~ 110 ~
Xavfsizlik texnikasi ning muayyan sohalarida ishlaydigan
kishilar qoidalarga
muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi,
koʻzoynak va boshqalar)dan foydalanadi. Xar bir korxonada Xavfsizlik texnikasi
uchun maʼmuriyat javobgar hisoblanadi.
Oʻzbekistonda Xavfsizlik texnikasi nuqtai
nazaridan eng xavfli va
maʼsuliyatli korxonalar — paxtani dastlabki ishlash zavodlari, toʻqimachilik
korxonalari, teri oshlash korxonalari va boshqahisoblanadi,
chunki bu
korxonalarda presslar ishlatiladi, zararli chang va gazlar ajraladi va boshqa Shu
tufayli mehnat xavfsizligi standartlariga qatʼiy amal qilish talab qilinadi.
Xavfsizlik texnikasi texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va
kompleks mexanizatsiyalash bilan uzviy bogʻliq boʻladi. XAGGINS (Huggins)
Charlz Breton (1901.22.9, Galifaks, Kanada) —
amerikalik xirurg va onkolog;
AQSH milliy FA aʼzosi (1949 yildan). 1927 yildan Chikago universitetida
ishlagan (1936 yildan xirurgiya prof.i).1951—69 yillarda BenMey klinikasida
rakni tadqiqot qilish lab.direktori. X. prostata bezi
rakini davolashda ilk bor
gormonlarni qoʻllab, gormonoterapiyaga asos soldi, bu rak kimyoterapiyasi
rivojiga olib keldi.Nobel mukofoti laureati (1966, Rous F.P. bilan hamkorlikda).