasolga nisbatan surilishi dasta 6 bilan boshqariladi va
shu yo’l bilan patron 8 ga o’rnatilgan keskich asboblar (parma, zenker,
razvyortka, zenkovka va boshqalar)ni detalga botirib, kesish ishlari bajariladi.
Elektr dvigatel 4 yurgizish knopkasi 7 bilan boshqariladi.Undagi harakat
pog’onali shkiv yordamida o’zgartirilib, tasmali uzatma orqali shpindelga
uzatiladi.Ish vaqtida ro’y beradigan ko’ngilsiz hollarning oldini olish uchun tasma
ihota to’sqichi 9 bilan o’rab qo’yiladi.
O’qituvchi stolga o’rnatilgan parmalash stanogi haqida quyidagicha
texnik ma’lumotlarni beradi.Stanok ( -rasm) asosiy harakatni elektr dvigateldan
oladi.Dvigateldan pog’onali shkiv yordamida tasmali uzatma orqali shpindelga
aylanma harakat uzatiladi.Shpindel gilzada aylanadi.Tasmani shkivning tegishli
pog’onasiga o’tkazib, aylanish tezligini o’zgartirish mumkin.Tasma taranglash
qurilmasi yordamida taranglanadi. Reykali shesternya va gilzaga o’yilgan reyka
yordamida shturval bilan parmani qo’lda surish mumkin. Stanok mexanizmlari
boshmoqqa presslangan kolonkada joylashgan. Har xil balandlikdagi detallarni
parmalash uchun xartum reyka vositasida yuqoriga va pastga suriladi.
Detal plitaning yuqori o’lchash hisoblangan stolga o’rnatiladi. Parmalash
stanogida tasmali va reykali uzatmalar borligi aytiladi, keyin bu uzatmalarning
ishlashi sinab ko’riladi. Elektr dvigateldan to parma o’rnatilgan shpindelgacha
bo’ladigan harakat kuzatiladi.